1
Mavzu: KUCHLI ZILZILA OQIBATIDA JABRLANGANLARGA
BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH
Mashg‘ulot maqsadi – tinglovchilarga zilzila oqibatida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan turli holatlar, tan jarohatlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari,
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi, jabrlanganlarni
vayrona hududidan olib
chiqish usullari haqida tushuncha berish va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha
malakalarini oshirish.
Vaqti – 2 soat.
Mashg‘ulot uslubi – nazariy.
Mashg‘ulot o‘tish shakli – masofaviy.
O‘quv savollari va vaqt taqsimoti:
I.
Kirish
5 daqiqa
II.
Asosiy qism
70 daqiqa
1.
Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholiga
birinchi birinchi yordam ko‘rsatish qoida
va talablari
20 daqiqa
2.
Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholiga
birinchi birinchi yordam ko‘rsatish tartibi
30 daqiqa
3.
Jabrlanganlarni vayrona hududidan olib chiqish usullari
20 daqiqa
III. Yakuniy qism
5 daqiqa
I. KIRISH
Kuchli zilzilalar oqibatida aholi o‘rtasida turli xil holatlar va tan jarohatlari
kuzatiladi. Bunday holatlarda ularga shoshilinch ravishda birinchi yordam ko‘rsatish
lozim bo‘ladi. Jabrlanganlarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri yordam ko‘rsatish
ularning
holatlari og‘irlashib ketishining oldini olishga, hayotini saqlab qolishga imkon beradi.
Zizila bilan bog‘liq favqulodda vaziyat sharoitida birinchi yordam ko‘rsatish
jabrlanuvchining yaqinida bo‘lgan har qanday odam tomonidan, qo‘l
ostidagi
vositalar yoki cheklangan tibbiy vositalar yordamida ko‘rsatiladi.
Shuning uchun har bir kishi shikastlovchi manbani aniqlash,
bartaraf etish,
birinchi yordam ko‘rsatish, jabrlanuvchini vayrona hududidan olib chiqib ketish
bo‘yicha ma’lum darajada malakaga ega bo‘lishi lozim.