Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1.9 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi yordam
II. ASOSIY QISM 1-o‘quv savoli. Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholiga birinchi birinchi yordam ko‘rsatish qoida va talablari Tibbiy yordamning bir necha turlari mavjud bo‘lib, tibbiy yordam deganda o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish, ma’lum malakaga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari tomonidan davolash evakuatsiya jarayonida hamda tibbiy muassalarda 2 tibbiy vositalar yordamida olib boriladigan davolash-profilaktik tadbirlar majmui tushuniladi. Birinchi yordam - bu shikastlanish joyida yoki uning atrofida, o‘z-o‘ziga va o‘zgalarga, shuningdek, avariya-qutqaruv ishlari ishtirokchilari (yoki tibbiyot xodimlari)tomonidan cheklangan tibbiy vositalar yoki qo‘l ostidagi vositalar yordamida ko‘rsatiladigan oddiy tibbiy amaliyotlar hisoblanadi. Birinchi yordamning maqsadi shikastlovchi omillarning ta’sirini bartaraf etish, jarohatlanganning hayotini saqlab qolish, og‘ir asoratlar rivojlanishining oldini olish yoki kamaytirishdan iborat bo‘lib, birinchiyordam uchun eng maqbul davr jarohatdan keyingi 5-30 daqiqalar hisoblanadi. Birinchi yordam quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - yonayotgan yoki kuyayotgan kiyimlarni o‘chirish; - yuqori nafas yo‘llarini shilimshiq, qon, tuproq va boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan begona narsalardan ozod qilish orqali asfiksiyani bartaraf etish, tanani qulay tarzda joylashtirish (til ketib qolganda, qusishda, burundan qon ketganda); - “og‘izdan og‘izga” yoki “og‘izdan burunga” usulida sun’iy nafas berish; - tashqi qon ketishida barcha mavjud usullar bilan vaqtincha to‘xtatish: jgut qo‘yish, tomirni barmoq bilan bosish,bosib turuvchi bog‘lam qo‘yish, oyoqlarni maksimal bukib bog‘lash; - yara va kuyish yuzalariga aseptik bog‘lab qo‘yish; - sinish, yumshoq to‘qimalarning maydalanishi, tananing katta qismi kuyganda immobilizatsiya qilish; - yurakni massaj qilish; - og‘riq qoldiruvchi vositalar, qusishga qarshi dorilar yuborish; - tuzli eritma yoki quvvatllovchi issiq ichimlik (choy, qahva) berish, tana harorati tushib ketishi yoki ko‘tarilib ketishining oldini olish; - antidotlar yuborish; - qisman sanitar ishlovdan o‘tkazish; -zararli hududdagilarga gazniqob kiydirish; - radioaktiv moddalar organizmga tushganda profilaktik dorilardan foydalanish, birlamchi reaksiyani davolash; Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling