2. Misrda fotimiylar davlatining tashkil topishi. Ayyubiylar va mamluklar sulolasi sulolasi davrida Misr
Download 83 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
6-ma’ruza Mavzu : IX-XV asrlarda Afrika jamiyati va imperiyalari Reja : 1.Shimoliy Afrikada IX-X asrlarda hukmronlik qilgan imperiyalar. 2. Misrda fotimiylar davlatining tashkil topishi. 3. Ayyubiylar va mamluklar sulolasi sulolasi davrida Misr. 4. G‘arbiy Afrikada tashkil topgan davlatlar. Tayanch iboralar: Tuluniylar, Rustamiylar, Idrisiylar, Ag’labiylar, Ixshidiylar, Fotimiylar, Marvoniylar, Ayyubiylar, Mamluklar, Murobitlar, Ziriylar, Gana imperiyasi, Mali imperiyasi, Songai qirolligi, Aksum davlati. Shimoliy Afrikada IX-X asrlarda hukmronlik qilgan imperiyalar. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubdagi yerlarida yashagan xalqlar va qabilalar uzoq va о‘ziga xos tarixiy yо‘lni bosib о‘tgan. Afrikaning tropik о‘rmonlarida: bushmenlar va gottengot qabilalarini aholisi yashagan. Ularda urug‘chilik ijtimoiy tuzumi bо‘lib, aholi asosan ovchilik va termachilik bilan turmush kechirgan. Afrika aholisining asosiy ov qurollari nayza, о‘q-yoylar edi. Aholi jamoalari chaylalarda yoki shox-shabbalardan qilingan boshpanalarda yashardi. Sahroi Kabir atroflarida, ayniqsa uning janubiy qismida kо‘psonli kо‘chmanchi, yarim kо‘chmanchi va о‘troq chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabila hamda elatlar yashagan. Janubiy sahrodagi barbar va tuareglar, G‘arbiy Afrikaning fulbe, qit’aning sharqida yashovchi masani, galla, sidamo, tigre xalqlari qoramol, qо‘y, tuya kabi uy hayvonlarini boqib xо‘jalik yuritishgan. Afrikaning kо‘pchilik xalqlari dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan. Ekinlardan tariq, sholi, paxta, shakarqamish yetishtirilgan. Qit’ada hunarmandchilik ishlab chiqarishning muhim qismi hisoblangan. Har bir jamoaning temirchi, kulol, kо‘nchi, tо‘quvchi singari hunarmandlari bor edi. Ular ish qurollari, yarog‘-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charmdan turli buyumlar yasaganlar. Shimoliy Afrikada aynan Misrda hukmronlik qilgan sulolalardan biri bu Tuluniylar sulolasi hisoblanib, bu sulola 868-905 yillarda boshqarib, hududi-1,5 mln.km.kv. davlat tili-arab tili bо‘lgan. Bu sulolani quyidagi hukmdorlar boshqarganlar: Ahmad ibn Tulun (868-884), Xumoravayh ibn Ahmad (884-895), Jaysh ibn Xumoravayh (895-896), Horun ibn Xumoravayh (896-904), Shaybon ibn Ahmad (904-905) lar boshqarganlar. Tuluniylar ma’lum vaqt Misr va Suriyaning bir qismida hukmronlik qilishdi. Tuluniylarning qarorgohi Fustat yaqinidagi Qato’i qal’asi edi. Ahmad ibn Tulun Misrda 868 yilda turklar, barbarlar va zanjilardan iborat muntazam qо‘shin tuzdi. U о‘z nomidan 870 yildan boshlab tanga zarb ettira boshlaydi. Abbosiylar о‘lpon tо‘lashlari evaziga Xumoravayh va vorislarini Misr va Suriyada tan olishdi. Jazoirda tashkil topgan Rustamiylar davlati 776-909 yillarda mavjud bо‘lib, poytaxti-Tohart shahri bо‘lgan. Sulola asoschisi kelib chiqishi fors bо‘lgan Abdurrahmon ibn Rustam. U 758 yili Qayruvonga voliy (voliy.arab.hokim, noib) bо‘lib oladi. Abbosiylar voliysi Qayruvonga kelishi bilan, Tohartga qochadi. Mahalliy aholi uni 776 yili imom qilib kо‘taradilar. Rustamiylar davlati Abdulvahhob (784-823) davrida Jazoirning markaziy hudujlarini egallaydi. 909 yilda Rustamiylar davlati tugatilgan. Bu davlatni quyidagi hukmdorlar boshqarganlar: Abdurrahmon ibn Rustam (776-784), Abdulvahhob ibn Abdurrahmon (784-823), Aflah ibn Abdulvahhob (823-872), Abu Bakr ibn Aflah (872), Abul Yaqzon Muhammad ibn Aflah (872-894), Abu Hotim Yusuf ibn Muhammad (894-897), Ya’qub ibn Aflah (897-901), Abu Hotim Yusuf ibn Muhammad (901-906), Ya’qub ibn Aflah (906-909) lar boshqarganlar. Marokashda hukmronlik qilgan Idrisiylar davlati 788-974 yillarda mavjud bо‘lgan. Hududi-1,5 mln.km.kv. davlat tili-arab tili. Davlat tuzumi-monarxiya bо‘lgan. Bu sulola shialar sulolasi bо‘lib, sulolaga 789 yilda Hasan ibn Alining chevarasi Idris I asos solgan. Idrisiylar davrida Fes shahri bunyod etilgan. Idrisiylar barbarlar bilan muttasil urush olib borganlar. Ular 974 yilgacha boshqardilar. Bu sulolani shu davr mobaynida 13 ta hukmdor boshqargan. Afrikada 800-909 yillar mobaynida Ag‘labiylar sulolasi hukmronlik qilishgan. Bu sulolaning asoschisi Ibrohim I ibn Ag‘lab hisoblanadi. Sulola hukmdorlari amir unvoniga ega bо‘lib, abbosiylarga nomigagina bо‘ysunishgan, amalda poytaxti Qayruvon bо‘lgan mustaqil amirlik edi. Ag‘labiylar 827 yildan boshlab Sitsiliyani, keyinroq Kalabriyani zabt etishgan. Sulola fotimiylar boshliq shialar fitnasi tufayli tugatilgan. Bu sulolani 11 ta hukmdor boshqargan. Misrda Ixshidiylar sulolasi 935-969 yilda hukmronlik qilgan, ular “ixshid” (unvon) iga ega bо‘lgan. Ixshidiylarning ajdodlari Sо‘g‘d va Farg‘ona viloyatlari orasidagi mintaqada yashagan. Abbosiylar sulolasi asoschisi Muhammad Ixshid ibn Tug‘jni 930 yili Shomga voliy etib tayinlashadi. 933 yili esa Misrga voliy bо‘ladi. 935 yildan Muhammad Ixshid ibn Tug‘j Misr va Shomni mustaqil boshqara boshlaydi. Sulola asoschisi Muhammad Ixshid ibn Tug‘jning otasi tuluniylar qо‘shinida xizmat qilgan. 945 yili ixshidiylar hamadoniylar bilan sulh tuzishadi. Unga kо‘ra, Ximsdan Halabgacha bо‘lgan hududlar hamadoniylarga о‘tadi. 968 yili Suriyani qarmatlar istilo qildi. 969 yili esa Misrga Javhar Rumiy boshliq fotimiylar qо‘shini bostirib kirdi va Fustotni olib Ixshidiylar davlatini qulatdi. Bu sulolani quyidagi hukmdorlar boshqarganlar: Muhammad Ixshid ibn Tug‘j (935-946), Abulqosim Ungur ibn ixshid (946-960), Abulhasan Ali ibn Ixshid (960-966), Abulmisk Kofur (966-968), Abulfavoris Ahmad ibn Ali (968-969) boshqarganlar. Misrda fotimiylar davlatining tashkil topishi. 909-910 yillarda Shimoliy Afrikada Fotimiylar xalifaligi tashkil topdi. Bu davlatga Ubaydulloh al- Mahdiy tomonidan asos solingan. Fotimiylar о‘zlarini hazrati Alining avlodlari deb hisoblaganlar va nomlarini payg‘ambar Muhammad (sav) ning qizlari, tо‘rtinchi xalifa Alining xotini Fotima nomidan olganlar. Fotimiylar о‘zlarini Ali ibn Abu Tolib va u kishining xotini Fotima avlodlari deb da’vo qilganlar. Ularga muxolif bо‘lganlar mazkur da’voni rad etishadi va ularni ubaydiylar deb nomlashadi. Fotimiylar shiaparast guruhlar bо‘lib, taxtga Ali avlodlarigina haqli degan da’voni ilgari surganlar. Ular shialikning ismoiliylar guruhi manfaatini kо‘zlab harakat qilishardi. X asr boshlarida Afrika (hozirgi Tunis) hududida rо‘y bergan tartibsizliklardan foydalangan Abu Abdulloh hamda о‘zini Ali va Fotima avlodi deya da’vo qilgan Ubaydulloh boshliq kishilar isyon kо‘tarishdi. 909 yili isyonchilar Qayruvon shahrini bosib olishdi, о‘sha yerda Ubaydulloh Mahdiy nomi bilan taxtga о‘tirdi. Fotimiylar arab xalifalari sulolasi bо‘lib, Shimoliy Afrikada, keyinchalik Misr va Suriyada hukmronlik qilganlar. Fotimiylar davlati (909-1171). Poytaxti- Mahdiyya (909-969), Qohira (969-1171). Hududi- 5,1mln km.kv.( 969). Davlat tuzumi- monarxiya. Davlat tili- arab tili. Markazi Qohirada ( 972 yildan) bо‘lgan arab davlati. Bu davlat о‘zining eng qudratli davrida Misr, Mag‘rib, Falastin va Suriya Misrda 909–1171 yillarda Fotimiylar sulolasi vakillari hukmronlik qilishgan. 1171 yilda bu sulolaning sо‘nggi vakili Ozid, Abdulloh ibn Yusuf ibn Abdulmajid vafot etadi. Uning mulklarini taqsimlab olish uchun bо‘lib о‘tgan о‘zaro urush – nizolar natijasida, kelib chiqishi kurdlardan bо‘lgan Salohiddin (Suriyadagi zanjilar qо‘lida xizmat qilgan kurd jangchisi) Qohirada Fotimiylar xalifaligini ag‘darib tashlab, sunniylikni tikladi va Ayyubiylar sulolasiga asos soldi. Ayyubiylar va mamluklar sulolasi davrida Misr.Ayyubiylar sulolasining nomi Salohiddinning otasi Ayyub ibn Shodi nomidan olingan. Sulolaning turli avlodlari 1171-1250 yillarda Misrni, 1186-1260 yillarda Damashqni, 1201-1254 yillarda Mesopatamiyani, 1173-1228 yillarda janubiy Arabistonni idora qildilar. XII asrning 70-80 yillarida Suriya va Mesopatamiyaning katta qismi Misrda hukmronlik qilayotgan ayyubiylar nazoratiga о‘tdi. Salohiddin ibn Ayyub Suriyada hukmdorlik qilayotgan Nuriddin Mahmud Zangiy qо‘l ostida xizmat qilardi. Zangiy Salohiddinni va uning amakisi Sherkuhni birodarkushlik urushlari bо‘layotgan Misrga yubordi. 1169 yili, Sherkuh vafotidan sо‘ng, hanuz sо‘nggi fotimiy hukmdor tirik bо‘lishiga qaramay, Salohiddin Misrning amaldagi hukmdori bо‘lib oldi. Ayyubiylar davlati 1171-1250 yillarda Misrni boshqargan.Hududi-2,7 mln km.kv (1190). Davlat tuzumi-monarxiya. Davlat tili-arab tili bо‘lgan. Salohiddinning davlatini markazi Misr hisoblansada, ammo u butun Suriyani egallash va salibchilarni Quddusdan chiqarish fikru – xayoli bilan yurgan. Buning uchun u Suriyada о‘zlarini mustahkamlangan qal’alariga ega bо‘lgan va ham salibchilarga, ham musulmon hukmdorlarini yer – mulklariga hujum qilib turgan, vaziyatdan kelib chiqib, har ikkala tomon bilan ham ittifoqchilik munosabatlariga kirgan assasinlar bilan tinchlik sulhi tuzishga erishdi. Zangiylardan bо‘lgan bо‘ysunmas bu amirlar bilan tuzilgan tinchlik sulhi uzoq vaqtgacha saqlanib turdi. XII asrning 80-yillarining boshlarida Salohiddin, Nuriddinning vafotidan keyin darhol yuzaga kelgan mayda knyazliklarni tugatishga va Suriyani Misrga qо‘shib olishga intildi. 1186 yilga kelib, u butun Misr, Suriya (salibchilar egallagan hududlardan tashqari) va ikki daryo oralig‘i (Iroq) dagi mayda knyazliklarni о‘z tarkibiga olgan davlat tuzdi. Mosul hukmdori о‘zini Salohiddinning vassali deb tan oldi va salibchilarga qarshi urushlar olib borish uchun harbiy qо‘shin va oziq – ovqat yetkazib berish majburiyatini oldi. Komil shimolda – Kichik Osiyoda saljuqiy hukmdorlar bilan muvaffaqiyatli jang qildi. U 1237 yilda ilgari akasini mulki bо‘lgan, Damashq va Shimoliy Suriyani egalladi. Shunday qilib, Ayyubiylar mulklarini chegaralari yana qaytadan tiklandi. Biroq, 1238 yilda Komil vafot etgach, hammasi quladi. 1250 yilda mamluklarning (mamluk.arab.qul-Misrda hukmronlik qilgan, nasl-nasabi turkiy va Kavkaz xalqlari (gruzin, cherkas) lardan bо‘lgan qul-jangchilar) yо‘lboshchilaridan biri bо‘lgan Oybek, Ayyubiylarni hokimiyatdan chetlatdi va sulton unvonini qabul qildi. Shu vaqtdan boshlab Misr va Suriya mamluklar sulolasi tomonidan boshqarila boshladi, ular XVI asrning boshlariga qadar ya’ni 1517 yilgacha hokimiyat tepasida turishdi. Misr va Suriyada mamluk hukmdorlarining hokimiyatini о‘rnatilishi masalasida shuni aytish mumkinki, ayyubiylar davlatini siyosiy hayoti va armiyasida mamluklar yanada katta ahamiyatga ega bо‘la boshladilar. Ular tuzgan otryadlarni ustida о‘zlarini orasidan saylangan beylar boshchilik qilishgan. Mamluk beylari harbiy hizmatni о‘taganliklari evaziga xizmat vaqtida foydalanish uchun yer – mulklar olishgan va feodallarga aylanishgan. Mamluk beylarining hokimiyati shunchalik darajada kuchaydiki, sо‘nggi ayyubiylar hukmdorlari paytiga kelib ular amalda mamlakatdagi barcha ishlarni boshqarishni о‘z qо‘llariga olishgan. 1249-1250 yillarda aynan mamluklar, fransuz qiroli Lyudovik IX tomonidan tashkil etilgan navbatdagi salib yurishini tor – mor etishdi. Sulton Kutuzni hokimiyat tepasiga kelganidan biroz vaqt о‘tgach Yaqin Sharqda mо‘g‘ullarning bosqiniga qarshi turishga tо‘g‘ri keldi. Ayyubiylar va mamluklar sulolasi davrida Misrda G‘arbiy Yevropadagi xristian cherkovi kabi musulmon masjid va madrasalari ham о‘zining yer mulklariga ega bо‘lgan. Vaqf yerlari masjid, madrasa va boshqa diniy tashkilotlarga taalluqli bо‘lgan. Vaqf yerlari ularning egasi bо‘lgan muassasaning doimiy mulki bо‘lib, undan soliq olinmagan. Marokashda tashkil topgan va 1056-1147 yillarda mavjud bо‘lgan Murobitlar davlatining poytaxti-Fas shahri bо‘lgan, davlat tili-arab tili. “Murobit” sо‘zi “rabot (chegara istehkom) da yashovchi” degan ma’noni anglatadi. Murobitlar davlatiga 1062 yili Yusuf ibn Toshufin tomonidan asos solingan. Ular sunniylikning molikiya mazhabigi tegishli edi. Murobitlar 1086 yili Leon va Kastiliya qirolligi qо‘shinini yengib Andalusiyani ham о‘z davlatiga qо‘shib olishga muvaffaq bо‘lgan. 1147 yili muvahhidlar Marokashni egallashdi va bu davlat tugatildi. Tunis va Jazoirda hukmronlik qilgan Ziriylar sulolasi 972-1148 yillarda boshqargan. Poytaxti-Mansuriya (972-1048), Qayruvon (1048-1057), Mahdiyya (1057-1148). 1148 yili Sitsiliya qiroli Rojer II ziriylar hukmdori Hasanni mag‘lub etib, poytaxt Mahdiyyani va Tunisning sohilbо‘yi hududlarini bosib oldi. Hasan Jazoirdagi qarindoshlari oldiga qochib ketadi va oradan tо‘rt yil о‘tgach u о‘sha yerda vafot etadi. Bu sulolani 8 ta hukmdor boshqarganlar. G‘arbiy Afrikada tashkil topgan davlatlar. Niger va Senegal daryolari havzasida joylashgan G‘arbiy Sudan yerlarida milodning VII-VIII asrlarida yirik savdo qо‘rg‘onlari Aukar, Mali keyinchalik Tombuktu va Gao о‘rnida shaharlar vujudga keldi, ularning savdosida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari, tuz va oltin alohida о‘rin tutar edi. О‘rta asrlarda Niger va Senegal daryolari havzasida ilk davlatlar: Gana, Mali, Songailar tashkil topdi. Gana-hozirgi Sudan hududidagi eng qadimiy davlat bо‘lib, u VIII asrda ya’ni 750 yilda vujudga kelgan edi. X asrning boshlarida Gana davlati о‘z taraqqiyotining eng yuksak davriga о‘tdi. G‘arbiy Sudanning Mag‘rib mamlakatlari bilan olib boradigan oltin va tuz savdosi yо‘llari ustidan nazorat Gana podshosi va uning zodagonlariga benihoya katta boyliklar tо‘plash imkonini berdi. Bu paytda mamlakatda qо‘shin soni 200 ming bо‘lib, uning tarkibida 40 mingga yaqin kamonchi va kо‘psonli otliq lashkarlar bor edi. Arab savdogarlarining G‘arbiy Sudandagi oltin konlari, podsholarning behisob xazinalari haqidagi afsonalar yaratilgan, bu esa qо‘shni jangari qabilalar diqqatini tortar edi. 1076 yilda Marokash sultoni Abu Bakr katta qо‘shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan. Gana sultonga xiroj tо‘lash majburiyatini oldi, aholi esa islom diniga о‘tkazildi. Lekin marokashliklar hukmronligi unchalik uzoq chо‘zilmadi. Ganada xalq qо‘zg‘olon kо‘tarib 1087 yili chet ellik bosqinchilarni о‘z yerlaridan haydab chiqardilar. Biroq zaiflashib qolgan Gana davlati 1087 yilda parchalanib ketdi. Mali imperiyasi XIII-XV asrlarda Afrikaning shimoli-g‘arbida, Sahroi Kabirdan janubda joylashgan davlat. Malining iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti XIII asrga tо‘g‘ri keladi. Davlatda Keyt sulolasining buyuk vakili bо‘lgan Sindiata Keyt (1230-1255) kuchli va intizomli qо‘shin tuzilib, u qо‘shni mamlakatlarning asosiy karvon yо‘llarini hamda oltin qazib chiqaradigan joylarini bosib oldi. Hukmdor va uning amaldorlari islom dinini birinchi bо‘lib qabul qildilar. Shundan sо‘ng Mali poytaxti Niagara va boshqa shaharlarga arab savdogarlari kelib joylashdilar. Mali davlati aholisining ijtimoiy tuzumida jamoaning roli katta edi. Jamoaning asosini yirik patriarxal oilalar tashkil qilgan. Qabila oqsoqollari yerlarni jamoa a’zolariga bо‘lib berganlar. Ular xо‘jalikni va ijtimoiy hayotni nazorat qilish bilan birgalikda harbiy yurishlarda о‘z qabilasiga qо‘mondonlik vazifasini ham bajarishgan. Mali hukmdori istilo etilgan viloyatlar noibligiga о‘z qarindoshlari va yaqinlarini tayinlaydi. Noiblar esa о‘z navbatida lashkarboshi, amaldorlarga yer-mulklar in’om etishgan. Mahalliy aholidan soliqlar undirish ham noibning zimmasiga tushgan. Shu tariqa, Malida ham feodal munosabatlar vujudga keldi va yangi feodal davlati о‘rnatildi. Mali hukmdorlari benihoyat katta boylikka ega bо‘lganlar. Uning hukmdori Muso I 1324 yilda Makkaga haj safari uyushtiradi. Hukmdorga 8 ming jangchi va 500 ta qul hamroh bо‘lib, bu katta karvon 10-12 tonna oltinni о‘zi bilan olib ketganligi haqida tarixiy ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Mali hukmdorlari о‘z yaqinlarining toj-u-taxtga tajovuzidan qо‘rqib, kо‘pincha saroy amaldorlarini, lashkarboshilari va hatto jangchilarni ham qо‘shni qabilalar vakillaridan olishgan. Hukmdorning shaxsiy gvardiyasi esa qullardan tuzilgan. XIV asr oxiriga kelib feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar Malining zaiflashishiga sabab bо‘ldi. Mali XV asrda butunlay inqirozga uchrab parchalanib ketdi. Mali kuchsizlangan bir davrda Songai davlati (IX asr-1592) ravnaq topdi. Mamlakat poytaxti Gao shahri edi. Songai о‘zining gullab-yashnagan davrida Niger daryosi havzasidagi yerlarni tо‘la egalladi. Songai davlati о‘zining ijtimoiy tuzumida quldorlikdan feodal jamiyatiga о‘tish davrini boshdan kechirgan. Mamlakat hukmdorlari va zodagonlari yerlarida 300, 500 va hatto 1000 dan ortiq qullar ishlaganlar. Yillar о‘tishi bilan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar о‘zgarib, qullar asta-sekin qaram dehqonlarga aylandilar. Ularning uchinchi-tо‘rtinchi avlodlari kichik yer-mulk egasiga, davlatga soliq tо‘laydigan shaxsiy erkin, lekin iqtisoiy qaram kishilar bо‘ldi. XVI asr о‘rtalaridan Songai davlati zaiflasha bordi. О‘zaro urushlar, toju-taxt uchun kurashlar natijasida kuchsizlangan davlatni 1592 yilda Marokash sultoni bosib oldi. Afrikaning Gvineya kо‘rfazi sohillarida ham о‘rta asrlarda bir qancha davlatlar paydo bо‘ldi. Ulardan eng kuchlisi Benin edi. Uning janubida XIII asrda Kongo davlati tashkil topdi. Angola hukmdori Kongo davlatining vassali hisoblanardi. Afrikadagi eng qadimiy davlatlardan biri, hozirgi Efiopiya (Habashiston) shimolida vujudga kelgan Aksum davlati edi. Aksum IV-V asrlarda о‘zining eng rivojlangan dvarini boshdan kechirdi. Janubiy Arabiston karvon yо‘llari va Sharqiy Sudanning bir qismi Aksum podshosi hukmronligi ostida edi. Aksum Rim imperiyasi, keyinchalik Vizantiya bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqalarda bо‘lgan. Habashistondagi rasmiy din- xristianlik shu davrda qabul qilingan edi. Arab xalifaligi VII asrda Aksumning Arabistondagi yerlarini tortib olib, keyinchalik uning Afrikadagi yerlariga ham xuruj qiladi. Davlatning parchalanishi, о‘zaro urushlar va tashqi dushmanlar hujumlari Aksumning X asrga kelib butunlay yо‘qolib ketishiga sabab bо‘ldi. Rivoyatlarga kо‘ra, Aksumning birinchi hukmdori Manelik podsho Sulaymonning Arabiston malikasidan tug‘ilgan о‘g‘li bо‘lgan. Bu Aksumning Arabiston bilan aloqalari qadimdan yaxshi bо‘lganini, sulolaning nomi tarixiy asosga ega ekanligini kо‘rsatadi. Efiopiya davlatining qayta tiklanishi XIII asrga, ya’ni imperiya taxtiga Solomon sulolasi chiqqan davrga tо‘g‘ri keladi. Bu sulolaning oxirgi vakili Xayle Selassiye 1974 yili taxtdan ag‘darilgan. Afrika qit’asining sharqiy sohillarida ham о‘rta asrlarda bir qancha shahar- davlatlar vujudga keldi. Ulardagi aholining kо‘pchilik qismi arab, hind, eron hunarmand va savdogarlari bо‘lgan. Bu shahar- davlatlar savdogarlari о‘z kemalarida Hind okeani bо‘ylab suzib Hindiston, Eron va boshqa davlatlar bilar savdo- sotiq qilardilar. Ularda yirik kemasozlik ustaxonalari bо‘lib, dengizchilik san’ati yuksak rivojlangandi. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling