Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1516210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1.9 (1)

Uzoq ezilish sindromi. Uzoq ezilish sindromi ko‘plab yumshoq 
to‘qimalarning uzoq vaqt yuk ta’sirida ezilishi natijasida kelib chiqadi. Uning 
umumiy va mahalliy belgilari mavjud. Umumiy belgilar shok, o‘tkir buyrak 
yetishmovchiligi va mioglobinuriyadan (siydik orqali mioglobulin moddasining 
chiqishi) iborat. 
Uzoq ezilish sindromi, zilzila va binolar qulashi paytida uchraydi. Masalan, 
Ashxoboddagi yer qimirlashi paytida shikastlanganlarning 3,5% da bu sindrom 
kuzatilgan. Xirosimadagi atom bombasi portlashi oqibatida esa 20% kishilarda bu 
holat aniqlangan. 
Uzoq ezilish sindromi uch davrda kechadi: erta, o‘rta va kech davrlar. 
Erta davrda (2–3 kun davom etadi) bosib turgan og‘irlikdan xalos etilganlarda 
umumiy va mahalliy belgilar erta (bir necha o‘n minut yoki bir necha soat o‘tgach) 
ko‘zga tashlanadi. Mahalliy belgilar ezilgan joyning tez shishishi, terining ko‘karishi 
va sovishi bilan namoyon bo‘ladi. Keyinchalik esa terida pufakchalar hosil bo‘lib, 
pufak ichida qontalashgan suyuqlik paydo bo‘ladi. Ana shu davrda rivojlana 
boshlaydigan gemodinamik o‘zgarishlar (qon bosimining pasayishi, yurak 
urishining tezlashuvi va b.) boshlang‘ich davr uchun xos bo‘lgan umumiy 
belgilardir. Uzoq vaqt davomida ezilib yotgan odam (1–2 sutka), ko‘pincha, qutqarib 
olinganidan so‘ng bir necha soat ichida hayotdan ko‘z yumadi. 
Ba’zan bitta oyoq yoki qo‘l bosilib qolishi mumkin. Qutqarib olingandan 
so‘ng qo‘l yoki oyoq oqargan, sovugan, barmoq uchlari ko‘kargan bo‘ladi. Suyaklar, 
ko‘pincha, zararlanmaydi. Sezish hissi yo‘qoladi. Tomir urishi aniqlanmaydi. Bir 
necha kun ichida ezilgan qo‘l va oyoqlar shishib, ikki-uch barobar kattalashib ketadi. 
Ikkinchi o‘rta davr (3 kundan 10–12 kungacha). Bunda ko‘z oqining 
sarg‘ayishi, tomir urishining tezlashuvi, qon bosimining tobora pasayishi, plazma 
yo‘qotilishi, qonning quyulishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari 
kuzatiladi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi dastlabki soat va kunlardan kuzatilib, bu 
vaqt mioglobulinuriya tufayli siydik qo‘ng‘ir rangga kiradi. Keyinchalik buyrakning 
siydik chiqarish faoliyati buzilib, qonda azot miqdori oshib ketadi. 
Bu davrda ham bemor darmoni quriydi, qusadi, og‘ir hollarda 3– 7 -
kungakelib hushdan ketadi. Og‘ir zaharlanish oqibatida kelib chiqadigan yurak 
yetishmovchiligi o‘limga sabab bo‘ladi. 



Uchinchi kechki davr. Kasallik unchalik og‘ir kechmaganida ikkinchi hafta 
oxiridan to 3 oygacha davom etadi. Bunda buyrakfaoliyati asta-sekinlik bilan 
tiklanib, siydikda silindr, oqsil, eritrotsitlar yo‘qolib boradi. 
Yumshoq to‘qimalarning ezilish hajmi va davomiyligiga qarab bu 
sindromning yengil, o‘rtacha og‘irlikdagi, og‘ir va o‘ta og‘ir darajalari yoki kechish 
turlari farqlanadi. 
Yengil darajasi yoki turi yumshoq to‘qimalar kam muddat (4 soatgacha) 
davomida og‘irlik ostida ezilgan holatlarda kuzatildi: bunda buyrak faoliyati bir oz 
buzilib, bir necha kun ichida bemor sog‘ayib ketadi. 
O‘rtacha og‘irlik darajasi yoki turida yumshoq to‘qimalar og‘irlik ostida 6 
soatgacha qolib ketganda kuzatilib, bir necha kun mobaynida siydik mioglobin 
hisobiga rangi o‘zgaradi. Bemor kamharakat bo‘lib qoladi, ko‘ngli ayniydi, 
zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi, qon zardobida mochevina va kreatinin miqdori 
oshadi. 
Og‘ir darajasi yoki turida (yuk ostida 6–8 soat qolib ketganda) shok hamda 
o‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, hushdan ketish 
kuzatiladi. siydikda oqsillar, xilma-xil silindrlar miqdori oshib ketadi. Qonda esa 
azot miqdori ko‘tariladi. Buyrak mutlaqo siydik ajratmay qo‘yadi. 
O‘ta og‘ir darajasi yoki turi 6–8 soatdan ziyodroq yuk ostida qolib ketganda 
kuzatilib, kuchli shok, qonda azot miqdorining ko‘tarilishi, buyrak siydik ajratmay 
qo‘yishi bilan xarakterlanadi. Jabrlanganlar bir-ikki kun ichida o‘ladilar. 
Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatiladi. 
Ezilgan soha bosib turuvchi yukdan xalos etilmasdan turib yoki xalos etilgandan 
zahoti shikastlangan sohadan yuqoriroqqa jgut qo‘yiladi. Ezilgan soha bog‘lov 
materiallari bilan qattiq bog‘lanadi va harakatsizligi ta’minlanadi. Shikastlangan 
soha iloji boricha sovitiladi. Zudlik bilan transportirovka qilinadi. 
Zilziladan so‘ng talafot ko‘rganlarning 1/3 qismida ezilish sindromining og‘ir 
turlarini uchratish mumkin. Bunda shikastlanganlarning 1/3 qismida bu sindromning 
namoyon bo‘lishi minimal bo‘ladi. 
Armanistondagi zilzila paytida kuzatilgan uzoq ezilish holatlari odatdagi ana 
shunday hollardan farq qilmadi. Birinchi kunlardayoq jabr ko‘rganlarda ezilgan 
to‘qimalar va autoliz mahsulotlari qonga so‘rilishi natijasida organizmning 
jarohatdan keyingi zaharlanish belgilari yuzaga keldi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling