"Endi, nima desam ekan, avvalo, "sumkam" emas, "sumkamiz" deng, xo‘pmi? (Ahmad A’zam)
Download 22.94 Kb.
|
26 dan 50 gacha
26 dan 50 gacha 26. “Endi, nima desam ekan, avvalo, “sumkam” emas, “sumkamiz” deng, xo‘pmi? (Ahmad A’zam) Ushbu gapdagi nima desam ekan iborasi qanday maqsadda qo‘llangan? A) qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash uchun B) personajning madaniy-ma’rifiy saviyasiga urg‘u berish uchun C) qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik darajasini bo‘rttirib ifodalash uchun D) shaxsning nutqiy malakasi yetarli emasligini ko‘rsatish uchun 27. Quyidagi qaysi so‘zlarning o‘zi ham, asosi ham shakldoshlik xususiyatiga ega? 1) oqish; 2) sanoq; 3) kechik; 4) bo‘sha; 5) terim. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 5 C) 2, 3 D) 1, 3, 4, 5 28. Mening do‘stim – … . Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi so‘zni aniqlang. A) aqlli B) ko‘p C) jin D) birinchi 29. Qaysi qatorda ostiga chizilgan so‘zlar ham o‘zaro asosdosh, ham o‘zaro shakldosh hisoblanadi? A) To‘pponchaning tepkisi bosilib ketdi. Bolajonlarning shapalog‘i ham, tepkisi ham yo‘q, faqat silash bor ularda. B) Adiba yoshli ko‘zlari bilan oynaga qaradi. Daraxt ustidagi kishi to‘qson yoshli Obid buva ekan. C) Yuzingizdan kulgi arimasin, do‘stlar. Doim tokchada turadigan kuldon hozir yo‘q. D) Sizsiz yasholmayman. Hayotim mazmuni sizsiz. 30. Bir xil qo‘shimcha orqali ot yasash mumkin bo‘lgan fe’llar qatorini aniqlang. A) tort, aylan, tushun B) o‘s, chek, ich C) qayt, bil, o‘ra D) chiz, sin, och 31. Qaysi gaplarni davom ettirish orqali aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap hosil qilish mumkin? 1. Kimning gapi yolg‘on bo‘lsa, … 2. Bizga shunday qaradiki, … 3. Nimani xor qilsang, … A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 3 D) 1, 2 32. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti Ushbu nomning yozilishida qanday xatolikka yo‘l qo‘yildi? A) Qo‘shtirnoq tushirildi. B) Bosh harf bilan yozilishi lozim bo‘lgan so‘z kichik harf bilan qayd etildi. C) Qo‘shimcha tushirib qoldirildi. D) Qo‘shib yozilishi kerak bo‘lgan asoslar ajratib qo‘yildi. 33. Iltimos, stollarga ikkita-ikkita o‘tiringlar. Ushbu gapda sonning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi qo‘llangan? A) taqsim son B) dona son C) takror son D) juft son 34. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sentabrdan darslarda bevosita ishtirok etadilar. Ushbu gapda nechta yasama so‘z qo‘llangan? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta 35. Birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap … hisoblanadi. Nuqtalar o‘rniga mos atamani tanlang. A) qo‘shma gap B) uyushiq bo‘lakli gap C) kiritma gapli sodda gap D) ko‘chirma gap 36. Qaysi so‘zlarni gapdagi vazifasiga ko‘ra mustaqil yoki nomustaqil so‘z sifatida baholash mumkin? 1) keyin; 2) qarab; 3) deylik; 4) bilan; 5) to‘g‘ri. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 5 37. Kitoblar egasiga yetkazilmagandir-da. Gapda qaysi nisbat shaklidagi fe’l qo‘llangan? A) aniq nisbat B) orttirma nisbat C) majhul nisbat D) orttirma va majhul nisbatlar 38. Yonib turgan xodimlarga shunday muomala qilish kerakki, ularning shijoatlari bir zum ham pirpiramasin. Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismidagi bo‘laklarning joylashuvini aks ettiruvchi shartli belgilarni aniqlang. A) ~~~ _ _ _ …… === B) …… _ _ _ ~~~ === C) ~~~ ____ …… === D) ~~~ _ _ _ …… ___ === 39. Ega ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Test sinovlari joriy yilda sentabrdan boshlanadi. B) Abituriyentlar xonalarga karantin qoidalariga rioya qilgan holda kiritiladi. C) Test jarayonlarini internet orqali onlayn ravishda kuzatib borish mumkin. D) Testlarni ishlab chiqish uchun uch soat vaqt beriladi. 40. “Qiynalib ketmoq”, “to‘satdan qattiq qo‘rqmoq” ma’nolarida qo‘llana oladigan frazeologik iborani belgilang. A) ko‘zi kosasidan chiqib ketmoq B) enka-tenkasi chiqmoq C) yuragi tars yorila yozmoq D) yuragi qoq yorila yozmoq 41. Qaysi qatorda faqat shakldoshlari bor otlar berilgan? A) uch, yoz, bo‘sh B) o‘t, bog‘, hiyla C) tor, uy, sana D) ot, zor, tort 42. Qaysi qatorda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so‘zlar berilgan? A) tiniq, qo‘rqoq, aniq B) bitik, ochiq, kemtik C) ozroq, yo‘q, danak D) qisiq, tirik, egik 43. Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi? A) kitob – xitob B) oltin – oldin C) sayin – mayin D) daraxt – karaxt 44. Pishirib ye maslahatlaringni hammang, xo‘pmi, uy meniki: xohlasam, sotaman, xohlasam, birovga tekinga bervoraman, qisqasi, mulkni tasarruf qilishimga hech kim aralashmasin. Ushbu gapdagi mulkni rasarruf qilmoq iborasi qanday maqsadda qo‘llangan? A) qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash maqsadida B) personajning madaniy-ma’rifiy saviyasini kinoyaviy ta’kidlash maqsadida C) qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik darajasini bo‘rttirib ifodalash maqsadida D) shaxsning nutqiy malakasi yetarli emasligini ko‘rsatish maqsadida 45. Bir xil qo‘shimcha orqali sifat yasash mumkin bo‘lgan fe’llar qatorini aniqlang. A) to‘l, och, oz B) qo‘rq, chanqa, isi C) kecha, bahor, boya D) yoq, sev, to‘y 46. Qaysi gap tarkibida bir to‘ldiruvchi boshqa to‘ldiruvchiga tobe bog‘langan? A) Qamchibekka kaktus haqida gapirib berdik. B) Kitob o‘qish uchun kutubxonaga bordim. C) Bu ovqat isiga oshqozonlar raqsga tushib ketdi. D) Senga tushuntirishga vaqtim yo‘q. 47. Qaysi gapda // belgisi o‘rnida vergul bo‘lishi kerak? A) Endi bildim // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. B) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. C) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. D) Biz keldik // ular esa ketib qolishdi. 48. Qaysi gapda imloviy xatolik bilan yozilgan hol qo‘llangan? A) Kulib turibman-u, ichimda aytgan gaplarini bir bir eslayapman. B) Kechikgan kunlarimda ishim ham, kayfiyatim ham yaxshi bo‘lmagan. C) Akamla chiqqum safarga. D) Ertalabdan hammaning asabiga o‘ynama. 49. Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim, Men sening ko‘changdan o‘tmasman zinhor. Mening bu olamda o‘z aytar so‘zim Va o‘zim sig‘inar mozorlarim bor. (Abdulla Oripov) Ushbu parchada olmoshning necha turiga mansub so‘zlar qo‘llangan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 50. Men senga tushuntiraman, qayeriga tushunmay qolsang, qo‘rqmay so‘rayver, xo‘pmi? Gapda fe’lning qaysi ma’no turi ishtirok etmagan? A) jismoniy faoliyat fe’li B) nutqiy faoliyat fe’li C) aqliy faoliyat fe’li D) holat fe’li Download 22.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling