Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi


Jabrlanuvchini tashishda zinapoyalarda harakatlanish tartibi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1516210
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1.9 (1)

Jabrlanuvchini tashishda zinapoyalarda harakatlanish tartibi 
 
 
 
 
Qo‘lbola zambil yasash 
 
Ba’zi hollarda qo‘l ostidagi vositalardan zambil sifatida foydalanishga to‘g‘ri 
keladi. Bunda qo‘l ostidagi vositalar yordamida quyidagi tartibda qo‘lbola zambil 
yasang: 
1. uzunligi 1,5-2 metr keladigan ikkita qattiq tayoqni orasida bir oz masofa 
qoldirib bir-biriga arqon yordamida bog‘lab, ustiga mato o‘rniga ikkita qop 
to‘shang; 
2. palto yoki plash olib tugmalarini o‘tkazing, englarini ichkari qismga 
ag‘darib ulardan tayoq o‘tkazing, kostyum yoki kurtka yordamida ham xuddi 
shunday zambil yasash mumkin. Faqat bunda bitta zambil uchun ikkita kurtka yoki 
kostyumdan foydalaning;


11 
3. biror mustahkamroq mato yoki adyol olib uni yerga to‘shang. Uning 
o‘rtasiga – oralig‘ida ma’lum masofa qoldirib – 1,5-2 metr uzunlikdagi tayoqni 
qo‘ying. Matoning ikki tomonini qayirib tayoq ustidan o‘tkazib tashlang – yosh 
bolaga belanchak tayyorlagandagi kabi zambil yasang.
 
3-rasm 
Qo‘lbola zambil yasash ketma ketligi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jabrlanuvchilarni zambilsiz tashish usullari 
1. Qo‘ltiqlab olish. Jarohati yengil jabrlanuvchini qo‘ltig‘idan olib yetaklab 
olish mumkin. 
4-rasm 
Qo‘ltiqlab tashish usuli
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. Qo‘lda ko‘tarish. Es hushini yo‘qotmagan va oyoq-qo‘llari, qovurg‘alari 
sinmagan jablanuvchini yosh bolani ko‘targandek ikki qo‘lingizda quyidagi tartibda 
ko‘taring: 
Jabrlanuvchining yon tomonida cho‘kkalab turib bir qo‘lingizni uning 
taqimidan, ikkinchi qo‘lingizni belidan o‘tkazing, bunda jabrlangan kishi qo‘lini 


12 
sizning bo‘yningizdan o‘tkazadi va sizga yopishib oladi. Shundan so‘ng 
o‘rningizdan turib jabrlanuvchini ko‘tarib oling. Bu usul katta jismoniy kuch talab 
qiladi, shuning uchun qo‘lda asosan bolalar ko‘tariladi. 
 
5-rasm 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling