Xalqaro nordik universiteti 3-mts 23 guruh talabasi


Download 24.1 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi24.1 Kb.
#1828057
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
m6Oimqow4c1kjgr3oOLyOr 9bufEBNM2

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

XALQARO NORDIK UNIVERSITETI

3-MTS - 23 GURUH TALABASI

KUCHKOROVA LOLANING

,, Yozish va taqdimot qilish kompetensiyasi’’

Fanidan

TAQDIMOTI


Mavzu: “Nutq madaniyati”

Reja:

  • 1.NUTQNING MANTIQLILIGI
  • 2.NUTQNING TOZALIGI
  • 3.TARJIMADA NUTQ MADANIYATI
  • XULOSA

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to’g’rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to’g’ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o’quvchiga ifodalanayotgan fikrning to’liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolga diqqat qilaylik: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan). Gapda so’zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, olti oylik birikmasining davlat so’zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti, fikrni bayon qilishda xatolik yuz berayapti.
NUTQNING MANTIQLILIGI
Nutqning mantiqiy bo’lishi so’zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog’liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan tashqarida bo’lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o’zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega bo’lish ham talab qilinadi.
«Nutq madaniyati asoslari» asarining muallifi B.N.Golovin mantiqiylikni ikki guruhga bo’lib – predmet va tushuncha mantiqiyligi tarzida o’rganishni tavsiya etgan edi. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til elementlari bilan real voqyelikdagi predmet va hodisalarning mazmuniy aloqasi hamda munosabatidir. Tushuncha mantiqiyligi esa nutqda mantiqiy tafakkur qurilishi va uning til elementlari semantik aloqadorligida mantiqiy rivojlanishning aks etishidir deydi u
Ko’rinadiki, so’zlarning o’zi ifodalayotgan predmet va hodisalarga mos ravishda fikrni aniq ifodalashi predmet mantiqiyligi bo’lsa, so’z birikmalarining, gaplarning, abzaslarning, hatto butun-butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga bo’ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir.

Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling