Emotsiya haqida tushuncha


His-tuyg`ular emotsiyalarga nisbatan aks ettirishning murakkab shakli bo`lib, u faqat insonlarga xosdir


Download 0.6 Mb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1755446
1   2   3   4
Bog'liq
Emotsiya va his tuyg\'ular

His-tuyg`ular emotsiyalarga nisbatan aks ettirishning murakkab shakli bo`lib, u faqat insonlarga xosdir.

  • His-tuyg`ular emotsiyalarga nisbatan aks ettirishning murakkab shakli bo`lib, u faqat insonlarga xosdir.

VEGETATIV TIZIM

  • Emotsiyalar inson organizmi vegetativ tizimi faoliyati bilan ham bog`lanadi: yurak qisqarishlari tezligi, qon bosimining o`zgarishi, qon tomirlarining kengayishi yoki torayishi bilan va boshqalar.

QO`ZG`ALISHLAR

  • Hissiyot olamda sodir bo`layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi. Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun xotirjamlik haqidagi signalga aylanadi.
  • Hissiyotlarning boshqaruvchanlik funktsiyasi shunda namoyon bo`ladiki, barqaror kechinmalar bizning xulqimizni yo`naltiradi va qarama-qarshiliklarni engishga undaydi.
  • Emotsiyalarni boshqaruvchi mexanizmi kuchli emotsional qo`zg`alishni kamaytiradi. Odamlarning hayotida bo`ladigan qayg`u, kulfat kabi psixik holatlar xaflidir. Odam ularni boshqarishi lozim.
  • Yuqorida bayon etib o`tilganidek hissiyotlarini ifodalanishi ma’lum sinallar vazifasini o`taydi.
  • Hissiyot 3 turga bo`linadi: 1) axloqiy hislar; 2) intellektual hislar; 3) estetik hislar.
  • Axloqiy hislar - shaxsning, odamlarning va o`zini xulq - atvoriga emotsional munosabatida ifodalanadi. Shaxs bu hislarni kechirar ekan, ijtimoiy axloqiy printsiplari va normalariga asoslanib, boshqa odamlarning xatti-harakatlariga yoki psixik xususiyatlariga ham e’tibor beradi, namoyon etadi.
  • Intellektual hislar aqliy faoliyat jarayonida hosil bo`ladigan kechinmalarga aytiladi. Ushbu hislar haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Intellektual hislarga ajablanishini kiritish mumkin.
  • Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmagan hayratda qoldiradigan narsaga qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga intilishdir. Ajablanish odamning bilish bilan bog`liq faoliyatini yuzaga keltirishga undovchi omillardan biridir.
  • Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmagan hayratda qoldiradigan narsaga qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga intilishdir. Ajablanish odamning bilish bilan bog`liq faoliyatini yuzaga keltirishga undovchi omillardan biridir.
  • . Bunday jarayonlar simpatik va parasimpatik nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
  • Hissiyotlarni o`rganish uchta yo`nalishi bo`yicha amalga oshiriladi.
  • anglanmagan holda namoyon bo`luvchi asab tizimi, endokrin, ovqat xazm qilish va boshqa tizimlardagi o`zgarishlar bilan bog`liq jarayonlarni;
  • anglangan sezgilar bilan bog`liq jarayonlarni.
  • yuz ifodasi, imo-ishora va hatti -harakatlarda namoyon bo`luvchi hissiyotlar yig`indisini o`rganish.
  • Hissiyotlar o`zining kuchi, davomiyligi, sifati va mazmuniga ko`ra ham farq qilishi mumkin. Hissiyotlarni eksperimental yo`l bilan o`rganganda har bir kishining hissiy holatlari haqidagi nutqiy tavsiflaridan va vegetativ xususiyatlarni turli usullar yordamida yozib olishdan foydalanish mumkin.
  • Hissiy holatlarning ifodalanishi (ekspressiv tomoni)ni o`rganishning qulayligi, tarixiy xujjatlar, kinoxronika lentalari, fotosurat va boshqalardan ham foydalanish mumkin. ekspressiya deganda, insonning jismoniy va ruhiy holatlarining tashqi namoyon bo`lishi harakati-mimika, tananing ifodali harakati -poza, qo`lning ifodali harakati imo-ishora (jest) ularning barchasi umumlashtirib, pantomimika deb ataladi. Insonning ruhiy holati haqida eng ko`p axborotni mimika beradi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling