Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi
Portlash to‘lqini ta’sirida ichki a’zolarda kelib chiqadigan o‘zgarishlar
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1.9 (1)
Portlash to‘lqini ta’sirida ichki a’zolarda kelib chiqadigan o‘zgarishlar.
Portlash ta’sirida kishi organizmida o‘ziga xos buzilishlar kuzatiladi. Bu buzilishlar «kontuziya» yoki «karaxtlik» iborasi bilan yuritiladi. Portlash natijasida havo siqilib, atmosfera bosimi oshib ketishi inson organizmiga jarohatlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi navbatda, portlash quloqqa ta’sir etib, quloq pardasini yorishi, o‘rta va ichki quloqni shikastlantirishi mumkin. Portlash vaqtida chiquvchi kuchli tovush impulslari ko‘p hollarda miyaning akustik sohalariga ta’sir o‘tkazib, karlikka sabab bo‘ladi, havodagi bosimning keskin o‘zgarishi – ichki a’zolarni zararlantiradi, portlash to‘lqini esa odamni uloqtirib yuborib, turli mexanik jarohatlar sabab bo‘ladi. Portlash to‘lqini ta’sirida nerv tizimiga oid shikastlanishlar eng ko‘p uchraydi. Ko‘plab jabrlanganlar hushdan ketadilar: ba’zilari darrov o‘ziga kelsa, boshqalari 9 anchagacha behush bo‘lib yotadilar. Kontuziyaga uchraganlarning ko‘pchiligi hushiga kelganidan so‘ng ham eshitish, gapirish, hidlash, ta’m bilish va ko‘rish a’zolari faoliyati tiklanmasligi mumkin. Bu holat uzoq davom etadi va yaxshilab davolanishdan so‘ng ko‘pchilik hollarda jabrlanuvchi sog‘ayib ketadi. Agar jarohat og‘ir bo‘lsa, kontuziyaga uchragan odam hushiga kelganidan keyin ham gaplashmaydi, vaqtni farqlamaydi, atrofdagilarga befarq bo‘ladi. Kuchli shikastlanganlarda umurtqa va miya asosiy arteriyasida qon aylanishining buzilishi bilan bog‘liq holat kuzatilib, yutishning qiyinlashuvi, nutqning buzilishi, yurak faoliyatining izdan chiqishi belgilari va aritmiyada o‘z ifodasini topadi. Portlash to‘lqini ta’sirida bosh zararlanib, qo‘l va oyoqlar shol bo‘lib qolishi mumkin. Shu bilan bir qatorda u yoki bu darajada vazomotor buzilishlar: kaft va oyoq tagi ko‘karishi, yuzning oqarishi va qizarishi, qo‘l-oyoqlarning sovishi, terlashning kuchayishi kuzatiladi. Portlash to‘lqini ta’sirida o‘pkada ham qator o‘zgarishlar kuzatiladi. jabrlanuvchilarda hansirash, yo‘talish, o‘pkagaqon quyilishi natijasida qon aralash tupurish kuzatiladi. Yurak- tomir tizimida tomir urishining sekinlashuvi va o‘ta o‘zgaruvchanliklar kuzatiladi. Ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatining buzilishi jarohatlanishdan keyingi dastlabki soatlarda ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish, ich ketishi va yel ushlay olmaslik kabi belgilarda seziladi. Me’da yarasi bilan og‘riganlarda portlash to‘lqinining me’da-ichak a’zolariga ta’siri natijasida, me’da va o‘n ikki barmoqli ichakda yangi yaralari paydo bo‘ladi. Kontuziya bo‘lganlarda, ba’zan uzoq vaqt (hafta, oylab) karaxtlik, parishonxotirlik, tushkunlik davom etadi. Harakat asta-sekin tiklansada, nutq va eshitishning izdan chiqishi anchagacha saqlanib turadi. Uyquning buzilishi ham kuzatilib, u o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bedorlik va uyqu orasidagi chegara yo‘qolib, har ikkalasidan bemor qoniqmaydi. Portlash to‘lqini ta’sirida qon bosimi oshganlar keyinchalik (7–8 oy) shu dardga (gipertoniya) mubtalo bo‘ladilar. Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, uyqusizlik kabi bosh miya bilan bog‘liq holatlar ko‘pchilikda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Kontuziyaga uchraganlar kasalxonalarda uzoq vaqt davolanadilar. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling