Emperik va nazariy bilishni qiyoslang reja: Empirik bilish xususiyatlari


Download 37.19 Kb.
bet3/4
Sana16.10.2023
Hajmi37.19 Kb.
#1705039
1   2   3   4
Bog'liq
Emperik va nazariy bilishni qiyoslang reja Empirik bilish xusus

Kuzatishbilish ob'ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan ob'ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim
ob'ektlar – bu amalda narsalar xossalari va munosabatlarining ayrim to‘plamiga ega bo‘lgan abstraksiyalardir. Borliq ob'ektlari empirik bilishda aniq qayd etilgan va cheklangan belgilar to‘plamiga ega bo‘lgan ideal ob'ektlar obrazida namoyon bo‘ladi.
Nazariy bilishga kelsak, unda boshqa tadqiqot vositalari qo‘llaniladi. Bu yerda o‘rganilayotgan ob'ekt bilan moddiy, amaliy o‘zaro ta'sirga kirishish vositalari mavjud emas. Biroq nazariy tadqiqot tili ham empirik tavsiflar tilidan farq qiladi. Uning negizi sifatida nazariy ideal ob'ektlarni anglatuvchi nazariy atamalar amal qiladi. Ular shuningdek ideallashtirilgan ob'ektlar, mavxum ob'ektlar yoki nazariy konstruktlar deb ham ataladi. Ular borliqning mantiqiy rekonstruksiyalari hisoblanadigan alohida abstraksiyalardir. Birorta ham nazariya bunday ob'ektlar yordamisiz yaratilmaydi.
Bilishning empirik va nazariy darajalari nafaqat tadqiqot faoliyatining vositalari, balki metodlariga ko‘ra ham farq qiladi. Empirik darajada asosiy metodlar sifatida amalda eksperiment o‘tkazish va kuzatishdan foydalaniladi. Bu yerda o‘rganilayotgan hodisalarni ob'ektiv tavsiflashga qaratilgan empirik tavsiflash metodlari ham muhim o‘rin tutadi.
Nazariy darajada bilishga kelsak, bu yerda alohida metodlar, chunonchi: ideallashtirish (ideallashtirilgan ob'ektni yaratish metodi); ideallashtirilgan ob'ektlar bilan nazariy eksperiment o‘tkazish; nazariyani yaratishning alohida metodlari (mavxumdan muayyanga yuksalish, aksiomatik va gipotetik-deduktiv metodlar); mantiqiy va tarixiy o‘rganish metodlari va hokazolardan foydalaniladi.
Metodlar va vositalarning bu o‘ziga xos xususiyatlari empirik va nazariy o‘rganish predmetining o‘ziga xosligi bilan bog‘liq. Bu darajalarning har birida tadqiqotchi ayni bir ob'ektiv borliq bilan ish ko‘rishi mumkin, biroq u mazkur borliqni har xil nuqtai nazardan o‘rganadi, shu sababli uning bilimlardagi ifodasi har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, empirik va nazariy bilimlar bir-biridan predmeti, tadqiqot vositalari va metodlariga ko‘ra farq qiladi. Biroq ularning har birini farqlash va alohida ko‘rib chiqish abstraksiyadan iborat. Amalda bilimning bu ikki qatlami doimo o‘zaro aloqa qiladi.
Xulosalar. Inson bilimining jadal sur'atlarda rivojlanishi ijod qilishni o‘rganish vazifasini qo‘yadi. Ijodiy faoliyat hamda ta'lim metodlarini o‘rganish haqidagi fan evristika deb ataladi. Ilmiy davralardagi suhbatlar, fikrlar almashinuvi, munozaralar, muammoli vaziyatlar tahlili – shaxsning ma'naviy, ijodiy qobiliyati rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Intuitsiya va ijodni formal mantiq vositalari yordamida tavsiflash mumkin emas, biroq evristik metodlar orqali sub'ektning iste'dodi, xotirasi, zehni, tasavvurini safarbar etishni talab qiluvchi yangilik ustida izlanishlar olib boriladi.
Induktiv tafakkur – hodisalarning bir qismini o‘rganish orqali olingan bilimni hodisalarning butun turkumiga nisbatan tatbiq etish evristik usul hisoblanadi. O‘xshashlik bo‘yicha tafakkur ham evristik mushohada yuritishning haqiqatga erishishni kafolatlamaydigan, biroq oddiy faraz ham hisoblanmaydigan usulidir. Matematik modellashtirish ham evristik usul hisoblanadi. Fanning barcha tamoyillari evristik mazmunga ega. Masalan, fizikada muvofiqlik prinsipidan foydalaniladi: eski va yangi nazariya o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi kerak, yangi nazariyaning matematik apparati ma'lum darajada eski nazariyaga mos kelishi lozim. Falsafa evristik xususiyatga ega, shu sababli yuksak cho‘qqilarni egallash intuitsiya va ijodni anglab yetishning ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi.

ADABIYOT



ASOSIY:


  1. Download 37.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling