Livan Respublikasi (AlJumxzfiya al-Lubnoniya) Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida. Mayd. 10,45 ming k Aholisi 3,6 mln kishi (2001). Poytaxti Bayrut sh. L
Katta Livandan kichkina Livangacha. Livanning tarixi va buguni haqida
Download 390.17 Kb.
|
LIVAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransuz mandatidagi Katta Livan davlati
Katta Livandan kichkina Livangacha. Livanning tarixi va buguni haqida
Shu yilning 4-avgust kuni Livan poytaxti Bayrut shahrida kuchli portlash yuz bergan edi va butun dunyoning nigohi bir zum ushbu mamlakatga qaratildi. Bundan yuz yil oldin, 1920-yil 1-sentabr kuni Usmonli imperiyasining hududlari qayta taqsimlanish paytida Katta Livan davlati tashkil etildi. “Daryo” sana munosabati bilan Livan davlatining tarixi va buguni haqida hikoya qiladi. Foto: Wikimedia Fransuz mandatidagi Katta Livan davlati Livan hududi o‘z mavjudligi davomida bir nechta davlatlar tarkibida va ularning hukmi ostida yashab keldi. Forslar, ossuriyaliklar, yunonlar, rimliklar, armanlar, Vizantiya imperiyasi, arablar, saljuqiylar, mamluklar, salibchilar, Usmonli imperiyasi va fransuzlar bu hudud ustidan asrlar davomida birin-ketin hukmronlik qildi. 1914–1918-yillarda davom etgan Birinchi jahon urushi natijasida mag‘lub bo‘lgan Usmonli saltanati tanazzulga yuz tutdi va uning hududlari tarqatib yuborildi va o‘rniga bir nechta davlatlar tashkil etildi. Usmonlining Damashq va Bayrut viloyatlariga to‘g‘ri keladigan Lubnon hududi Millatlar Ligasi tomonidan taqdim etilgan Fransiya mandatiga berildi. 1916-yilgi “Sayks-Pikot” maxfiy shartnomasiga ko‘ra, urush tugaganidan keyin Usmonlining arab jo‘g‘rofiyasi Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida taqsimlanishi kerak edi. Fransuz generali Shom masalalari bo‘yicha oliy komissar Anri Gurod 1920-yil 1-sentabr kuni Katta Livan davlati tashkil etilganini e’lon qildi. 1926-yilda Livanda ilk konstitutsiya qabul qilindi va davlat respublika deb e’lon qilindi. Endi Katta Livan davlati Livan Respublikasi nomini oldi. O‘zining prezidenti va vazirlar kengashi raisiga ega bo‘ldi. Livanni har tomonlama rivojlantirish vazifasini olgan Fransiya mamlakatni mustaqillikka tayyorlashi lozim edi. 1915-yildan 1918-yilgacha Livanda 120 mingdan 200 minggacha aholi (aholining uchdan bir qismi) chigirtkalar galasining yopirilishi va Antanta ittifoqining qo‘ygan iqtisodiy blokadasi natijasida kelib chiqqan ochlikdan qirilib ketdi. Urushdan keyin Livan iqtisodiy jihatdan abgor ahvolga kelib qolgan edi. Fransiya esa mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklashga majbur edi. Iqtisodiyotning muhim sektorlariga investitsiyalar jalb etildi. Infrastruktura yaxshilandi va Livan xalqaro bozorga chiqa oldi. Ta’lim sohasida ham yaxshi o‘zgarishlar amalga oshirildi. Fransuz tili arab tili bilan birgalikda rasmiy til sifatida faoliyat yurita boshladi va bu 1943-yilgacha davom etdi. Ammo fransuz tili baribir o‘z ahamiyatini saqlab qola oldi. Hozirga kelib aholining 45 foizini frankofonlar tashkil qiladi. Livanning bugungi kundagi siyosiy tizimi ham aynan Fransiya mandati paytida shakllangan edi. 1926-yilgi konstitutsiyaga muvofiq mandatchilar bilan birgalikda 17 konfessiya vakillaridan iborat Maslahat kengashi ham tashkil etilgan edi. Respublikada hokimiyat ushbu konfessiyalar o‘rtasida taqsimlandi. Eng muhim lavozimlar demografik jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadigan konfessiya vakillariga berildi. Download 390.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling