Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1.9 (1)
Miyaning ezilishi. Miya ezilishi bosh suyagi ichidagi tomirlardan qon ketishi
yoki suyaklar sinishi natijasida ro‘y beradi. Qon to‘planishi (gematoma) miya qattiq po‘stlog‘i ustida (epidural gematoma) hamda miya to‘qimasi ichida (miya ichi gematomasi) hosil bo‘ladi. Miya ezilishining ilk belgilari: es-hushning yo‘qolmasdan tormozlanishi, bosh og‘rishi hisoblanadi. Ko‘z qorachig‘ining qon quyilgan tomonda kengayishi kuzatiladi. Keyinchalik esa bemorning tashqi muhitga reaksiyasi yo‘qoladi, hushidan ketadi, tomir urishidaqiqasiga 40-50 martagacha sekinlashadi. Nafas olish yomonlashadi, shovqinli va notekis bo‘lib qoladi. Miya ezilishi bosh miyaga qon ketishi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa uning belgilari birdaniga yuzaga chiqmasligi mumkin. Shuning uchun ham jabrlanuvchilarshifokorlar nazoratiga topshiriladi. Bosh suyagi va miya jarohatlarida birinchi yordam osoyishtalikni ta’minlash, bosh sohasining harakatsizligini ta’minlash, nafas olishni yaxshilash, ya’ni hayot uchun xavfli bo‘lgan holatlarning oldini olishdan iborat bo‘ladi. Bosh miyaning yopiq jarohatlarini davolash bemorga mutlaq osoyishtalik yaratishdan boshlanishi kerak. Ularni transportirovka qilish boshi bir oz ko‘tarilgan, yotgan holda bajarilishi lozim. Bemor hushsiz bo‘lganligi tufayli, qusuqning nafas yo‘liga tiqilishi, til ketib qolishiga qarshi choralar ko‘riladi. Ba’zan transportirovka qilishda kislorod bilan nafas oldirish va yurak-tomir vositalaridan berish lozim bo‘ladi. Og‘ir bemorni transportirovka qilishda maxsus taxta, zambil yoki g‘ildirakli zambil ishlatiladi. Bemor solingan zambil ikki yoki to‘rt kishi yordamida 7 chayqatmasdan ko‘tariladi. Jabrlanuvchilarni yuqori qavatlarga ko‘tarishda uning boshi old tomonda va oyoq tomonini gorizontal holda bo‘lishi lozim. Bemorni zambildan to‘shakka o‘tkazishda zambilni karavot sathida ushlash va 3 kishi zambil bilan karavot orasida bemorga qaragan holda turishi lozim. Bunda bir kishi bemor boshi va ko‘kragini, ikkinchi kishi beli va sonini, uchinchisi esa boldirini ushlashi kerak. Zilzilalarda bosh suyagi va miya shikastlanishlari bilan bir qatorda bel suyaklarining, jumladan, umurtqa pog‘onasi, yuz suyaklari (yuqori va pastki jag‘ suyaklari, burun suyaklarining) sinishilari ham kuzatilishi mumkin. Bu shikastlanishlar bosh va yuz sohasining hamda tananing boshqa qismlari yumshoq to‘qimalarining ham jarohatlanishi bilan kechadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling