Emotsional hodisalar nazariyasi
U.Djems,G.Langening periferik nazariyasi
Download 29.61 Kb.
|
Emotsional hodias Word
U.Djems,G.Langening periferik nazariyasi
Amerikalik psixolog U.Djems (1884) emotsiyaning periferik nazariyasiga asos solgan. Bu nazariya emotsiyalarning ma’lum fiziologik reaktsiyalarga bog’liqligiga asoslanadi.U quyidagicha yozadi:”Biz xafa bo’lamiz va yig’laymiz. Oldimizdan ayiq chiqib qolsa, qo’rqib ketamiz va qochamiz. Dushmanimiz tomonidan jahlimiz chiqarilsa, uni uramiz”. Daniyalik patalogoanatom K.G.Lange 1895 yilda xuddi shunga o’xshash fikrlar ifoda etilgan asarini nashr etdi. Uning fikricha, xursandchilik 2 hodisaning natijasidir: ya’ni motor inervatsiyaning kuchayishi va qon tomirlarining kengayishi bilan bog’liq. Lange o’z nazariyasini quyidagi sxemaga kiritadi: Harakat innervatsiyasining sustligi + qon tomirlarining torayishi =xafagarchilik; Harakat innervatsiyasining sustligi + qon tomirlarining torayishi +organik muskullarning titrashi = qo’rquv; Harakat innervatsiyasining kuchayishi + Qon tomirlarining kengayishi +organik muskullarning titrashi + koordinatsiyaning buzilishi = g’azab; Djems-lange nazariyasi bo’yicha emotsiyalar quyidagicha vujudga keladi: Qo’zg’atuvchi– fiziologik o’zgarishlar vujudga kelishi – bu o’zgarishlar haqida miyaga signallar borishi –emotsiya. Djems-Lange nazariyasini keyinchalik G.Myunsterberg davom ettirgan. Uning ta’kidlashicha, his qilish bu shaxsning olingan tasavvurga reaktsiyasidir. O’qituvchi bola psixikasiga passiv kuzatuvchi sifatida emas, balki faol o’rgatuvchi, ta’lim beruvchi shaxs sifatida ta’sir qilishi mumkin. M.: bola yoqimsiz baliq yog’ini iste’mol qilayotganda, ko’zlarini katta-katta ochib, bu shirin narsa deb tasavur etib , iste’mol qilsa yoqimsiz narsa yoqimliday, achchiq narsa ham shirinday tuyulishi mumkin. Djems-lange nazaryasining kamchiligi. Emotsiya paydo bo’lishining tabiiy emasligidir. Xafa bo’lish uchun nima uchun sabasiz yig’lash, xursand bo’lish uchun nima uchun kulish kerak. Nima uchun artistday rolь bajarish kerak? Download 29.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling