Ellin misri
Download 93.93 Kb.
|
ELLIN MISRI
ELLIN MISRIBoshqa sharqdagi ellin davlatlari kabi Ptolemeylar podsholigi ham bir necha ming yillik madaniyat va qadimiy an’analar rivojlangan qadimgi sharq mamlakatlaridan birini bosib olish natijasida paydo bo’ldi. Ptolemeylar davlati ellin davlatlari ichida eng boyi va bepoyoni edi. Ptolemeylar sulolasi 100 yil davomida faol harakat qilib Misrni haqiqiy imperiyaga aylantirdilar. Uning yadrosini Misrning an’anaviy tarixiy chegaralari tashkil qildi. Ellin Misrining sharqiy chegaralari Ptolemey hukmdorlarning tashqi siyosati yutuqlari va mag’lubiyatlari bilan o’zgarib turdi. Er. avv. III asr boshlarida Ptolemeylar Misrdan tashqari Sharqiy o’rtayerdengizi qirg’og’ining barcha orollarini nazorat qildilar. Lekin Salavkiylar va Makedoniya bilan bir necha urushlar natijasida er. avv. II asr boshlarida bu hududlar Misrdan ajralib ketdi.
Misrda hukmronlik qilgan ellin sulolasining asoschisi Ptolemey Lag makedon zodagonini o’g’li, harbiy boshliq, Iskandarning safdoshi edi. U o’zi keksayib, o’z tabiiy o’limi bilan vafot qilgan Iskandarning yagona diadoxi edi. Antik mualliflar Ptolemey Lagni Soter (Qutqaruvchi) deb nomlaydilar, chunki u misr xalqini Iskandar tayinlagan noib Kleomen zulmidan ozod qilgan hisoblanadi.
Download 93.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling