Insonning pantomimik harakatlari yosh va individual xususiyatlariga bog`liq holda namoyon bo`ladi. - Insonning pantomimik harakatlari yosh va individual xususiyatlariga bog`liq holda namoyon bo`ladi.
- Pantomimik harakatlar ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Ixtiyoriy pantomimika ixtiyorsiz harakatlar asosida, sub`ektning hayotiy tajribasi natijasi sifatida rivojlanadi. Ixtiyorsiz pantomimik harakatlar shaxsning ruxiy holati haqida ko`proq axborot berishi mumkin.
G.DE-SYUPERVILA - G.de-Syupervil inson turli kechinmalar holatida yuzida bo`ladigan ifodalarni sxematik tarzda ko`rsatib berishga harakat qilgan. Bu chizma ko`z, burun, og`iz, holatlarining o`zgarishi bilan tushuntiriladi.
EMOTSIONAL HOLATLAR - Emotsional holatlarning ifodalanishini o`rganish uchun quyidagi tajribadan foydalanish mumkin. Buning uchun insonning turli ruhiy holatlari aks etgan 15-20 ta fotosurat kerak bo`ladi.
Uning orqasiga inson qanday hisni kechirayotganligi yozib quyiladi. SHu bilan birga bir xil uzunlikdagi turli kinosyujetlardan ham foydalanish mumkin. - Uning orqasiga inson qanday hisni kechirayotganligi yozib quyiladi. SHu bilan birga bir xil uzunlikdagi turli kinosyujetlardan ham foydalanish mumkin.
- Tajribaning birinchi qismida tekshiriluvchilar fotosuratga qarab-ixtiyoriy his-tuyg`ularni baholaydilar. Ikkinchisida esa kinosyujetdagi ixtiyorsiz kechinmalarni ta`riflaydilar.
- Har ikki tajriba natijalarini taqqoslash orqali hissiyotlarning ifodalanishidagi umumiy va farq qiluvchi tomonlarni aniqlash mumkin.
- Anglangan his-tuyg`ular haqidagi ma`lumotni olish uchun o`zining hissiy holatlari haqida hisobot berish metodidan foydalanish mumkin. Bu metod hissiyotlarni paydo bo`lish sababi, sub`ekt tomonidan o`z ruhiy holatlarini idrok qilish xususiyati, hukmron hislar, psixik faoliyatda biror buzilishni his qilish yoki qilmasligi kabi holatlarni aniqlash imkonini beradi.
- Bu metodning afzalligi tekshiriluvchi o`zi lozim deb topgan barcha ma`lumotlarni etkazadi, kamchiligi esa hissiyotlarni o`lchash imkoniyati mavjud emas. SHunday paytda avvaldan belgilangan maxsus shkalalardan foydalanish maqsadiga muvofiq bo`ladi.
- Emotsional holatlar shkalasi quyidagicha:
- Kuchli salbiy holatlar - kuchli qoniqmaslik, nafrat, afsuslanish, dahshatga tushish.
- Kuchsiz salbiy holatlar - kuchsiz norozilik, qayg`urish, xafa bo`lish, xavotirlanish, qo`rquv.
- Neytral holatlar: xotirjamlik, ishonchlilik.
- Kuchsiz ijobiy holatlar: kuchsiz zavqlanish, qoniqish hissi,
- Kuchli hissiy holatlar-kuchli suratdagi qoniqish, quvonch, shodlanish.
- Tekshiriluvchi u yoki bu hisni qanchalik chuqur yoki kuchli his qilsa unga shunchalik yuqori ball qo`yish mumkin. Hissiy holatlarni laboratoriya sharoitida turli vegetativ sistemalar faoliyatini o`rganish orqali ham aniqlash mumkin. elektroentsofalogramma, elektrokardiogramma va boshqa usullardan foydanish juda katta natijalar olish imkonini beradi.
- Insonni xatti-harkati va manaviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega.
- Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo`ladi.
- Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko`ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo`llab-quvvatlash mumkin.
- Motivatsiya- odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo`lib, xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yo`nalganlik, tashkilotchilik, qo`llab-quvvatlash kiradi.
- Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini subnosini anglatib, kishining tevarak atrofdagi odamlarga yoki obektning ma tug`ilgan yo`l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qatlum yo`lga yo`naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir.
- Ehtiyoj - jonli mavjudodning hayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |