Emotsionallikning inson hayoti faoliyatiga ta’siri. Idoraviy boshqaruv va inson shaxsining shakllanishi


Download 15.11 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi15.11 Kb.
#1279210
Bog'liq
Emotsionallikning inson hayoti faoliyatiga ta


Emotsionallikning inson hayoti faoliyatiga ta’siri. Idoraviy boshqaruv va inson shaxsining shakllanishi
Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning o‘ziga xos ko‘rinish sifatida faqat emotsional shaklda vujudga keladi. Shu o‘rinda hissiyot o‘zicha emas, balki bilishga intilayotgan, uni egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida alohida xossasi, xususiyati ma’nosida gavdalanadi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ko‘rish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli hissiyot muhim ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, 54 ish joyi, transport vositalarining rangi taassurotidan vujudga kelgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiyot mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq munosabatlar, muomala, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi. Emotsiya. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki, qisqacha aytganda, emotsiya hissiy kechinmalarning o‘ziga xos shakllaridan biri. Emotsiya u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iborat. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa, g‘azabli hissiy kechinma hosil bo‘lishi ijobiy yoxud salbiy emotsiya deyiladi.

Insonlardagi ruhiy holatlarda emotsiyaning yuzaga kelishi.


His-tuyg'ularning kechishi subyekt alohida his etayotgan psixik holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunish, biron-bir narsa to'g'risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birgalikda ro'y beradi. Ana shu hollarning barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida emotsional holati haqida gapiriladi. Shu bilan birga, his-tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega boigan joriy va o'zgarib turadigan psixik jarayondir. His-tuyg'uni boshdan kechirishning turli shakllari' — 'emotsiya, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) ehtiros va nihoyat, tor ma'nodagi his-tuyg'ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi. Bilishning jonli manbai bo'lib, odamlar o'rtasidagi murakkab va ko'p qirrali munosabatlarning ifodasi hisoblanadi. Kishi uchun subyektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari qondirilish jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo'ladi.
Download 15.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling