Elementar fizikadan masalalar yechish


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana22.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1219815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ELEMENTAR FIZIKADAN MASALALAR YECHISH fan dasturi


IV. 
Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: 
-fizik masalalar, ularning turlari, masalani yechish algoritmi haqida;
-sifat, grafik, eksperimental va hisoblash masalalarni yechish metodikasi; 
-fizika masalalar yechish darslarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi to‘grisida 
tasavvurga ega bo‘lishi; 
-kinematika, dinamika, statika bo‘limlariga doyir masalalar yechish metodikasini; 
-energiya saqlanish qonunlari, mexanik tebranishlar va to‘lqinlarga doyir masalalar yechish 
metodikasini; 
-molekulyar fizika va issiqlik hodisalariga doyir masalalar yechish metodikasini; 
-elektromagnetizm bo‘limiga doyir masalalar yechish metodikasini; 
-optika, atom va yadro fizikasi bo‘limiga doyir masalalar yechish metodikasini; 



-sferik va amaliy astronomiyaga doyir masalalar yechish texnologiyasini; 
-kosmonavtikaga doyir masalalar yechish texnologiyasini; 
-astrofizikaga doyir masalalar yechish texnologiyasini yetarli darajada egallashi bilishi va 
ulardan foydalana olishi; 
-talaba fizik qonuniyatlarni o‘zlashtirish, amaliy mashg’ulotlarni bajarish, o‘tkazish hamda 
qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. 

V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: 
•Amaliy mashg’ulotlar; 
• interfaol keys-stadilar; 
• amaliy (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar); 
• guruhlarda ishlash; 
• taqdimotlar qilish; 
• individual loyihalar; 
• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar. 

VI. Kreditlarni olish uchun talablar: 
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchaparni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks 
ettira olish. O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oralik nazorat 
shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni 
topshirish. 
Oraliq nazorat
– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma yoki 
og‘zaki shaklda; 
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy masalalarni 
tushunishlarni tekshirish uchun testlar va yozma ishlar. 
Yakuniy nazorat
– Imtihon – modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma savollarni 
yoki o‘quv dasturi (sillabus) materiallari bo‘yicha yozma, xususan nazariy va amaliy jihatlarni 
o‘z ichiga oladi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling