Nutqning mantiqiyligi. Nutqning tozaligi. Reja


Download 454 Kb.
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi454 Kb.
#1391438
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1461479739 62422

  • Nutqning mantiqiyligi.
  • Nutqning tozaligi.
  • REJA:
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz
  • Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to’g’rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to’g’ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o’quvchiga ifodalanayotgan fikrning to’liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolga diqqat qilaylik: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan). Gapda so’zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, olti oylik birikmasining davlat so’zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti, fikrni bayon qilishda xatolik yuz berayapti.
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz
  • Nutqning mantiqiy bo’lishi so’zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog’liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan tashqarida bo’lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o’zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega bo’lish ham talab qilinadi.
  • «Nutq madaniyati asoslari» asarining muallifi B.N.Golovin mantiqiylikni ikki guruhga bo’lib – predmet va tushuncha mantiqiyligi tarzida o’rganishni tavsiya etgan edi. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til elementlari bilan real voqyelikdagi predmet va hodisalarning mazmuniy aloqasi hamda munosabatidir. Tushuncha mantiqiyligi esa nutqda mantiqiy tafakkur qurilishi va uning til elementlari semantik aloqadorligida mantiqiy rivojlanishning aks etishidir deydi u
  • www.arxiv.uz
  • Ko’rinadiki, so’zlarning o’zi ifodalayotgan predmet va hodisalarga mos ravishda fikrni aniq ifodalashi predmet mantiqiyligi bo’lsa, so’z birikmalarining, gaplarning, abzaslarning, hatto butun-butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga bo’ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir.
  • Tushuncha mantiqiyligi haqida aytilgan fikrdan xulosa chiqarish mumkinki, nutq mantiqiyligining asosiy lingvistik sharti – leksik-semantik va sintaktik me’yorga amal qilishdir.
  • So’zlarni bir-biriga mazmunan bog’lash, ular o’rtasidagi grammatik aloqani to’g’ri shakllantirish sintaktik me’yorga amal qilishning asosiy sharti bo’lib hisoblanadi. Mana bu misolda kuy va raqs so’zlarining diktor tomonidan uyg’un tarzda qo’llanib yuborilishi mantiqning buzilishiga olib kelgan: Endi kuy va raqslar tinglab, dam oling (Televideniyedan). Kuyni tinglash mumkin, ammo raqsni-chi? Hammomda qatiq va shisha idishlar iste’mol qilish man etiladi («Mushtum» jurnali) misoli to’g’risida ham shu gapni aytish mumkin.
  • www.arxiv.uz
  • Ba’zan esa so’zlar tushirib qoldiriladi: 22-maktab bufetchisi Toji Ibrohimov bir
    Download 454 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling