Ellin davlatlari


Download 0.69 Mb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1378224
  1   2   3
Bog'liq
ELLIN DAVLATLARI

ELLIN DAVLATLARI

REJA: 1. Ellinizm haqida tushuncha. 2. Ellinistik davlatlarning vujudga kelishi. 3. Orta Osiyodagi ellinistik davlatlar.

Ellinizm Ellinizm Makedoniya, Yunoniston, Orta dengizning sharqiy sohillari, Garbiy Osiyo, Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr (Iskandar) istilosi (miloddan avvalgi yillar)dan miloddan avvalgi 30 yilda Misr Rim qoshinlari tomonidan ishgol etilgan paytgacha otgan davr. "Ellinizm" atamasi ilmda dastlab nemis olimi I.G. Droyzenning yillarda chop etilgan 2 jildli "Ellinizm tarixi" asarida qollangan va ushbu atama orqali ellinlarning Sharq mamlakatlaridagi hukmronligi va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati bilan uygunlashib hosil qilgan yangi madaniyat tushunilgan. Keyinchalik ayrim tadqiqotchilar ellinistik olam hududi va davr doirasini kengaytirib, madaniyati yunonlar tasirida shakllangan barcha mamlakat va xalqlarni kozda tutadilar. "Ellinizm,." deganda, yunon madaniyati rivojinigina nazarda tutib, yunon madaniyatidan Rim madaniyatiga otish davrining ozi, deb hisoblaydiganlar ham bor.

Ellinizm davri sharqiy mamlakatlar uchun taraqqiyotning yangi bosqichi boldi. Yunonmakedoniyaliklar Sharqqa ishlab chiqarish malakalarini, oz davlat va huquq meyorlarini, urf-odat, din va madaniyatlarini olib keldilar, oz navbatida, Sharqdan organdilar ham. Davlat boshqaruvida qadimiy sharqiy monarxiya usullaridan foydalanildi. Pul va savdosotiq munosabatlari rivojlangan olkalar (Mesopotamiya, Suriya, Kichik Osiyo)da polislar ravnaq topdi. Polislar ozgardi, yani ular mustaqil respublika bolmay, malum siyosiy va iqtisodiy imtiyozlarga ega shahar jamoalariga aylandilar. Yunonlarning qadimiy nomi "ellinlar" atamasi oz etnik mazmunini asta-sekin yoqota borib, makedoniyalik, yunon va mahalliy yuqori tabaqaga mansub kishilarni ifodalaydigan sozga aylanib qoldi.

Miloddan avvalgi 21-asrlarda isyonlar va ozodlik harakatlari jonlandi. Attika, Pergam, Delos orollarida qullar isyoni, Misr va Salavkiyada dehqonlar qozgoloni yuz berdi. Ayni paytda Rimning mavqei osha bordi. U miloddan avvalgi 197 yilda Kichik Osiyoni, Egey dengizidagi orollarni va Yunonistonni bosib oldi. Rim Ellin davlatlarini birin ketin ishgol etib, miloddan avvalgi 30- yilda Misrni ham qolga kiritdi va Ellinizm davriga barham berdi. Ellinizm davrida turli xalqlarning madaniyat darajalari har xil bolgan bolsada, oziga xos rivojlanish yuz bergan edi. Ellinistik mamlakatlarda tabiiy fanlar (jumladan, matematika), kemasozlik, harbiy sanat va shaharsozlik rivoj topdi. Dengiz sohillariga kopgina mayoqlar qurildi, savdo yollari barpo etildi, savdo kemalari koproq yuk kotaradigan va tezroq suzadigan darajaga yetdilar.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling