Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
306-guruh talabasi
Xo’jaqulova Shahloning
Ona tili fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
MAVZU: Abzas
Linqvistik adabiyotlarda gap,
murakkab sintaktik butunlik va
abzas matn birligi sifatida
talqin qilinadi. Gap va
murakkab sintaktik butunlikni
matnning asosiy birliklari
deyish mumkin, lekin abzasni mazkur birlikiar qatoriga kiritib bo’lmaydi.
Chunki, abzas, avvalo, yozma matngagina xos bo’lgan hodisa.
Tilshunos A.N.Gvozdev abzasni tinish
belgilari qatoriga kiritadi. "Abzas
yangi fikrlar qatorining ko’rsatkichi
sifatida xizmat qiladi. Bir necha gap
yoki hatto bir gapni alohida abzas
sifatida ajratish bu gaplarga muayyan
salmoq baxsh etadi, bunday
ajratish muallif tomonidan o’z
maqsadiga bog’liq tarzda amalga
oshiriladi. Matn lingvistikasining
yirik tadqiqotchilaridan biri
I.R,Galperin ham abzas xuddi tinish
belgilari kabi matndagi mantiqiy va
emotsional jihatlarni alohida ta'kidlab
ko’rsatish uchun xizmat qiladigan
vosita, kompozitsion–grafik usul ekanligini asoslagan.
Lekin abzaslar yozma
nutq uchun, ayniqsa,
badiiy matn uchun
nihoyatda zarur vosita
hisoblanadi. Abzaslar bir so’zdan, bir gapdan yoki bir necha gapdan
tuzilishi mumkin.
Abzasning tashkillanishini yozuvchilar o’zlarining
badiiy niyatiga ko’ra
mutlaqo ixtiyoriy tarzda belgilashadi.
Shuningdek, abzaslarning strukturasiga ko’ra quyidagi korinishlari mavjudligi sanab o’tiladi:
1) Sodda gapdan iborai bo’lgan abzaslar;
2) qo’shma gapdan iborat bo’ladigan abzaslar;
3) Periodik nutq formasidan iborat bo’lgan abzaslar:
4) Superfrazali sintaktik
butunlikdan iborat bo’lgan abzaslar;
5) Ko’chirma-o’zga gapli abzaslar.
Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan
tashkil topgan abzaslarni ham kiritish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |