Dictionary – tartiblanmagan, o’zgaruvchan va indeksil to’plam. Bu to’plamda kalit-qiymat keyvalue


Download 24.48 Kb.
bet1/5
Sana28.01.2023
Hajmi24.48 Kb.
#1135841
  1   2   3   4   5
Bog'liq
lug\'atlar


dictionary (lug’at)
Pythondagi lug`atlar kalit bo`yicha kirishga ruxsat etuvchi erkin obyektlarning tartiblangan jamlanmasi. Ularni yana assotsiativli massivlar yoki hesh jadvallar deb nomlaydilar. Soddaroq qilibaytadigan bo`lsak lug’at xuddi manzillar kitobiga o’xshaydi, ya’ni biror insonning ismini bilgan holda uning manzili yoki u bilan bo’g’lanish ma’lumotlarini olish mumkin.
Dictionary tartiblanmagan, o’zgaruvchan va indeksil to’plam. Bu to’plamda kalit-qiymat (keyvalue) tushunchasi mavjud, ya’ni maxsus kalit va ularga mos keluvchi qiymatlar juftlgidan tashkil topgan. Chap tarafda kalitlar, o’ng tomonda esa ularga mos keluvchi qiymatlar joylashgan bo’ladi.
Buni hoir dictionary to’plamini hosil qilib bilib olamiz. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
avto = {
"brend": "Chevrolet",
"model": "Malibu",
"yil": 2016
}
print(avto)

dict() konstruktori


dict() konstruktori bilan ham yangi to’plam hosil qilish mumkin. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
avto = dict(brend="chevrolet", model="Malibu", yil=2016)
print(avto)
Elementlarga murojaat
Dictionary elementlariga murojaat qilish uchun ularning kalitlarini kvadrat qavs ichida ko’rsatish yoki get() funksiyasidan foydalanish mumkin. Hozir ikkala usuldan ham foydalanamiz:
avto = {
"brend": "Chevrolet",
"model": "Malibu",
"yil": 2016
}
x = avto["model"]
y = avto.get("yil")
print(x)
print(y)

Qiymatlarni o’zgartirish


Istalgan qiymatni o’zgartirish uchun unga kalit orqali murojaat qilamiz, so’ngra qiymatini o’zgartiramiz. Masalan quyidagi avtomobil haqidagi ma’lumotda yilni o’zgartiramiz:
avto = {
"brend": "Chevrolet",
"model": "Malibu",
"yil": 2016
}

Download 24.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling