Emissiya hajmi $300 00 000 Yopish sanasi may 2026 y. Kupon


Download 52.04 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi52.04 Kb.
#1196884
Bog'liq
Презентация Microsoft Office PowerPoint2 (1)


Obligatsiyalar
Yevroobligatsiyalar
RegS/144A
Hozirgi narx
86.84% ▼
London fond birjasi
Emissiya sanasi
05 may 2021
Emissiya hajmi
$300 000 000
Yopish sanasi
4 may 2026 y.
Kupon
4.85%
Aksiyalar
Oddiy aksiyalar
Hozirgi narx
$6.47 - $7.28 USD
“Toshkent” Respublika fond birjasi
IPO rejalashtirilgan sana
15-Fevral 2022 y.
Aksiyalar hajmi
270 000 000 Dona
2021 yil 22 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yordamida "UzAuto Motors" AJ ilk bora 300mln. AQSh dollari miqdorida xalqaro obligatsiyalarining chiqarilishi va xalqaro investorlar bilan telekonferensiyalar o'tkazilishi haqida jahon moliya bozori ishtirokchilariga e'lon qildi.
Tashkillashtiruvchi bank-anderrayterlar Citi (AQSh), MUFG (Yaponiya), Natiksis (Fransiya) va Raiffeisen Bank Internationl (Avstriya) kabi xalqaro miqyosda yetakchi banklardan iborat.
"UzAuto Motors" AJ xalqaro obligatsiyalarni chiqarish maqsadida “S&P” va “Fitch” xalqaro reyting agentliklaridan “B+” (‘Barqaror’ kutilma bilan) bahosiga ega bo’ldi.
Shuningdek, joriy yilning 22-27 aprel kunlari xalqaro investorlar uchun telekonferensiya (Global Investor Call) oʼtkazish va “yakkama-yakka” (one-on-one) formatida telekonferensiyalar davom etishi rejalashtirilgan hamda mazkur tadbirlarda bir qator davlatlar xalqaro investorlarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Xalqaro investorlar qiziqishlari va moliya bozorlarining holatidan kelib chiqib, keyingi kunlarda buyurtmalar kitobi ochilishi va xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkasi belgilanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2018-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O’zsanoatqurilishbank” ATB, “O’zmilliybank” AJ va “Ipoteka Bank” ATIB tomonidan xalqaro obligatsiyalar chiqarilib, 2,65 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag’lar xorijiy investorlardan jalb qilingan.
Mazkur tranzaksiya O’zbekiston Respublikasi korporativ emitentlari orasida chiqarilayotgan birinchi xalqaro obligatsiya hisoblanadi.
UzAuto Motors kompaniyasi IPOni boshlaydi
Kompaniya aksiyalarining 1%idan 5%gacha bo‘lgan qismini fond birjasiga joylashtirish rejalashtirilgan.
Avvalroq “Spot” “UzAuto Motors” oddiy aksiyalari “Toshkent” fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritilgani haqida yozgandi.
Shuningdek, “UzAuto Motors” o‘zining birinchi ommaviy taklifi (IPO) uchun obuna kampaniyasini boshlagandi.
Investitsiya vositachisi sifatida avtomobil ishlab chiqaruvchisi “Freedom Broker” boshchiligidagi konsorsiumini jalb qilgan.
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish 1-dekabrdan boshlanib, 22-dekabrgacha davom etadi.
“UzAuto Motors” yagona aksiyadori 5000:1 formatidagi qimmatli qog’ozlarni birlashtirishni ma’qulladi.
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish 1-dekabrdan boshlanib, 22-dekabrgacha davom etadi.
“UzAuto Motors” yagona aksiyadori 5000:1 formatidagi qimmatli qog’ozlarni birlashtirishni ma’qulladi.
Endilikda konserning ustav kapitali nominal qiymati 5000 so‘m bo‘lgan 270 mln dona aksiyadan iborat.
Ulardan 2,7 mln.dan 13,5 mln.gacha aksiyalar kim oshdi savdosiga qo‘yiladi (avval xabar qilinganidek, 1−5%). Narx diapazonining quyi chegarasi 72 ming 510 so‘m, yuqori chegarasi 81 ming 573 so‘m.
Bundan tashqari, 2023-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchining xorijiy valyutada IPO’si rejalashtirilgan.
Kompaniya tushumlarni ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va boshqa rivojlanish loyihalariga sarflaydi.
“UzAuto Motors” birjaga 2020-yilda kirishni rejalashtirgandi. Bu O‘zbekistondagi uchinchi IPO bo‘ladi. 2018-yilda “Kvars” shisha zavodi, 2019−2020-yillarda esa Jizzah Plastmassa plastmassa ishlab chiqaruvchisi birjaga chiqdi.
Avvalroq “Spot” joriy yilning uchinchi choragida “UzAuto Motors” kompaniyasining sof tushumi 26,5 trln so‘mni tashkil etgani haqida yozgandi.
Download 52.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling