Livan Respublikasi (AlJumxzfiya al-Lubnoniya) Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida. Mayd. 10,45 ming k Aholisi 3,6 mln kishi (2001). Poytaxti Bayrut sh. L


Download 390.17 Kb.
bet1/4
Sana15.03.2023
Hajmi390.17 Kb.
#1268844
  1   2   3   4
Bog'liq
LIVAN


LIVAN, Livan Respublikasi (AlJumxzfiya al-Lubnoniya) — Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida. Mayd. 10,45 ming km2. Aholisi 3,6 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bayrut sh. L. maʼmuriy jihatdan 6 muhofaza (viloyat)ga bulingan.
Davlat tuzumi. Livan — parlamentli respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1926-y. 23-mayda kuchga kirgan, keyinchalik unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1998-y. dan Emil Laxud). Deputatlar palatasi (parlament) tomonidan 6 y. ga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 128 deputatdan iborat Deputatlar palatasi. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan hukumat (Vazirlar Kengashi) amalga oshiradi.
Tabiati. Qirgʻoqlarining kupi past. Sohili tekislik. Sharqida Livan tizmasi mamlakatning katta qismini egallagan (bal. 3088 m gacha). Togʻlar, asosan, ohaktosh, qumtosh va b. dan tuzilgan. Temir rudasi va qoʻngʻir koʻmir konlari bor.
Iklimi subtropik, yozi quruq, qishi sernam. Sohilida yanv. ning oʻrtacha t-rasi 13°, iyulniki 28°. Yillik yogʻin sohilda 750—1000 mm, togʻlarda 1000 mm dan koʻp. Daryolari qisqa, yozda koʻpincha qurib qoladi. Yirik daryosi AlLitoni. Sohilida qoʻngʻir tuproq, togʻ yon bagʻirlarida boʻz-qoʻngʻir, yuqorirogʻida qoʻngʻir toshloq tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarining aksari butalar. Livan tizmasining yon bagʻirlarida eman, chinor, zarang, halab qaragʻayi oʻrmonlari bor. Hayvonlardan sirtlon, chiyaboʻri, gʻizol, har xil ke-miruvchilar va parrandalar yashaydi.
Aholisining 90% dan ortigʻi arablar, shuningdek, armanlar, kurdlar, cherkaslar, turklar va b. yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Aqolining 60% musulmon (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlar (maroniy, pravoslav, katolik). Aholining 83,7% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bayrut, Tripoli, Sayda va Zahla.
Tarixi. Livan hududida odam quyi va yuqori paleolit davridan, oʻtroq xalq mil. av. 5-ming yillikdan yashaydi; 3 — 2 ming yilliklarda qad. Livan hududida finikiyaliklarning shahar-davlatlari Bibl (Jubayl), Tir (Sur), Sidon (Sayda), Berit (Bayrut) va b. vujudga keldi. Ular mil. av. 8—4-a. larda Ossuriya, Bobil, Axomaniylar davlati va makedoniyalik Aleksandr qoʻl ostida boʻlib keldi. Mil. av. 2-a. dan Livan hududi Salavkiylar saltanati tarkibida va mil. av. 64-y. dan Rim xukmronligida boʻldi. Mil. 4—6-a. larda Livan Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. 7-a. boshida Livanni sosoniylar, keyinroq arablar egalladi. 7—11-a. larda Livan bir necha sulola qoʻl ostida boʻldi.
Livan 11-a. oxirida salibchilar, 13-a. dan 16-a. boshlarigacha Misr mamluklari hukmronligida boʻldi. 1516-y. L. Hududi Usmonli turk saltanati tarkibiga kirdi. 17-a. da amir Faxriddin II butun Livanni birlashtirdi. 1697-y. dan L. Shihablar sulolasi qoʻl ostiga utdi. 18-a. oxiri, 19-a. boshlarida hukmronlik qilgan amir Bashir II Shihab Livanni markazlashtirish siyosatini qoʻlladi. U mamlakatni Turkiya hukmronligidan ozod qilish niyatida Misr hukmdori Muhammad Ali b-n ittifoqtuzdi. 1861-y. iyunda xalqaro komissiya (Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Turkiya) ishlab chiqqan nizomga muvofiq, mamlakat rasman Livan nomini oldi. 19-a. ning 50—70-y. larida Livan arab maʼrifatchilik harakati markazlaridan biriga aylandi.
19-a. oxiri va 20-a. boshlarida L. Gʻarbiy Yevropa davlatlarining yarim mus-tamlakasiga aylandi; 1918-y. okt. da Angliya va Fransiya qoʻshinlari Livanni bosib oldi. 1922-y. L. ga Fransiya man-dati Millatlar Ligasi tomonidan tasdiqlandi. 1926-y. mayda qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, Livan respublika deb eʼlon qilindi. Biroq Fransiya uning tashqi aloqalari va mudofaasi ustidan nazoratni oʻz qoʻlida saqlab qoldi.
1936-y. noyab. da milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Fransiya hukumati bilan Livan oʻrtasida Livanga 3 yildan keyin mustaqillik berish toʻgʻrisida shartnoma tuzildi. Shartnomaga binoan, Fransiya Livan hududida oʻz qurolli kuchlarini saqlash, Livan tashqi siyosati va ichki ishlariga aralashish huquqiga ega boʻldi, fransuz reaksiyasining aralashuvi bilan Livanga mustaqillik berish haqidagi щartnoma tasdiqlanmay qoldi.
2-jahon urushi boshida Fransiya taslim boʻlgach, 1940-y. L. Italiya bilan Germaniyaning Yaqin Sharqdagi tayanch nuqtasiga aylandi. 1941-y. 8-iyunda «Ozod Fransiya» harakati va ingliz qoʻshinlari Suriya va Livanga bostirib kirdi. Fransiya qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni general Katru Fransiya mandatini bekor qildi, 26 noyab. da u L. milliy ozodlik harakati talabiga javoban Livanga mustaqillik berish haqidagi bayonotni tasdikladi. Biroq Livan 1943-y. 22 noyab. dagina haqiqiy mustaqillikka erisha oldi. 1945 i. L. Arab davlatlari Ligasi tuzilishida ishtirok etdi va shu yili BMTga aʼzo boʻldi.
2-jahon urushidan keyin ham Fransiya Livanda oʻz hukmronligini saqlab qolishga urinib, bir qancha tadbirlar koʻrdi, biroq Livan hukumati bu mavzuda muzokara oʻtkazishdan bosh tortdi. Buyuk Britaniya va Fransiya oʻz qoʻshinlarini 1946-y. 31 dek. da Livan hududidan olib chiqib ketishga majbur boʻldi.
Livan hukumati 1967-y. iyunda Isroil tajovuziga duchor bulgan Misr va b. arab davlatlariga oʻz xayrixoxligini bildirdi va Yaqin Sharkdagi siyosiy ziddiyatlarni tinch yul bilan hal qilish toʻgʻrisidagi BMTning 1967-y. 22 noyab. rezolyutsiyasini maʼqulladi. 1968-y. dan Livan hududida Falastin qarshilik harakati yuzaga keldi. Oʻsha yili Livanga qarshi Isroil tajovuzi boshlandi. Natijada Livan, ayniqsa, uning jan. hududlari qattiq zararlandi. 1970 i. 17 avg. da parlament S. Franjyeni prezidentlikka sayladi. Soyib Salom hukumat rahbari boʻldi. Livanning yangi hukumati betaraflik siyosatini ilgari surdi va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga, mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilashga vaʼda berdi, biroq vaʼdani bajarish oʻrniga demokratik huquq va erkinliklarni cheklashga harakat qildi; bu hol ish tashlash va namoyishlar boshlanishiga sabab boʻldi (1972-y. oxiri — 1973 i. boshlari). 1975-y. apr. dan Livanda keskin siyosiy tanglik vujudga keldi. 1975—76 y. L. dagi xristian va musulmon qoʻshinlari oʻrtasida qurollir mojaro boshlandi. Oʻng xristian kuchlar Livanda turgan Falastin qarshilik harakati askarlari b-n, soʻngra musulmonlar bilan qurolli toʻqnashuv chiqardilar. Mamlakat ikkiga boʻlinib qoldi. Arablararo kuchlar (salkam 35 ming askar) L. ga kiritilgandan keyin urush harakatlari toʻxtadi. 1978-y. Isroil qoʻshinlari Livanga bostirib kirdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 425-qaroriga binoan, BMT Muvaqqat kuchlari mamlakat jan. ga ki-ritildi. Isroilning 1982-y. tajovuzi natijasida Livan hududining anchagina qismi 1985-y. gacha egallab turildi. Isroil Livan jan. da 10 km ga yaqin kenglikdagi «Xavfsizlik mintaqasi»ni ishgʻol qilib turdi. 1989-y. da mamlakatda yana qurolli mojaro chikdi. Arab mamlakatlari uchlar qoʻmitasi (Jazo-ir, Saudiya Arabistoni, Marokash)ning faol ishtirokida va xalqaro kuchlarning madadi bilan Livan milliy inoklik xartiyasi ishlab chiqildi. Toif bitimi deb atalgan bu hujjatda dav-lat boshqaruv idoralarini shakllantirishning diniy belgilaridan asta-sekin voz kechish koʻzda tutilgan. Shu asosda 1992 va 1996-y. larda parlament saylovi oʻtkazildi. Tashki siyosatda Livan ijobiy betaraflik, bloklarga qoʻshil-maslik siyosatiga amal qiladi. L. OʻzR suverenitetini 1991-y. 30 dek. da tan oldi va 1998-y. 22 okt. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 22 noyab. — Mustaqillik kuni (1943).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi, 1950-y. da umumarab Baas partiyasining boʻlimi sifatida tuzilgan; Kataib (yoki Livan falanglari) partiyasi, 1936-y. da asos solingan; Taraqqiyparvar sotsialistik partiya, 1949-y. da tuzilgan; Milliy blok, 1943-y. da tuzilgan; Milliy liberal partiya (Erkin vatanparvarlar partiyasi), 1958-y. da asos solingan; L. kommunistik partiyasi, 1924-y. da tuzilgan. Livan mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1958-y. da asos solingan.
Xoʻjaligi. Livan — agrar-industrial mamlakat. Livan iqtisodiyotining asosi bank-moliya faoliyati, savdo va sayyohliqsir. Yalpi ichki mahsulotda xizmat sohasi, savdo, moliya 50,3%, sanoat va qurilish 17,8%, q. x. 9,8% ni tashkil etadi.
Sanoat i, asosan, toʻqimachilik, oziqovqat, kimyo va farmatsevtika, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash korxonalaridan iborat. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Livanda xunar-mandchilik korxonalari, Tripoli va Saydada neftni qayta ishlash z-dlari mavjud. Sement, metallurgiya, metallni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari, ip gazlama k-ti, kand-shakar z-di bor. Yiliga oʻrtacha 4,7 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi.
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 30% band boʻlib, milliy daromadning 10% hosil qilinadi. Bugʻdoy, arpa, tamaki ekiladi, banan, sitrus, zaytun, sabzavot, olma va b. mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, parranda boqiladi, baliq ovlanadi.
Transporti. Avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uz. —7,4 ming km; t. y. uz. — 417 km. Livan hududidan Saudiya Arabistoni va Iroqdan keluvchi neft quvurlari oʻtgan. Dengiz savdo flotining tonna-ji 438 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Bayrut, Tripoli, Sayda, Juniya. Bayrutda aeroport bor.
Livan chetga sitrus mevalar, gazlama, qogʻoz, metall buyumlar chiqaradi; chetdan mashina va uskunalar, yogoch-taxta, oziqovqat, xom ashyo keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Saudiya Arabistoni va b. arab mamlakatlari, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH. Pul birligi — L. funti.
Tibbiy xizmati. Vrachlar Livan dagi Amerika unti tibbiyot fanlar fti tarkibidagi Oliy tibbiyot maktabi va Fransiya un-tining tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Livanda tibbiy xizmat tizimi asosan xususiydir.
Maorifi, madaniy-maʼrifiy muassasalari. 1960-y. dan davlatga karashli boshlangʻich maktablarda bepul oʻqitish joriy etilgan. Birok, oʻquv muassasalarining yarmidan koʻprogʻi xususiy. Maorif tizimi 5 y. lik boshlangich, 4 y. lik toʻliqsiz oʻrta va 3 y. lik oʻrta maktablardan iborat. Hunar-texnika bilim yurtlari, ped. oʻquv muassasalari mavjud. Bayrutda 4 ta un-t: Livan unti (1953), Amerika unti (1866), Fransiya avliyo Iosif unti (1881), Arab unti (1960); Juniyada xususiy un-t (1950) bor. Livan milliy ku-tubxonasi (1921), un-tlar huzurida yi-rik kutubxonalar, Livan milliy muzeyi (1920), Nafis sanʼat muzeyi, Amerika unti muzeyi mavjud (hammasi Bayrutda).
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Livanda bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «AlAmal» («Harakat», arab tilida chikadigan kundalik gaz., 1939-y. dan), «AlAnba» («Xabar», arab tilidagi haftalik gaz., 1953-y. dan), «Al-Anvar» («Hyp», arab tilidagi kundalik gaz., 1959-y. dan), «Al-Bayroq» (arab tilidagi kundalik gaz., 1912-y. dan), «Ad-Diyor» («Vatan», arab tilidagi haftalik gaz., 1941-y. dan), «An-Nahor» («Kun», arab tilidagi kundalik gaz., 1933-y. dan), «An-Nido» («Chaqiriq», arab tilidagi kundalik gaz., 1959-y. dan), «Oryan-jur» («Sharq kuni», fransuz tilidagi kundalik gaz., 1971-y. dan), «Revey» («Uygʻonish», fransuz tilidagi kundalik gaz., 1908-y. dan), «As-Sayyod» («Ovchi», arab tilidagi haftalikjur., 1943-y. dan), «At-Tariq» («Yoʻl», arab tilidagi oylikjur., 1941-y. dan), «Al-Usbua-al-Arabi» («Arab haftasi», arab tilidagi haftalik jur., 1959-y. dan), «Ash-Shaab» («Xalq», arab tilidagi kundalik gaz, 1961-y. dan). Milliy axborot agentligi Livan hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1962-y. da tashkil etilgan. Livan radioeshittirish xizmati hukumat qaramogʻida, 1937-y. da asos solingan. Livan telekoʻrsatuv kompaniyasi tijorat telekompaniyasidir (1959).
Adabiyoti. 7-a. dan Livan adabiyoti umumarab adabiyoti bilan birga rivojlandi. Turklar hukmronligi davrida madaniyat, xususan, adabiyot turgʻunlikda boʻldi. 19-a. da Livanda Misr, Suriya va b. arab mamlakatlaridagi singari maʼrifatchilik gʻoyalari keng yoyildi, publitsistika asosiy janr boʻldi, tarjimachilik rivojlandi (Iosif al-Yazijiy, Butrus al-Boʻstoniy va b.). 19-a. 2-yarmi — 20-a. boshlarida Livan adabiyotida maʼrifatparvarlik goyalari yanada kuchaydi. 1-jahon urushi arafasida Livan adabiyoti taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi: xalqning orzu-umidlarini ifodalovchi va hayot kamchiliklarini tanqid qiluvchi oqim shakllandi. Umar Faxuri, Tavfiq Yusuf Avvod va b. yozuvchilar Livan adabiyotida oʻzlarining haqqoniy asarlari bilan tanildilar.
2-jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda Umar Faxuri, Antuan Tobit va Rauf al-Huriy tomonidan tashkil etilgan «At-Tariq» jur. da Livanning taraqqiyparvar yozuvchilari faol qatnashdilar. Livan adabiyoti va davriy matbuotida fashizmni, mustamla-kachilikni, ijtimoiy tengsizlikni fosh qilish yetakchi oʻrinni egalladi.
Yozuvchi va filolog Morun Abbudning «Kichik bahodirlar», «Qogʻozdagi siyoh» kabi hikoyalar toʻplamlari dehqonlar turmushiga va Livan yoshlarining taqdiriga bagʻishlangan. Arab mamlakatlari ijtimoiy va siyosiy hayotining murakkab tomonlari bir qator qissa, novella, poema va b. larda oʻz aksini topgan. Keyingi yillarda Livan adabiyotida yozuvchilarning yosh avlodi katta eʼtibor qozondi. Shoirlardan Al-Xuri, S. Akd, nasrchi S. Idris, L. Baalbeki mumtoz adabiyot anʼanalarini davom ettirdi.
Meʼmorligi. Livanda mil. av. 5—4-ming y. liklarga mansub toshdan qurilgan mudofaa inshootlari, turar joylarning qoldiqlari topilgan. Mamlakatga arablar kelgach (7-a.), masjid, minora, Madrasa, karvonsaroylar kurila boshladi. 12-a. da salibchilar tomonidan Bofor qasri, monastirlar, cherkovlar bunyod etilgan. Usmonli turk saltanati hukmronligi davrida toʻrk meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. Livan mustaqillikka erishgach, shaharlar taʼmirlanib, koʻp qavatli turar joylar, kinoteatr, maktab, klinikalar qurildi. Mahalliy anʼanalar davom ettirildi, ravoqli, peshtoqli yirik bynolar qurishda koʻproq temirbetondan foydalanila boshladi.
Tasviriy sanʼati. Mil. av. 5—4-ming yilliklardan naqshin sopol idishlar, 3—2-ming yilliklardan Finikiya sanʼati asarlari — shoh Axiram tosh tobutidagi qabariq tasvir va yozuvlar, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻ saqlanib kalgan. Asrlar davomida binolarga oʻymakorlik va naqsh ishlangan. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida H. Su-rurning hayotiy portret va natyurmortlari, X. Salibiyning koʻtarinki ruxdagi kartinalari mashhur boʻldi, ularning ijodi keyingi rassomlarga katta taʼsir koʻrsatdi. 30—40-y. larda realistik yoʻnalish yetakchi oʻrinni egalladi. 50—60-y. larda formalistik oqimlarning taʼsiri kuchli boʻldi (rassomlardan S. Baltekse, P. Kirakosyan, I. Shamut, haykaltarosh Yu. Xoayek va b. realistik anʼanalarni davom ettirdilar). Plakat, karikatura, kitob bezash taraqqiy etdi. Amaliy sanʼatda qadama naqsh, metall va yogʻoch buyumlarga sayq-al berish, kandakorlik, kashtadoʻzlik, gilam toʻqish va b. rivoj topgan.
Musiqasi — qad. boʻlib, johiliya davridan birmuncha murakkab cholgʻu kuylar va qoʻshiq turlari shakllangan. Ayniqsa, badaviylarning rechitatsiyali — shargi va dabka nomli jadal surʼatli raqs kuylari ommalashgan. Keyinchalik dialogli atoba, kasbiy yoʻnalishdagi maqam uslubiga mansub murakkab asarlar rivoj topdi. Bayrutda Milliy konservatoriya, uning huzurida kamer orkestr bor. 1956-y. da Livan musiqachi yoshlar jamiyati tuzilgan. U boshlangʻich musiqiy taʼlim, konsertlar uyushtirish bilan shugʻullanadi. 1966-y. Bayrutda joylashgan Amerika unti tarkibidagi Oliy sanʼatshunoslik maktabi huzurida musiqashunoslik boʻlimi tashkil etilgan. Livan xalq qoʻshiqlarining ommalashuvida ashulachi Feyruzning hissasi katta. 1966-y. dan boshlab har yili oʻtkaziladigan Baʼlabakka festivallari Livan musiqiy hayotida muhim ahamiyatga ega.
Teatri. Marosim, bayram va b. da qadimdan turli tomoshalar koʻrsatilgan, lekin teatr truppalari 20-a. ning 2-yarmidangina paydo boʻldi. Qiziqchi artist Shushu tashkil etgan Milliy teatrda Molyer, Shekspir, Gyote va b. ning asarlari qoʻyildi. Bayrutdagi Livan drama teatrida jahon mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari ham sahnalashtirilgan. Pyesalar arab, fransuz va ingliz tillarida qoʻyiladi. Livan dagi teatrlar xususiy boʻlib, davlatdan moddiy yordam olmaydi. Bayrutda 1965-y. ochilgan Milliy va Bayrut teatrlari, Baʼlabakka festivali teatri (1968) va b. teatrlar mavjud.
Kinosi. Birinchi badiiy film 1929-y. suratga olingan. «Baʼlabakka xaro-balari ostida» nomli badiiy film, kinojur. lar va hujjatli filmlar 20-a. ning 30-y. larida chet el firmalari buyurtmasi bilan suratga olingan. 60-y. larda «Baʼlabakka», «Niyer ist sa-und», «Alasriy» kinostudiyalari tashkil topdi. Keyingi yillarda «Salom, muhabbat!» (rej. M. Salmon), «Shayton arava» (rej. J. Kan), «Qayrilgan qanotlar» (rej. Yu. Maʼluf), «Gung va muhabbat» (rej. A. Bahriy) kabi filmlar tomoshabinlar diqqatiga sazovor boʻldi.

The Livan iqtisodiyoti a deb tasniflanadi rivojlanmoqda, yuqori-o'rta daromadli iqtisodiyot. The nominal YaIM 2018 yilda 54,1 milliard dollarga baholandi,[7] bilan jon boshiga YaIM 12000 AQSh dollarini tashkil etadi. Davlat xarajatlari 2018 yilda 15,9 milliard dollarni tashkil etdi,[24] yoki YaIMning 23% tashkil etadi.


Livan iqtisodiyoti sezilarli darajada kengaygan 2006 yilgi urush, 2007 yildan 2010 yilgacha o'sish o'rtacha 9,1 foizni tashkil etdi.[25] 2011 yildan keyin mahalliy iqtisodiyot ta'sir ko'rsatdi Suriyadagi fuqarolar urushi, 2011-2016 yillarda yillik o'rtacha 1,7% ga va 2017 yilda 1,5% ga o'sdi.[25] 2018 yilda YaIM hajmi 54,1 milliard dollarni tashkil etgan.[7] Livan dunyo bo'yicha qarzdorligi bo'yicha uchinchi o'rinda turadi qarzning YaIMga nisbati. Natijada, foizlar bo'yicha to'lovlar 2016 yilda ichki davlat daromadlarining 48 foizini iste'mol qildi va shu bilan hukumat infratuzilma va boshqa jamoat mollariga kerakli investitsiyalarni kiritish imkoniyatini chekladi.[26]
Livan iqtisodiyoti xizmatga yo'naltirilgan. Livan kuchli an'analarga ega laissez-faire, bilan mamlakat konstitutsiyasi "iqtisodiy tizim erkin va xususiy tashabbuskorlikni va xususiy mulk huquqini kafolatlaydi". Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga metall mahsulotlari, bank, qishloq xo'jaligi, kimyo va transport uskunalari kiradi. Asosiy o'sish sohalariga bank va turizm kiradi. Valyuta yoki kapital harakatiga cheklovlar yo'q.
1975-1990 yillar Livan fuqarolar urushi jiddiy shikastlangan Livan iqtisodiy infratuzilma, milliy mahsulotni yarimga qisqartirish,[29] va Livanning pozitsiyasi uchun katta oqibatlarga olib keldi Yaqin Sharq entrepot va bank faoliyati markaz.[30] Urushdan keyin markaziy hukumat soliqlarni yig'ish va muhim port va hukumat ob'ektlari ustidan nazoratni qayta tikladi. Natijada 90-yillarda aholi jon boshiga YaIM 353 foizga kengaygan.[31]Iqtisodiyotni tiklashga moliyaviy jihatdan sog'lom bank tizimi va barqaror kichik va o'rta ishlab chiqaruvchilar yordam berishdi, oilaviy pul o'tkazmalari, bank xizmatlari, ishlab chiqarilgan va fermer xo'jaliklarining eksporti va xalqaro yordam valyuta manbalari sifatida.[32] Livan iqtisodiyoti 1993 yilda 20 milliard dollarlik qayta qurish bo'yicha hukumat dasturi "Horizon 2000" ishga tushirilgandan buyon katta yutuqlarga erishdi. YaIM 1994 yilda 8% ga va 1995 yilda 7% ga o'sdi Isroil "s G'azab uzumlari operatsiyasi 1996 yil aprelda iqtisodiy faoliyat to'xtab qoldi. Haqiqiy YaIM 1997 va 1998 yillarda yiliga o'rtacha 3 foizdan kam bo'lgan va 1999 yilda atigi 1 foizga o'sgan. 1992-98 yillarda yillik inflyatsiya 100 foizdan 5 foizgacha pasaygan va valyuta zaxiralari 1,4 milliard dollardan 6 milliard dollarga oshdi. Rivojlanayotgan kapital oqimlari chet el to'lovlari profitsitini keltirib chiqardi va Livan funti nisbatan barqaror bo'lib qoldi. Livanning urush paytida vayron bo'lgan jismoniy va moliyaviy infratuzilmasini tiklashda ham yutuqlarga erishildi. Solidere, 2 milliard dollarlik firma, Beyrutning rekonstruksiyasini boshqaradi markaziy biznes tumani; The fond bozori 1996 yil yanvar oyida qayta ochilgan va xalqaro banklar va sug'urta kompaniyalari qaytib kelishmoqda. Shunga qaramay, hukumat iqtisodiy sohada jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Valyuta zaxiralarini tejash va qarz olishni kuchaytirish orqali qayta qurishni moliyalashtirishga to'g'ri keldi. Davlat byudjeti kamomadini kamaytirish hozirgi hukumatning asosiy maqsadidir. 1990-yillarda boylar va kambag'allar o'rtasidagi tafovut kuchayib bordi, natijada qayta qurish foydalarining taqsimlanganidan xalq noroziligini keltirib chiqardi va hukumatni e'tiborini infratuzilmani tiklashdan turmush sharoitini yaxshilashga yo'naltirishga olib keldi.

Download 390.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling