Emil Dyurkgeymning asarining eʼlon qilinishi sabablari Reja Kirish: Asosiy qism: Emil Dyurkgeymning sotsiologik qarashlari hamda sotsial faktlarining asosiy turlari


Download 174.28 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi174.28 Kb.
#1587086
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Emil Dyurkgeymning

Mexanik birdamlik

O rganik birdam lik

1) M orfologik (strukturaviy) asos

0 ‘xshashliklarga asoslangan (nisbatan rivojlanmagan jam iyatlarda ustunlikka ega) Bo‘g‘imli tur (a w a l urug‘chilik, so‘ngra esa hududiy asosda) Zaif o‘zaro bog‘liqlik (nisbatan zaif sotsial aloqalar) Aholining nisbatan kam miqdori. Nisbatan past moddiy va m a’naviy zichlik

Bo‘linishga asoslangan (nisbatan rivoj langan jamiyatlarda ustunlikka ega) Tashkillashtirilgan tur (bozorlaming qo‘shilishi va shaharlaming o‘sishi) Yuqori darajadagi o‘zaro bog‘liqlik (nisbatan kuchli sotsial aloqalar) Aholining nisbatan ko‘p miqdori Nisbatan yuqori moddiy va m a’naviy zichlik

2) me'yorlar turi (xuquqda aks etuvchi)

Repressiv sanksiya qoidalari Jinoiy xuquqning ustnnligi

Restitutiv sanksiya qoidalari Kooperativ xuquqning ustunligi (fuqarolik, tijorat, protsessual, ma’muriy va konstitutsion)

3 a) jam oaviy ongning rasmiy belgilari

Katta hajm Yuqori sur'at Yuqori darajadagi aniqlik Guruh hukmronligi mutlaq

Kichik hajm Past sur'at Past darajadagi aniqlik Individual tashabbuskorlik va refleksiya uchun ulkan kenglik

3 b) jamoaviy ong tarkibi

Dindorlikning yuqori darajasi Transsendentlik (inson manfaatlaridan ustunlik va e'tirozsizlik) Jamiyat va uning yaxlitlik sifatidagi manfaatlariga oliy qadriyat sifatida qarash Aniqlik va mukammal tabiatga egalik

О ‘sib boruvchi dknyoviylik Insonga yo‘naltirilganlik (inson manfaatlariga aloqadorlik va muhokama uchun ochiqlik) Individ qadr-qimmati, imkoniyatlar tengligi, mehnat axloqi va ijtimoiy adolatga oliy qadriyat sifatida qarash Mavhumlik va umumiy tabiat

Birdamlikni eng oliy axloqiy prinsip, oliy universal qadriyat sifatida o'rganar ekan Dyurkgeym mehnat taqsimotini ham m a’naviy jihat, deb hisoblagan. Biroq organik birdamlik ustun bo‘lgan jamiyat individualizmning gullab-yashnashiga sharoit yaratadi. Shu bilan birga, shaxs hurmat qilinadigan jamiyatda tabaqalarga ajralgan individlaming o‘zaro tinch-totuv yashashini ta’minlash uchun umumiy qadriyatlar zarur va jamoaviy ongga yetarli darajada nufuz va yetarli darajada keng mazmun baxsh etish lozim. Biroq shunga qaramay, organik birdamlik ustun bo‘lgan har qanday zamonaviy jamiyatning parchalanib ketish xavfi mavjud. Dyurkgeym, tabiiyki, ijtimoiy muammolar va nizolaming mavjudligini ko‘rgan. Biroq u buni holatlarni oddiygina jamiyatning asosiy sinflari o‘rtasidagi munosabatlaming yetarli darajada tartibga solinmaganligi sabab yuzaga kelgan me’yordan og‘ish, deb hisoblagan1. Shu nuqtayi nazardan Dyurkgeym ijtimoiy birdamlikning yangi organlari sifatida professional korporatsiyalar yaratish g‘oyasini rivojlantirgan. Uning fikriga ko‘ra, ular sotsial funksiyalaming keng doirasini amalga oshirishlari zarur - sotsial funksiyalardan m a’naviy-madaniy funksiyalarga qadar, odamlar orasidagi munosabatlami boshqaruvchi va shaxsning rivojlanishiga imkoniyat yaratuvchi yangi shakllami ishlab chiqish va hayotga joriy qilish zarur.


3. Ijtimoiy birdamlik muammosi E.Dyurkgeymning nazariyani aniq-sotsiologik tashkil etishni organik ravishda birlashtiruvchi “0 ‘z joniga qasd qilish”1 kabi yirik asarining markazida turadi. Dyurkgeym nima uchun tadqiqot sifatida aynan o‘z joniga qasd qilish muammosini tanladi? Birinchidan, ham nazariy, ham amaliy jihatdan ushbu muammo uning ijtimoiy birdamlik g‘oyasini ochib berishga xizmat qildi, aniqrog‘i, o‘z joniga qasd qilish kabi ijtimoiy hodisa asosida jamiyatning birdamligi va o‘zaro jipslashganligi muammosi tekshirildi. Ikkinchidan, hodisaning o‘zini u yoki bu darajada miqdoriy ifodalash mumkin. Uchinchidan, ob'ektiv ma’lumotlardan foydalanish imkonini beruvchi rasmiy ishonchli statistika mavjud. Ushbu o‘rinda sotsiologiyaga statistik metodlami olib kirishda sotsial ma’lumotlami qayta ishlashning matematik usullari yaratuvchisi Adolf Ketle (1796-1874) ekanlip ' eslatib o‘tamiz. 0 ‘z g‘oyalarini u 6‘Girling; “Sotsial fizika yoki >n qobiliyatlarining rivoji haqidagi tadqiqotlar tajribasi” asarir ^ y o n qilgan (1835). Ketle jamiyat haqidagi, faqatgina m a’lumotlar to ‘plash va ulami miqdoriy jihatdan tahlil qilish bilan cheklanmasdan, balki matematik ehtimollar tahlili yordamida statistik qonuniyatlarrii aniqlash bilan - shug‘ullanishi lozim bo‘lgan yangi fanni yaratish g'oyasini ilgari surdi. Shunday qilib, Ketle jinoyatlar turlari va jinoyatchining jinsi, kelib chiqishi, yoshi, yashash manzili o‘rtasidagi barqaror miqdoriy o‘zaro bog‘liqliklami ko‘rsatuvchi statistik dalillar asosida, jinoyatlaming muayyan miqdori va muayyan turlari tabiat qonunining zarurati sifatida jamiyatda mavjud bo‘ladi, degan xulosaga keldi. Ketlening 1831-yildagi ma’ruzasida yangragan “jamiyat jinoyatlami tayyorlaydi, jinoyatchi esa faqatgina uning qurolidir”, degan fikri л ; i . aforizmga aylangan. Ketlening fikriga ko‘ra, jamiyatni umuman ta’riflash muayyan bir shaxsning emas, balki “o‘rtacha insonning” ; • xususiyatlari yordamida amalga oshiriladi. “0 ‘rtacha inson” birligi ushbu millatning asosiy jismoniy va axloqiy xususiyatlarining 0‘rtacha statistik ko‘rsatkichini anglatadi. Ketle metodikasi va u tomonidan to‘plangan statistik m a’lumotlar ilmiy dunyoda juda yuqori . t baholanadi. Ketlening asari jamiyatshunoslikda deterministik qarashlaming mustahkamlanishiga imkon yaratdi va statistik va -aniq . sotsiologik tadqiqot usullarining rivojlanishini barqarorlashtirdi. Shunday qilib, Dyurkgeymning “0 ‘z joniga qasd qilish” asari muayyan nazariy-metodologik va empirik zaminga ega bo‘lgan. 0 ‘z joniga qasd qilish tushunchasini tahlil qilar ekan Djojrkgeym quyidagi ta’rifhi keltiradi: “o ‘z joniga qasd qilish deb, jabrlanuvchi uni kutayotgan natijalar haqida xabardor bo‘lgan holatda uning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan ijobiy yoki salbiy harakatning bevosita yoki bilvosita natijasi bo‘lgan har bir o‘lim holatiga aytiladi”. Statistik m a’lumotlar asosida u, o*z joniga qasd qilishlar egri chizig‘i tasodif emas, balki ma’lum qonuniyatga bo‘ysunadi, degan xulosaga keladi. Dyurkgeym yetarli darajada ishonchli ravishda o‘z joniga qasd qilish dalillarini psixologik, biologik, geografik izohlarining bir tomonlama va tocliq emasligini ko‘rsatib berdi va ulami jamiyat tuzilmasidagi o‘zgarishlar va ijtimoiy sharoitlardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda o‘rganadi, 0 ‘z joniga qasd qilishlaming shaxsiy tipologiyasini Dyurkgeym individual sabablardan keltirib chiqarmagan, chunki u ular shunchalik turli-tuman va ko‘pincha noma’lumki, ular sotsiologik qiymatga ega emas deb hisoblagan. Shu sababli u jamiyat tafakkurining individ va ijtimoiy guruhning o‘zaro munosabatlari tabiatini ifodalovchi o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqanDyurkgeymning fikriga ko‘ra o‘z joniga qasd qilishning birinchi turi individ va guruh o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalaming uzilishi bilan bogiiq. Dyurkgeym insonlar o‘zlari mansub bo‘lgan gumh bilan birga boMsa va ular bilan mehr orqali bog‘langan bo‘lsa, ular umumiy maqsadga erishish yo‘lida shaxsiy manfaatlaridan voz kechishga harakat qiladilar va o‘ta qit'iyat bilan yashash uchun harakat qiladilar, deb hisoblaydilar Bundan tashqari, Dyurkgeym sotsiologiyani qo‘shni sohalardan ajratadi. Lemert aytganidek, “u sotsiologiyani o‘zining faktlari bilan aniqlagani sababli, Dyurkgeym uni boshqa ilmiy fanlardan ajratadi” 7.K eyinchalik esa bu qarashini rivojlantirib, Dyurkgeym “sotsial fakt” atamasini bundanda keng m a’noda talqin etadi va uni o‘ziga xos tarzda “institut” termini bilan ifodalaydi va sotsiologiyani quyidagicha ta’riflaydi: Sotsiologiyani institutlar, ulaming genezisi va fimksionallashuvi to‘g‘risidagi fan sifatida olib qarash mumkin8


Download 174.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling