Nutqning mantiqiyligi. Nutqning tozaligi. Reja


Download 454 Kb.
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi454 Kb.
#1391438
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1461479739 62422

Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi o’zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bo’lishi, turli g’ayriadabiy va g’ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bo’lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo’lib, nutqiy tozalikning tildan tashqari – paralingvistik jihatlari ham undan kam bo’lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo’lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqyeda muloqotda bo’layotgan o’zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo’lishi lozim.
  • www.arxiv.uz
  • Xo’sh, nutqimizning toza bo’lishiga xalaqit berayotgan lingvistik elementlar qaysilar? Bular asosan dialektizmlar va varvarizmlardir. To’g’ri ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo’lmaydi. Chunki badiiy adabiyot tilida dialektizm va varvarizmlar ma’lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g’oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy ruhni bermoqchi, asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilmoqchi yoki boshqa bir maqsadni ko’zlagan bo’lsin. Ana shunday paytlarda tilning bu unsurlariga murojaat qilish hatto zarur. Masalan: Yoshulli, saning qizing bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara badkirdor na sababdan mundoq yomon so’zlarni elga tarqatding (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy ruhni (xorazm ruhini) berishga xizmat qilayotgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar – chet so’zlar badiiy matnda xarakter yaratishda yozuvchiga ko’maklashgan : Dubora yana bordi bir ishga shul, / So’kib – net, - dedi, kelma durrak, poshul! (Muqimiy). Yoki H.H.Niyoziyning «Boy ila xizmatchi» dramasidagi qozi nutqini olaylik. U o’zining bilimsiz ekanligini yashirish uchun ataylab arabcha-forscha so’zlarni ishlatishga intiladi: Qozi. Ayni hikmat so’zlaysiz! (Ђofirga) Hozirgi inoding ayni hamoqat !
  • www.arxiv.uz
  • Dialektal so’zlarning badiiy adabiyotda o’rni bilan ishlatilishi faqatgina maqsadga muvofiq bo’lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarning saqlanib qolishiga xizmat qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham dialektizimlar va adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli masalalardan biri sanaladi.
  • Shevalarimizda shunday leksik birliklar mavjudki, ular adabiy tilimizga kirib ulgurmagan yoki shu holicha qolib ketgan. Bu kabi so’zlarning adabiy me’yori haqida nima deyish mumkin? A.Yu.Aliyev «O’zbekiston jumhuriyatining davlat tili haqidagi qonuni va o’zbek tili nutq madaniyati» nomli ma’ruzasida «Ayrim narsa va hodisalarning nomlari adabiy til va uning lug’atlarida uchramaydi. Lekin dialekt va shevalarda mavjud bo’ladi. Bunday vaqtda aniq narsa va hodisalarning nomlarini anglatuvchi so’z va atamalarni hyech ikkilanmasdan shevalardan olib adabiy tilga kiritishimiz kerak», - degan fikrni aytib, uning tasdig’i sifatida quyidagi misollarni keltirgan edi: cho’kkala (laganbardor), o’tik (o’tadigan joy), kechik (kechib o’tadigan joy), sarimsoq (go’dakning nomi qo’yilguncha bo’lgan ismi), uzuchak (uchta bola tuqqan xotinning bolalari yoki qo’yning qo’zilari), madang (yog’ochdan qilingan eshik qulfi, tanba), qalang’i-qasang’i (yengil tabiat odam), o’mgan (ko’krak), arpabodiyon (ukrop turi), o’ymoq (angishvona) singari
  • www.arxiv.uz
  • Tadqiqotchining aytgan fikrlariga qo’shilish mumkinu, keltirgan misollarini ma’qullab bo’lmaydi. Chunki
    Download 454 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling