Endi taqrizchiga javob berish uchun so’zni dissertantga beramiz marhamat


Download 16.68 Kb.
Sana08.01.2023
Hajmi16.68 Kb.
#1084052
Bog'liq
60-80


Xulosa qilib aytganda Yaxshiyeva Zebo Rashidovnaning “ Muhammad Alining “Ulug’ Saltanat” tetrologiyasida tarixiy voqealik va uning badiiy ifodasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini ochiq himoyaga tavfsiya qilaman.
Ustoz kattakon raxmat bir necha marotaba dissertatsiyamni qayta-qayta sinchkovlik bilan o’rganib, ko’rib munosabat bildirganligiz albatta birinchi bergan tetrologiya janri namunalarini yetarlicha o’rganish bo’yicha mulohazalarizga qo’shilaman. Ammo, maqsaddan chalg’ib ketmaslik uchun ham biz tor doirada qaragandik. Nutqni indaolashtirish va palifonik nutqni alohida alohida o’rganish kerak degan fikringizga to’laqonli qo’shilaman va bunga albatta ahamiyat qarataman. Iqtiboslar olinganligi olingan nazariy qarashlar va snosklarni ochishga ko’proq harakat qilganmiz shekinli albatta e’tibor qarataman, keying himoyagacha bo’lgan ishlarimda, raxmat.
Endi so’zni ikkinchi taqrizchi Buxoro davlat universitetining professori filologiya fanlari doktori G’ayrat Murodovga beramiz marhamat:

Endi taqrizchiga javob berish uchun so’zni dissertantga beramiz marhamat:


Ustoz kattakon raxmat, Tadqiqotchi tanqidga chuqurroq munosabatda bo’lishiz kerak degan fikrizga albatta harakat qilamiz ammo, ilmga endi yo’rg’alayotgan, endi shu PhD doktorlik dissertatsiyasini himoya qilayotgan tadqiqotchi sifatida, o’ta tanqidchi bo’lib ketish ma’lum bir manmanlik bo’lmasin degan jihatdan har bir fikrimizga tanqidiy qarashga harakat qildik. Ammo, o’ta tanqidchilikdan ham qochishga harakat qildik. Yana keying fikriz o’sha mavzuning dolzarbligi tushib qolmagan, aksincha tepaga chiqib ketibti. Disertatsiyani qayta qayta ko’rish jihatidan xatolarni to’g’rilash jihatidan ba’zi bir texnik xatolar ham qo’shilib ketyapti. Albatta, aytgan har bir xatolarizni qayta-qayta ko’rib chiqaman va to’g’rilayman. Kattakon raxmat.
Endi hurmatli ilmiy seminar a’zolari rasmiy ……….. tugadi. Dissertatsiya haqida fikr mulohazalar bildiradiganlar bormi? Marhamat.
Boynazar aka manda so’z bor.
So’z filologiya fanlari doktori Jo’raqulovga. Tug’ilgan kuniz bilan bir kun keyin bo’lsa ham tabriklaymiz.
Raxmat hammaga. Raxmat. Assalomu aleykum hurmatli ilmiy seminar a’zolari. Sizlarniyam hammalarizni bayramlar bilan tabriklayman. Salomat bo’linglar, Xop, ovozim yaxshi eshitilyaptimi? Ikki jihatdan bugungi dissertatsiya muhokamasiga qatnashishga o’zimni lozim deb bildim. Birinchidan, Zebo Yaxshiyeva degan qizga bilmadim 10 yil bo’ldimi, 15 yil bo’ldimi jurnalistika fakultetiga dars berganman. Eng aktiv talabalardan edi. Hozir chiqishlaridan ham, savollarga bergan javoblaridan ham, oldingi ruhiyati hali ham saqlanib qolgani sezildi, va biroz publisistligi ham sezildi. Baribir jurnalistikani, publisistikani ta’siridan qutilolmaydi, shu jihati bor. Ikkinchidan, bu mavzuga fikr bildirishimni sababi bu ish avvalo adabiyot haqida va ikkinchidan Muhammadalini “Ulug’ saltanat” asarini ko’pchilik qatori biz ham o’qiganmiz. Avvalo, ishni muhim jihatlaridan biri 4 ta garchi bir yagona mavzuda bo’lsa ham Amir Temur va uning avlodlari haqidagi asar bo’lsa ham lekin bu to’rtta romandan iborat. Bitta dissertatsiya doirasida shu to’rtta romanni joylashni o’zi oson bo’lmagan, chunki, bittasining o’zi ham bitta dissertatsiyaga yetarli bo’ladi hajm jihatdan olinadigan bo’lsa, lekin butunlikni ta’minlash uchundir balki ustozi bilan maslahatlashgandir shu to’rtalasiniyam olgan, balki ma’lum ma’noda material bosimigayam duch kelgan bo’lsa kerak. Lekin shunga qaramasdan Muhammadalining mana shu to’rtta kitobdan iborat asarini bir butun jamlab u haqida fikr bildiribti. Undan tashqari, uning tarixiy jihatlarigayam e’tibor qaratib epopeyalar, eposlar bilan qiyoslashiyam har holda yomon bo’lmagan deb o’yladim va romandagi Amir Temur obrazini markazga qo’ygan holda uning atrofidagi boshqa asarlarni ham o’rgangan. Keyin yana bitta fikri ma’qul bo’ldi manga haqiqatdan ham garchi asar to’rtta alohida kitobdan iborat bo’lsa ham, garchi Temuriylarni boshqa vakillari haqida fikr ketsa ham, bitta kitobda Amir Temur, bitta kirobda Umar Shayx markazda tursa ham lekin biografik nuqtai nazardan tarixiy biografik asar deb olishi to’g’ri, chunki markazda baribir Amir Temur shaxsiyati turaveradi. Mana shu jihatdan to’g’ri olgan deb hisoblayman. Umuman bir nechta muammolarni qo’ygan imkon qadar hal qilgan, ish yomon yozilmaganligi ko’rinib turibti. Dissertant ham mavzuga ham dissertatsiyaga ham munosib. Shu bilan birga yana uchta bir narsani aytib ketmoqchiman. Balki bu maslahatlarim Zeboga keyingi bosqichlarga kerak bo’lib qolar deb o’yladim asosan, bo’lmasa chiqish qilmasdim. Birinchi gap bu yerda polifoniya haqida gap ketti o’sha asarda go’yoki bir polifonik talqin bordek shunga yaqin fikrlar aytildi. Bu fikrga man mutlaqo qo’shilmayman. Polifoniya o’zbek romanchiligida umuman yo’q. Endi Muhammadali ijodi aynan manashunaqangi Amir Temur haqidagi asari nuqtai nazaridan olinadigan bo’lsa, bunda hatto polifoniyaning bitta sharti bo’lgan dialagikligi ham yo’q. Shuning uchun bu asarga polifoniya muammosini qo’yib qarash noto’g’ri. Xafa bo’lmaysila bu aniq inkor qilinadigan narsa, chunki polifoniya hatto rus adabiyotida ham dunyo adabiyotida ham polifonik talqin to’la ma’noda faqatgini Dostayevskiyda nomoyon bo’lgan boshqalarida u darajada mukammal bo’lmagan hattoki Dastayevskiyni ham hamma asrlari polifoniyamas deyishadi. Polifoniyaning uchta muhim belgisi bor. Har bittasi kankret bu o’zini ifodasini topgan bo’lishi kerak polifonik talqin bo’lishi uchun. Masalan birinchisi dialog degani biz tushunadigan ma’noda dialogmas. Agar Zebo mani o’sha Baftin haqidagi maqolalarimni o’qigan bo’lsa o’sha yerda dialog nimaligini tushuntirib berganman. Ikkinchisi Idiolog deydi. Keyingisi o’z-o’zini anglash deydi. Uchchalasi to’la qonli aks etgan asarni polifonik deydi. Buni juda nozik tomonlari ko’p hammasi ni aytib o’tirmayman. Dastayevskiyning o’zi yeta olgan xolos, bu birinchi gap. Ikkinchi gap “Ulug’ saltanat”ni o’qiganmiz haqqatdanam o’sha tarixiy ma’lumotlarni, tarixiy shaxslarni to’qima obrazlarni umumlashtirib yozilgan asar.
Download 16.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling