Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi
Jabrlanganlarni tibbiy muassasalarga evakuatsiya
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1.9 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-o‘quv savoli. Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholiga birinchi birinchi yordam ko‘rsatish tartibi
- Bosh suyagi va miyaning shikastlanishi.
Jabrlanganlarni tibbiy muassasalarga evakuatsiya
qilish jarayoni Tibbiy evakuatsiya bosqichida bajariladigan vazifalar shart-sharoitlarga qarab, har xil bo‘lishi mumkin. Bunda har bir bosqich uchun boshqaruv, apteka, laboratoriya, ta’minot bo‘linmalari tashkil etilishi mumkin. 2-o‘quv savoli. Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholiga birinchi birinchi yordam ko‘rsatish tartibi Zilzila oqibatida ko‘plab insonlar turli darajada shikastlanishlar oladi. Bunda zilzila kuchiga qarab shikastlanish turi ham har xil bo‘ladi. Zilzila natijasida olinadigan shikastlar shikastlovchi omilning ta’sir qilish tezligiga, kuchiga, davomiyligiga, ta’sir qilish joyiga va jabrlanuvchining yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Jarohat mexanizmiga qarab shikastlarning quyidagi turlari kuzatilishi mumkin: zarbali, kompression va aralash. Zarbali shikastlanish ta’sirida har xil darajadagi – miya chayqalishidan tortib, bosh miyaning og‘ir jarohatlanishigacha bo‘lgan holatlar kuzatilishi mumkin.Bunday holatlarda jabrlanuvchi es-hushini va hatto xotirasini yo‘qotishi,zarba tekkan joyda yumshoq to‘qimalarning shikastlanishi, har xil sinishlar ham aniqlanishi mumkin. 5 Kompression (bosib qolish) mexanizm ta’sirida (bino, qurilish bo‘laklari va boshqa jihozlarning bosib qolishi) jarohatlovchi kuch katta bo‘lmaydi. Bunda suyaklarning sinishi va deformatsiyalanishi kam hollarda kuzatiladi. Aralash mexanizmli shikastlanishda esa tayanch-harakat a’zolari, bosh suyagi, miya to‘qimasining jarohatlanishi, tana to‘qimalarining yuk ta’sirida ezilishi birgalikda keladi. Bosh suyagi va miyaning shikastlanishi. Bosh suyagining jarohati kommotsion-kontuzion sindrom ko‘rinishida organizmning o‘ziga xos xususiyati bilan xarakterlanadi. Bosh suyagining jarohati yumshoq to‘qimalarda gematomalarning paydo bo‘lishi, ular butunligining buzilishi (yorilishlar), bosh suyagining sinishi hamda miya shikast- lanishlari bilan kechadi. Bosh suyagining shikastlanishi ochiq va yopiq xarakterda bo‘lishi mumkin. Bosh sohasining yopiq shikastlanishida yumshoq to‘qimalarning anatomik butunligi buzilmaydi. Teri osti tomirlarining shikastlanishi tufayli gematoma hosil bo‘ladi va bosh sohasida turli o‘lchamli shish (g‘urra) paydo bo‘ladi. Shikastlangan soha og‘riq, qizarish, keyinchalik esa ko‘karish kuzatilishi mumkin. Ochiq shikastlanish holatlarida esa to‘qimalar anatomik butunligi buzilishi tufayli jarohatlar paydo bo‘ladi va jarohatlarga xos bo‘lgan belgilar kuzatiladi. Bosh suyagi shikastlanishida 8–15% holatlarda bosh miya funksiyasining buzilishlari qayd etiladi. Yopiq shikastlanishlar ochiq shikastlanishlarga qaraganda 3 marta ko‘proq uchraydi. Zilzila natijasida yuzaga kelgan bosh jarohatlarida jarohat darajasi har xil bo‘lgani holda yaralar uchramaydi. Yiringli yaralarning mavjudligi jarohatning eskiligidan dalolat beradi. Odatda zilzila oqibatida olingan bosh jarohatlarida bosh suyagi aponevrozining jarohati, teri va teri osti qavati jarohatlariga qaraganda ko‘proq ochilib turadi. Jarohatdan oqayotgan qon hajmi bosh suyaklarining shikastlangan yoki shikastlanmaganligidan dalolat berishi mumkin. Chunki bosh suyaklari shikastlanganda miya tomirlari va qavatlaridan qon ko‘p ketadi. Zilzila oqibatida olingan bosh jarohatida orqa miya suyuqligi yoki miya to‘qimasi bo‘laklari bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda ko‘z qovog‘ining «ko‘zoynak» ko‘rinishidagi qontalashuvi kuzatiladi. Bu bosh suyagi asosi oldingi sohasining sinishidan darak beradi. Quloqlardanqon ketishi esa bosh suyagi asosi o‘rta qismining singanligini ko‘rsatadi. Bosh miya shikastlanishining uchta asosiy turi farqlanadi: miya chayqalishi, lat yeyishi va ezilishi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling