ЭмваА кафедрасининг
Дизел двигателларининг Common rail ёнилғи пуркаш тизимининг ўзига хос томонлари
Download 118 Kb.
|
TVA-AEJvaET-YaN javoblari-2022-23 bahor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Антиблокировкали тормоз тизимининг вазифаси ва автомобиль ғилдиракларини блокировка бўлиш шартлари
Дизел двигателларининг Common rail ёнилғи пуркаш тизимининг ўзига хос томонлари.
Dizel dvigatellarini mikroprotsessorli boshqarish tizimi aylanishlar chastotasi va yuklamaga bog‘liq ravishda yonilg‘i purkashni ilgarilatish burchagini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Dizel dvigatellaridagi yonilg‘i purkash tizimiga qo‘yiladigan talablar tobora ortib bormoqda. Purkash bosimi va forsunkalarning ishlash tezligini yanada ortishi, purkash jarayonini avtomobilning ishlatish sharoitlariga keng moslashuv xususiyatlarining mavjudligi katta quvvatli, tejamli va ekologik xavfsiz dizel motorlarini yaratilishiga olib keldi. Bu, dizellarni yuqori toifadagi avtomobillarga ham o‘rnatish imkonini tug‘dirdi. Shunday mukammal tizimlardan biri - Common Rail akkumulator tizimi bo‘lib, uning asosiy afzalligi yonilg‘i bosimini va purkash daqiqasini keng doirada o‘zgarishidir. Common Rail tizimi, mexanik yuritmali, yuqori bosimli yonilg‘i nasosiga ega bo‘lgan an’anaviy purkash tizimlardan farqli, yonilg‘ini purkash bo‘yicha ancha yuqori talablarga javob beradi. Xususan: ishlatish doirasining kengligi; yonilg‘i purakash bosimini 1600 bar gacha oshirilishi; purkash daqiqasini ma’lum doirada o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi; yonilg‘ini dastlabki va qo‘shimcha purkalishini ta’minlanishi; dvigatelning ishlash sharoitlariga ko‘ra, yonilg‘i purkash bosimini 230...1600 bar doirasida rostlash mumkinligi Антиблокировкали тормоз тизимининг вазифаси ва автомобиль ғилдиракларини блокировка бўлиш шартлари Avtomobillarning gidravlik tormoz tizimini elektron boshqarish o’tgan asrning 70 yillaridan joriy qilina boshladi. Bu antiblokirovkali tormozlash tizimi (ABTT-ABS) edi. ABT tizimining ishlatish tajribasi asosida avtomobil harakatini boshqarishning bir qator yangi tizimlari yuzaga keldi. Bu o’rinda quyidagi to’rtta tizimni keltirish mumkin; antiblokirovkali tormozlash tizimi (ABS –Antiblock Brems system),yetakchi ko’prik differensialini blokirovka qilish tizimi (EDSElectronen differential system), tormozlash kuchlarini oldingi va orqa ko’priklar orasida qayta taqsimlash tizimi (EBV-Electronen Bremse Variation) vayetakchi g’ildiraklarni shataklanishiga qarshi tizim (ASR-Assistance Stabiliti Rucken yoki DSA-Dynemic Stabiliti Assistence). ABS va EBV avtomobilni sirg’almasdan va har tomonga surilmasdan ravon tormozlashni, EDS va ASR (DSA) esa avtomobilni joyidan qo’zg’alishida va shig’ovlanishidagi harakatini barqaror bo’lishini ta’minlaydi. Avtomobilni optimal tormozlash, ya’ni uni maksimal sekinlashishi va minimal tormozlanish masofasini ta’minlash uchun tormozlanish vaqtidagi g’ildiraklarning sirpanish darajasi S bo’ylama tishlashish koeffitsienti b ning maksimal qiymatiga mos kelishini ta’minlash zarur. Bu murakkab masalani antiblokirovkali tormozlash tizimlari hal qiladi. Avtomobil shoshilinch tarzda tormozlanganda oddiy tormoz tizimi g’ildiraklarni blokirovka chegarasigacha tormozlanishini ta’minlaydi. Antiblokirovkali tormozlash tizimlari yordamida amalga oshiriladigan optimal tormozlash, g’ildiraklarni blokirovka chegarasigacha tormozlash usuliga nisbatan avtomobilning tormozlanish masofasini quruq yo’lda 20% gacha, ho’l va muz bilan qoplangan yo’llarda 50...60% gacha kamaytiradi va bu ko’p yo’l-transport hodisalarini oldini olish imkoniyatini beradi. Optimal tormozlashda yo’l bilan ko’ndalang yo’nalishdagi tishlashish koeffitsienti k ham ancha katta qiymatlarga ega bo’lib (6.38-rasm), bu tormozlanish jarayonida avtomobilni turg’unlik va boshqarish darajasini oshiradiTormoz tizimida avtomobilni ishchi tormozlashning samarasi ikki tormoz kuchi hisobiga erishiladi: Rishq tormoz ustquymalari va tormoz disklari orasidagi ishqalanish kuchi; Ry – shina va yo’l orasidagi ishqalanish kuchi. Agar Rishq < Ry bo’lsa, tormozlanish jarayoni barqaror bo’ladi; Agar Rishq > Ry bo’lsa (agar tormoz pedali keskin bosilsa) g’ildiraklar blokirovka bo’lishi – avtomobil kuzovi inersiya bo’yicha harakatlanishida davom etgan holda g’ildiraklarni aylanishdan to’la to’xtashidir. G’ildiraklarni blokirovka bo’lishi avtomobilni sirpanishiga va har xil tomonga surilib ketishiga olib keladi va yo’lda o’ta xavfli vaziyatini yuzaga keltiradi. G’ildarakning blokirovkasini quyidagi turlari mavjud: Oldingi g’ildiraklarni blokirovka bo’lishi. Bu holda avtomobilning rul mexanizmining boshqarilishi yo’qoladi; Orqa g’ildiraklarni blokirovka bo’lishi. Bunda agar Ro’ng -Rchap>0 bo’lsa avtomobil o’ngga, agar Ro’ng –Rchap<0 bo’lsachapga suririb ketadi (Ro‘ng va Rchap mos ravishda avtomobilning o‘ng va chap g‘ildiraklarning yo‘l bilan ishqalanishga qarshiligi); Avtomobilning baravariga 4 ta g’ildiragi blokirovka bo’lishi, Bu holda avtomobilni boshqarish to’la yo’qotiladi 0> Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling