Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi
-o‘quv savoli. Jabrlanganlarni vayrona hududidan olib chiqish usullari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1.9 (1)
3-o‘quv savoli. Jabrlanganlarni vayrona hududidan olib chiqish usullari
Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda ko‘plik vayronalar tagida yoki vayronalar elementlari xavfi ostida qoladi. Bunday sharoitda shikastlanganlarni vayrona hududidan olib chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu ishda qutqaruvchilardan tashqari aholi ham faol ishtirok etishi kerak. Shuning uchun jabrlanuvchilarni vayronalar hududidan olib chiqish usullari bilan barcha tanish bo‘lishlari kerak. Zambil yordamida jabrlanuvchilarni tashiganda quyidagi qoidalarga amal qiling: 1. Jabrlanuvchini zambilga yotqizishdan oldin uning yaralanish yoki jabrlanish xarakterini hisobga oling. Chunonchi, umurtqa pog‘onasi singanda zambilga faner yoki taxta qo‘yilib, shundan keyingina jabrlangan kishi yotqiziladi. 10 2. Jabrlanuvchi qusganda yoki qusish ehtimoli bo‘lganda yoki pastki jag‘i shikastlanganda uni yuz tuban yotqizing. Bunda jabrlanuvchinig bukilgan tirsagi tagiga palto, kostyum yoki yostiq qo‘yib boshini bir tomonga burib qo‘ying. 3. Tos suyagi singan jabrlanuvchini chalqancha yotqizing, oyog‘ini bukib tagiga kiyim, adyol yoki boshqa qo‘l ostida bo‘lgan vositalarni bolish qilib qo‘ying. 4. Ko‘krak qafasi jarohatlangan jabrlanuvchini suyab o‘tqizib qo‘ying. 5. Tekis joyda va balandlikka chiqishda jabrlanuvchining boshi old tomonda, pastlikka tushishda esa orqa tomonda bo‘lishini ta’minlang. Har ikkala holatda ham zambilning bir tomonini bir oz ko‘tarib jabrlanuvchining gorizontal holatda bo‘lishiga harakat qiling. 6. To‘siq, ariq, transheya, yoriqlar va boshqa to‘siqlardan o‘tishda quyidagi qoidaga amal qiling: zambilchilar zambilning ikkala tomoniga o‘tib turishlari, zambil dastagidan tutishlari, zambilni ehtiyotlik bilan ko‘tarishlari va uning old tomonini to‘siqqa qo‘yishlari kerak. Shundan keyin bir kishi zambilning orqa uchidan tutib turadi, ikkinchisi esa to‘siqdan o‘tadi va zambilni qabul qilib oladi. Keyin uni birgalikda to‘siq tepasidan olib o‘tishib zambilning oyoq tomonini to‘siq ustiga qo‘yishadi. Shundan so‘ng ikkinchi zambilchi to‘siqdan o‘tadi, zambilni o‘zi ko‘targan tomonidan tutadi va ikkalasi yurishni davom ettirishadi. 2-rasm Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling