Ellin davlatlari
Download 0.69 Mb.
|
ELLIN DAVLATLARI
Ellinizm davrida ilm-fan, marifat, madaniyat, sanat va adabiyot tamomila ellin hukmdorlari tasarrufida bolgan. Iskandariya muzeyining xodimlari davlatdan maosh olganlar, maxsus binolarda yashaganlar, kutubxona rahbarlari esa podshohlarning valiahdlariga tarbiyachi bolganlar. Ellinizm davrida keng yoyilgan falsafiy talimotlar Misr hukmdorlarining manfaatlariga zid bolganligi bois Iskandariya muzeylarida falsafa bilan shugullanish taqiqlangan. Binobarin, Afina shahri yunon olamining falsafa markazi bolib qolgan va yangidanyangi talimotlar shu yerda yuzaga kelib, keyin boshqa tomonlarga tarqalganEllinizm falsafasi bu davr uchun muhim omildir. Yunon olamida boshlangan ijtimoiy ozgarishlar natijasida tugilgan siyosiy loqaydlik, beparvolik va umidsizlik kayfiyatlari birmuncha falsafiy talimotlarning kelib chiqishiga sabab boldi. Mazkur oqimlarning eng muhimlari epikurchilar, stoiklar va kiniklar falsafasidir. E llinizm davridagi komediyanavis shoirlarning bizga qadar yetib kelgan asarlarida (ularning kopchiligi tomoshabinga manzur bolishi uchun) asosiy etibor komediyaning tashqi tasirchanligini oshirishga qaratilgan. Ayrimlarida hayotda bolmaydigan suniy hodisalar, yasama voqealar, uyatli gaplar, beoxshov masxarabozliklar bilan kuldirishga harakat qilingan lavhalarni kuzatish mumkin.8 Miloddan avvalgi 4-asrdan Markaziy Osiyo xalqlari tarixida yangi davr boshlangan. Hindistondan Yevropagacha, Yevropadan Misrgacha bolgan hududni oz ichiga olgan ellinistik davlatlarning iqgisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotida Markaziy Osiyo xalklari ham ishtirok etadilar. Shu tariqa, E. davri Sharq va yunon xalqlari madaniyati, adabiyotlarining ozaro boyishi jarayonining oliy choqqisi boldi. E. Aleksandr bosib olgan yurtlardagi xalqlar hayotining turli sohalari iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiymadaniy hayotidagi katta ozgarishlarga olib kelib, ellinistik madaniyatning ravnaq topishi va keng tarqalishiga zamin hozirlagan. Osiyo va Yevropaning hamma mintaqalarida Ellinizm bir tekisda rivoj topmagan. Ammo ellinistik davlatlar inqirozga uchragandan song bir necha asrlar otgandan keyin ham ellinistik madaniyat sanat va adabiyotda davom etib kelgan.Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling