Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi


Yonma-yon “qulfda” ko‘tarib tashish usuli


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1516210
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1.9 (1)

Yonma-yon “qulfda” ko‘tarib tashish usuli
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14 
6. Ketma-ket usulda ko‘tarish. Bu usul suyaklari sinmagan, lekin hushidan 
ketgan jabrlanganlar uchun qo‘llaniladi. Jabrlanuvchi chalqancha yotqizilib bir kishi 
uning bosh tomonidan yaqinlashadi, qo‘llarini jabrlangan kishining qo‘ltig‘iga tirsak 
bo‘g‘inlarigacha kiritadi, biroq jabrlanuvchining ko‘kragida “qulf” hosil qilmaydi, 
chunki bu uning nafas olishini qiyinlashtiradi. Ikkinchi zambilchi jabrlangan 
kishining oyoqlari orasida orqasini o‘girib turib, tizzalari tagidan ushlaydi. 
Zambilchilar baravar o‘rinlaridan turib, jabrlanuvchini osonlikcha ko‘taradilar. 
9-rasm 
Ketma-ket usulda ko‘tarib tashish usuli
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7. Zambil tasmalari yordamida ko‘tarish. Zambil tasmasi uzunligi 360sm 
va eni 6,5sm. bo‘lgan brezent kamardan iborat, uchida metalldan yasalgan to‘qasi 
bor. To‘qadan 100sm masofada xuddi shu matodan laxtak tikilgan bo‘lib, bu tasmani 
“sakkizsimon” qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, tasma “halqa” yoki “ilgak” 
shaklida ham taxlanishi mumkin. Bu jabrlanganlarni muayyan usullarda tashish 
uchun zarur. 
Tasmani “sakkizsimon” qilib taqish. Tasma to‘g‘rilab olinadi, uchini tikilgan 
laxtak ostidan o‘tkaziladi va to‘qasida mahkamlab qo‘yiladi. “sakkizsimon” 
qilingan tasma foydalanadigan odamning bo‘yiga mos qilib to‘g‘rilanadi. 
“Sakkizsimon” shaklida to‘g‘ri taqilgan tasma ikki tomonga yelka kengligida 
yozilgan qo‘llar o‘lchamiga baravar bo‘lishi kerak. 
10-rasm 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling