Елкасини пайІамбарлар силаган шоир
ALISHER NAVOIY IJODI – TARBIYA MAKTABI
Download 0.5 Mb.
|
Ona tili va adabiyotdan noan\'anaviy darslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi topshiriq
ALISHER NAVOIY IJODI – TARBIYA MAKTABI
Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganishda testlar, labirintlar, kichik matnlar tuzib ishlash juda maqsadga muvofiq. Bolalar dars davomida 1-2tadan mavzuga oid testlar tuzib, bir-birlari bilan almashlab ishlashlari bevosita ularni test bilan ishlashga o‘rgatadi. Labirintlar bolalarni aql bilan ish tutishga o‘rgatsa, kichik matnlar yaratish esa ularni fikrlashga, ijod qilishga undaydi. Beshinchi sinfda ahloq-odobga oid, hikmatomuz ruboiylarini o‘qib o‘rganish ko‘zda tutilgan. Ularni o‘rganishda tahlil qilish, misralarni nasrga aylantirish, mazmunini sharhlash kabi topshiriqlar darsning faoliyatini oshiradi. Bu topshiriqlarni amalga oshirishda sinf o‘quvchilarini kichik guruhlarga bo‘lib, zigzag usulida, ya’ni birin-ketin topshiriqlarni tezkorlik bilan ishlashga o‘rgatish juda qiziqarli kechadi. Bunda vaqt belgilab boriladi. Topshiriqlar turli stollarga qo‘yilib, guruhlar o‘rin almashib ishlashadi. Birinchi topshiriq: Test savollari bilan ishlang. Alisher Navoiy dastlab o‘z g‘azallarini qaysi tilda yaratgan? A) arab tilida B) fors-tojik tilida C) o‘zbek tilida 2. Alisherning yozgan g‘azalidan ta’sirlanib: «Agar muyassar bo‘lsa edi, men o‘zimning o‘n-o‘n ikki ming forsiy va turkiy tillarda yozgan baytimni shu g‘azalga almashar edim va bu ishning yuzaga chiqishini zo‘r muvaffaqiyat hisoblardim», deb kim aytadi? A) Lutfiy B) Jomiy C) Ganjaviy 3. Husayn Boyqaro nega Mashhaddan Marvga jo‘naydi? A) kasalligi tufayli B) toj-taxt uchun qo‘shin to‘plash maqsadida C) ota-onasining bag‘rida bo‘lish uchun Qatordan Alisherni har jihatdan yoqtirmagan va Hirotdan surgun qilgan podshohni belgilang. A) Husayn Boyqaro B) Abulqosim Bobir C) Abusaid 5. 1483 - 1485-yillarda Alisher qanday baxtga erishdi? A) «Xazoyin ul-maoniy» devonlarini tuzadi. B) «Xamsa» asarini yaratadi. C) vazirlik lavozimiga erishadi. 6. Alisher Navoiyning ruboiylari boshqa shoirlarning ruboiylari- dan qaysi jihati bilan farqlanadi? A) ishqiyligi, falsafiyligi bilan B) rang-barangligi, mazmunining chuqurligi bilan C) tarbiyaviyligi bilan. 7. Alisher Navoiy haqiqiy insonning bezagi nimada deb biladi? A) uning toj-taxti, mansabida B) shohlar sallasiga sanchib qo‘yiladigan hukmdorlik tamg‘asida C) uning odobi va hayosida 8. Alisherni Samarqanddan Hirotga kim chaqiradi? A) Do‘sti Husayn Boyqaro B) Tog‘asi Mir Said Kobuliy C) Ustozi Abdurahmon Jomiy Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling