Elementar oltingugurt olish jarayoni


Download 16.33 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi16.33 Kb.
#1393620
Bog'liq
38-3888


Elementar oltingugurt olish jarayoni
SUPERKLAUS bu jarayon, nordon gaz va uning tarkibiga proportsional ravishda, hom ashyo nordon gazida mavjud H2S ning havoning rostlanadigan sarfi bilan qisman yoqilishida asoslangan. Bundan tashqari, havo oqimi xom ashyo nordon gazida bor hamma uglevodorodlar va ammiakning to’liq oksidlanishini amalga oshiradi, va shunday rostlanadiki, SUPERKLAUS pog’onasiga texnologik gazida H2S konsentratsiyasi 0,8-1,0% hajm. Oralig’ida bo’lsin.
Jarayonning shu nuqtasida H2S ning kerakli konsentratsiyasiga erishish maqsadida, oltingugurtning ikkinchi kondensatratsiyasiga chiquvchi gaz oqimida H2S ning konsentratsiyasini o’lchash va asosiy gorelkaga muvozanatlovchi havo uzatilishini rostlash uchun texnologik gaz analizatori mavjud.
Ya’ni havo uzatilishini rostlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Agar SUPERKLAUS pog’onasiga kirishda H2Sning konsentratsiyasi haddan tashqari yuqori bo’lsa, ko’proq SО2ni olish uchun asosiy gorelkaga ko’proq havo qo’shiladi.
2. Agar SUPERKLAUS pog’onasiga kirishda H2Sning konsentratsiyasi haddan tashqari past bo’lsa, asosiy gorelkaga kamroq havo qo’shiladi
Asosiy gorelkadagi asosiy reaktsiya quyidagicha:
H2S + 3/2 О2 SО2 + H2О + issiqlik
Reaktsiyadan so’ng qolgan H2S ning ko’proq qismi SО2 bilan qo’shiladi va quyidagi reaktsiyaga muvofiq oltingugurtni hosil qiladi:
2H2S + О2 3/8S2 + 2H2О + issiqlik
Bu, Klaus reaktsiyasi deb atalmish reaktsiyaning natiyjasida asosiy gorelkada va yonish kamerasida gazli fazada oltingugurt hosil bo’ladi.
Bu pallada nordon gazning tarkibida bor oltingugurtning taxminan 61,5%i chiqarib tashlanadi.
CR “Procatalyse” tipidagi katalizator yuklangan Klausning birinchi reaktoridan so’ng, N2S va SО2 orasidagi reaktsiya natijasida yangidan oltingugurt hosil bo’ladi va nordon gazda mavjud miqdorning 27,1% miqdorda ajiraladi.
CR “Procatalyse” katalizatorlari yuklangan Klausning ikkinchi reaktoridan so’ng yana 27,1% oltingugurt ajiraladi.
SUPERKLAUS reaktorining uchimchi pallasida (Comprimo B.V. tomonidan yetkazilgan, hajm bo’yicha teng alfa-alyuminiy va silikatli katalizatorlarning aralashmasi bo’lmish SUPERKLAUS katalizatorini o’z ichiga olgan) 0,8-1,0 hajm. % miqdorda qolgan H2S havoning kislorodi yordamida oltingugurtga selektiv ravishda oksidlanadim uning rostlanadigan miqdori SUPERKLAUS reaktoriga kirishdan oldin qo’shiladi va shuningdek quyidagi reaktsiyaga muvofiq
2H2S + О2 2/8S8 + 2H2О + issiqlik
Oksidlanishga uzatiladigan havoning miqdori ortiqcha bo’lsin. Uchinchi pallada xom ashyo nordon gazida bor oltingugurtning taxminan 2,5% ajraladi. Ajralgan oltingugurtning umumiy miqdori 98,5% ni tashkil etadi.
Jarayonning hamma pallarida olingan oltingugurt, nazorat qilinadi va oltingugurt ushlagichi orqali umumiy oltingugurt orasiga bo’shatiladi.
Bu oltingugurt tarkbida qisman erigan va qisman polisulfidlar (H2Sх) ko’rinishida mavjud bo’lgan, saqlashda va tashishda sekinlik bilan ajiraladigan va portlashga xavfli aralashmani hosil qilishi mumkin bolgan H2S bor.
Shunning uchun, qolgan oltingugurtni bug’latish uchun Shell jarayoni ishlatiladi. Bu jarayon polisulfidlar parchalanishini oshirish va oltingugurtdan N2S ni bug’latish mo’ljallangan. Shu bilan bir vaqtda H2S ning ko’proq qismi oltingugurtgacha oksidlanadi. Bu havoning oltingugurt qatlami oraqli o’tkazilishi bilan amalga oshiriladi. Shu tariqa H2S ning miqdori 350 ppm.dan 10ppm.dan kamroq qiymatgacha kamayadi.
Ajraladigan H2S havo bilan birga yakuniy kuydirishga yo’naltiriladi, bu erda CO2 gacha oksidlanadi.
Texnologik SUPERKLAUS kondensatoridan so’ng tomchiurgin bilan jihozlangan koagulyatorga yetkaziladi, bu erda suyuq oltingugurtning oxirgi izlari gazdan ajratiladi.
Tarkibida ma’lum miqdorda H2S mavjud dumdagi gaz koagulyatordan yakuniy kuydirish pechiga yo’naltiriladi, bu yerda H2S ning qoldiqlari 8000C da kislorodning ishtirokida oltingugurtning ikki oksidiga - CО2 аylanadi
Amin regeneratoridan va nordon suvlarni bug’latish ustunidan keladigan xom ashyo gazining tarkibida ammiak bor, jihoz orqali o’tadigan gazning tarkibida faqatgina bir necha ppm. Miqdorda ammiak mavjud bo’lishi uchun, u asosiy gorelkada majburan tartibda to’liq konverterlanishi lozim
Ammiakning to’liq bo’lmagan konversiyalanishi jihozning sovuq nuqtalarida (kondensatorlarning chiqishlari) ammoniy tuzlari bilan tiqinlanishiga olib keladi.
Asosiy gorelkada yonishning harorati etarli darajada yuqori (1270-13000 C) bo’lganida ammiakning yaxshi konversiyasi ta’minlanadi.
Yuqori keltirilgan reaktsiyalar natiyjasida ajraladigan issiqlikni yig’ib olish uchun past bosimli 5 bas ort./ 1590C bug’ini ishlab chiqarishga mo’ljallangan qozon – utiliaztor ko’zda tutilgan.
Download 16.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling