Emotsiya BU -
Uning turini yozing
Impressiv tomoni- psihologiyada hissiyotning darak beruvchilik vazifasiga aytiladi. Impressiv so'zi lotincha taassurot degan ma'noni anglatadi.
Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli reflekslar, nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan .699 p
Ekspressiv tomoni psihologiyada emocional harakatlarning moslashish harakteriga oid bo'lgan, ya'ni ovozning o'zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo'ladigan jarayonning qayta o'zgarishidan iborat ihtiyorsiz va ongli harakatlarga aytiladi.
Ambivalentlik – lotincha har tomonlama kuchga ega ma'nosini anglatib kishining bir ob'ektning o'ziga nisbatan bir vaqtning o'zida paydo bo'ladigan bir-biriga qarama – qarshi emocional irodaviy holatdir
Hislarni kechirish shakllari quyidagilardan iborat:
HISSIY TON– hissiyot idrok yoki sezgi jarayonida shaxsning idrok qilingan narsaga hodisaga munasabatini ifodalaovchi maxsus emotsional bo`yoq yoqimli va yoqimsiz kechinma bevosita sezgi yoki idrok bilan bog`langan hissiyot
Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko'rinishlarda ro'y beradiki, unda asosiy o'rinni ko'rgazmali jihatlar asosiy o'rin egallaydi va ular quyidagilar:
Birinchidan, emociyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o'zgarish yasaydi.
Ikkinchidan, emociya imo – ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo'ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko'rinadi.
Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o'zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo'ladigan yanada chuqur o'zgarishlarni o'z tarkibiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |