Elementar fizika” faniidan mustaqil ta`lim (metodik ko‘rsatmalar) Toshkent-2015


Download 0.56 Mb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1569755
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
27259 elementar mus.t


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI
TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
Fizika-matematika
fakulteti dekani
f.m.f.n., dots G`.F.Djabbarov
___________________
2015- y. ____________

Elementar fizika” faniidan mustaqil ta`lim


(metodik ko‘rsatmalar)

Toshkent-2015
Mazkur metodik ko‘rsatmalar 5110200 – Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi bakalavriat ta`lim yonalishi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda “ Elementar fizikaning tanlangan boblari” fanidan mustaqil ishlarning mavzulari, topshiriqlari, maqsad va vazifalari, uni tashkil etish va baholash mezonlari keltiriilgan.
Tuzuvchi: dost.O.Radjapova
Metodik ko‘rsatmalar “Fizika va uni o`qitish metodikasi” kafedrasining 2015 -yil -avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Kafedra mudiri: dots X.M.Mahmudova


“Elementar fizikaning tanlangan boblari ” fani bo‘yicha mustaqil ish bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


“ Elementar fizikaning tanlangan boblari” fani bo‘yicha talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi 16.09.2011-yilda 387 - raqami bilan ro’yxatdan o‘tgan 5110200 – Fizika va astronomiya oqitish metodikasi bakalavriat ta`lim yo‘nalishlarining DTS ga muvofiq ravishda olib boriladi.
“ Elementar fizikaning tanlangan boblari” fani o‘quv rejasida belgilanganidek 1 -kursda o‘qitiladi. Fan uchun jami 226 soat, undan 126 soati auditoriya soati, shu jumladan 40 soat ma’ruza, 60 soat amaliy mashgulot, 126 soat talabaning mustaqil ta`lim olishi uchun ajratilgan.
Talabaning mustaqil ta`lim topshiriqlari o‘quv rejasida “Fizika” fanini o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u metodik va axborot resurslari bilan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
Talaba mustaqil ta`lim topshiriqlarining asosiy maqsadi o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ta`lim olishini i tashkil etishda har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
- berilgan mavzu bo‘yicha malumotlar to‘plash;
-berilgan mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
- Internetdan foydalanish va boshqalar;
Talaba mustaqil ta`limi topshiriqlarini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba uchun fan bo‘yicha mustaqil ta`lim topshiriqlari kafedraning shu fandan o‘quv mashg‘ulotini bevosita olib boruvchi professor – o`qituvchilari tomonidan tuziladi, hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ta`lim topshiriqlarini bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
“Fizika” fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ta`limi topshiriqlarini o‘quv semestri davomida tekshirilib borilishi mumkin. Mustaqil ta`lim olish natijalari umumiy reyting baliga qo‘shib boriladi.
Elementar fizikaning tanlangan boblari” fanidan mustaqil ta`lim topshiriqlarining mavzulari, topshiriqlar variantlari va foydalanish mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling