"Endi, nima desam ekan, avvalo, "sumkam" emas, "sumkamiz" deng, xo‘pmi? (Ahmad A’zam)


Download 22.94 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1585082
Bog'liq
26 dan 50 gacha


26 dan 50 gacha
26. “Endi, nima desam ekan, avvalo, “sumkam”
emas, “sumkamiz” deng, xo‘pmi? (Ahmad A’zam)
Ushbu gapdagi nima desam ekan iborasi qanday
maqsadda qo‘llangan?
A) qahramonning muayyan hududga mansubligini
ta’kidlash uchun
B) personajning madaniy-ma’rifiy saviyasiga urg‘u
berish uchun
C) qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik
darajasini bo‘rttirib ifodalash uchun
D) shaxsning nutqiy malakasi yetarli emasligini
ko‘rsatish uchun
27. Quyidagi qaysi so‘zlarning o‘zi ham, asosi ham
shakldoshlik xususiyatiga ega?
1) oqish; 2) sanoq; 3) kechik; 4) bo‘sha; 5) terim.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 5
C) 2, 3 D) 1, 3, 4, 5
28. Mening do‘stim – … .
Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi so‘zni aniqlang.
A) aqlli B) ko‘p
C) jin D) birinchi
29. Qaysi qatorda ostiga chizilgan so‘zlar ham
o‘zaro asosdosh, ham o‘zaro shakldosh
hisoblanadi?
A) To‘pponchaning tepkisi bosilib ketdi.
Bolajonlarning shapalog‘i ham, tepkisi ham yo‘q,
faqat silash bor ularda.
B) Adiba yoshli ko‘zlari bilan oynaga qaradi.
Daraxt ustidagi kishi to‘qson yoshli Obid buva
ekan.
C) Yuzingizdan kulgi arimasin, do‘stlar. Doim
tokchada turadigan kuldon hozir yo‘q.
D) Sizsiz yasholmayman. Hayotim mazmuni sizsiz.
30. Bir xil qo‘shimcha orqali ot yasash mumkin
bo‘lgan fe’llar qatorini aniqlang.
A) tort, aylan, tushun B) o‘s, chek, ich
C) qayt, bil, o‘ra D) chiz, sin, och
31. Qaysi gaplarni davom ettirish orqali aniqlovchi
ergash gapli qo‘shma gap hosil qilish mumkin?
1. Kimning gapi yolg‘on bo‘lsa, …
2. Bizga shunday qaradiki, …
3. Nimani xor qilsang, …
A) 1, 2, 3 B) 1, 3
C) 3 D) 1, 2
32. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyot universiteti
Ushbu nomning yozilishida qanday xatolikka yo‘l
qo‘yildi?
A) Qo‘shtirnoq tushirildi.
B) Bosh harf bilan yozilishi lozim bo‘lgan so‘z
kichik harf bilan qayd etildi.
C) Qo‘shimcha tushirib qoldirildi.
D) Qo‘shib yozilishi kerak bo‘lgan asoslar ajratib
qo‘yildi.
33. Iltimos, stollarga ikkita-ikkita o‘tiringlar.
Ushbu gapda sonning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi
qo‘llangan?
A) taqsim son B) dona son
C) takror son D) juft son
34. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sentabrdan
darslarda bevosita ishtirok etadilar.
Ushbu gapda nechta yasama so‘z qo‘llangan?
A) 3 ta B) 5 ta
C) 4 ta D) 2 ta
35. Birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib
ifodalaydigan gap … hisoblanadi.
Nuqtalar o‘rniga mos atamani tanlang.
A) qo‘shma gap
B) uyushiq bo‘lakli gap
C) kiritma gapli sodda gap
D) ko‘chirma gap
36. Qaysi so‘zlarni gapdagi vazifasiga ko‘ra
mustaqil yoki nomustaqil so‘z sifatida baholash
mumkin?
1) keyin; 2) qarab; 3) deylik; 4) bilan; 5) to‘g‘ri.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 5
C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 5
37. Kitoblar egasiga yetkazilmagandir-da.
Gapda qaysi nisbat shaklidagi fe’l qo‘llangan?
A) aniq nisbat
B) orttirma nisbat
C) majhul nisbat
D) orttirma va majhul nisbatlar
38. Yonib turgan xodimlarga shunday muomala
qilish kerakki, ularning shijoatlari bir zum ham
pirpiramasin.
Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismidagi
bo‘laklarning joylashuvini aks ettiruvchi shartli
belgilarni aniqlang.
A) ~~~ _ _ _ …… ===
B) …… _ _ _ ~~~ ===
C) ~~~ ____ …… ===
D) ~~~ _ _ _ …… ___ ===
39. Ega ishtirok etmagan gapni aniqlang.
A) Test sinovlari joriy yilda sentabrdan boshlanadi.
B) Abituriyentlar xonalarga karantin qoidalariga
rioya qilgan holda kiritiladi.
C) Test jarayonlarini internet orqali onlayn ravishda
kuzatib borish mumkin.
D) Testlarni ishlab chiqish uchun uch soat vaqt
beriladi.
40. “Qiynalib ketmoq”, “to‘satdan qattiq
qo‘rqmoq”
ma’nolarida qo‘llana oladigan
frazeologik iborani belgilang.
A) ko‘zi kosasidan chiqib ketmoq
B) enka-tenkasi chiqmoq
C) yuragi tars yorila yozmoq
D) yuragi qoq yorila yozmoq
41. Qaysi qatorda faqat shakldoshlari bor otlar
berilgan?
A) uch, yoz, bo‘sh B) o‘t, bog‘, hiyla
C) tor, uy, sana D) ot, zor, tort

42. Qaysi qatorda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda
tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so‘zlar
berilgan?
A) tiniq, qo‘rqoq, aniq
B) bitik, ochiq, kemtik
C) ozroq, yo‘q, danak
D) qisiq, tirik, egik
43. Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini
farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga
ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham
o‘zaro farqlanadi?
A) kitob – xitob B) oltin – oldin
C) sayin – mayin D) daraxt – karaxt
44. Pishirib ye maslahatlaringni hammang, xo‘pmi,
uy meniki: xohlasam, sotaman, xohlasam, birovga
tekinga bervoraman, qisqasi, mulkni tasarruf
qilishimga hech kim aralashmasin.
Ushbu gapdagi mulkni rasarruf qilmoq iborasi
qanday maqsadda qo‘llangan?
A) qahramonning muayyan hududga mansubligini
ta’kidlash maqsadida
B) personajning madaniy-ma’rifiy saviyasini
kinoyaviy ta’kidlash maqsadida
C) qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik
darajasini bo‘rttirib ifodalash maqsadida
D) shaxsning nutqiy malakasi yetarli emasligini
ko‘rsatish maqsadida
45. Bir xil qo‘shimcha orqali sifat yasash mumkin
bo‘lgan fe’llar qatorini aniqlang.
A) to‘l, och, oz B) qo‘rq, chanqa, isi
C) kecha, bahor, boya D) yoq, sev, to‘y
46. Qaysi gap tarkibida bir to‘ldiruvchi boshqa
to‘ldiruvchiga tobe bog‘langan?
A) Qamchibekka kaktus haqida gapirib berdik.
B) Kitob o‘qish uchun kutubxonaga bordim.
C) Bu ovqat isiga oshqozonlar raqsga tushib ketdi.
D) Senga tushuntirishga vaqtim yo‘q.
47. Qaysi gapda // belgisi o‘rnida vergul bo‘lishi
kerak?
A) Endi bildim // unga tushuntirishning foydasi
yo‘q ekan.
B) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta.
C) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan
o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi.
D) Biz keldik // ular esa ketib qolishdi.
48. Qaysi gapda imloviy xatolik bilan yozilgan hol
qo‘llangan?
A) Kulib turibman-u, ichimda aytgan gaplarini bir
bir eslayapman.
B) Kechikgan kunlarimda ishim ham, kayfiyatim
ham yaxshi bo‘lmagan.
C) Akamla chiqqum safarga.
D) Ertalabdan hammaning asabiga o‘ynama.
49. Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Men sening ko‘changdan o‘tmasman zinhor.
Mening bu olamda o‘z aytar so‘zim
Va o‘zim sig‘inar mozorlarim bor.
(Abdulla Oripov)
Ushbu parchada olmoshning necha turiga mansub
so‘zlar qo‘llangan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
50. Men senga tushuntiraman, qayeriga tushunmay
qolsang, qo‘rqmay so‘rayver, xo‘pmi?
Gapda fe’lning qaysi ma’no turi ishtirok etmagan?
A) jismoniy faoliyat fe’li
B) nutqiy faoliyat fe’li
C) aqliy faoliyat fe’li
D) holat fe’li
Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling