Endoplazmatik to'r, uning tuzilishi va tavsifi


Download 208.14 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi208.14 Kb.
#1020012
Bog'liq
Endoplazmatik t-WPS Office


Endoplazmatik to'r, uning tuzilishi va tavsifi.
Reja:

  1. Endoplazmatik to'rning tuzilishi va turlari

  2. Endoplazmatik to'r hillarining farqlari

  3. Donador endoplazmatik tór tuzilishi va vazifalari

4. Silliq endoplazmatik to'r tuzilishi va vazifalari
Endoplazmatik to'r ilk marta 1945- yil K.Porter va uning shogirdlari tomonidan fibroplast hujayralarini maxsus bo'yoqlar bilan bo'yab elektron mikroskop ostida qaraganda sitoplazmaning ektoplazma qismi och bo'yalib endoplazma qismi och bo'yalganligiga e'tibor beradi. To'q bo'yalgan qismida mikroskop ostida ko'p sonli mayda vakuolalar, kanalchalr yig'indisi to'rga o'xshash tuzilmani hosil qilganligini ko'rinadi. Shu tarzda endoplazmatik to'r kashf qilinadi.
Elektron mikroskopiya usuli bilan endoplazmatik to'rning 2 xili aniqlandi:
Donador (granulyar) va silliq ( agranulyar) endoplazmatik to'r.


Donador endoplazmatik to'r ingichka kanallar, sisternalar, xaltachalardan iborat bo'lib uzilmas membrana bilan chegaralangan. Sisternalar kengligi 20nm ni tashkil qiladi. Bu membranalarning gialoplazmaga qaragn tomoniga yumaloq donachalar - ribosomalar joylashadi. Buni birinchi bo'lib J.Palade ta'riflagan va uni ribonukleoproteidlar ekanini aniqladi. Hozirgi vaqtda bu donachalar ribosoma ekanligi isbotlangan. Bu yerda ribosomalar polisomalar shaklida joylashadi. Ribosomalar endoplazmatik to'rning membranasiga katta subbirligi bilan birikkan bo'ladi. Olimlar shu narsaga e'tibor berishganki, aktiv o'suvchi, ko'payuvchi, faol
oqsil sintezlovchi hujayralar bazofil sitoplazmaga ega (asosiy bo'yoqlarni qabul qiluvchi) sitoplazmaning bunday bazofiliyasi RNK ko'p bo'lishi bilan boqliq. Shuni aytib o'tish kerakki, hujayra RNKsining asosiy miqdori ribosomal RNKdir. Demak

sitoplazmaning bazofil qismi ribosomalarga boy bo'lib ularda faol oqsil sintezi boradi. Ribosomalarning joylashish tartibi hamma hujayralarda turlicha. Masalan: embrional, regeniratsiyalanuvchi, shish ya'ni bo'linuvchi hujayralarda ribosomalar endoplazmatik to’r bilan kam miqdorda bog’lanadi. Ularning asosiy soni gialoplazmada polisomalar ko'rinishida joylashadi.
Hujayralarda endoplazmatik to'rning 2 xil ko'rinishi -siyrak joylashgan membranali endoplazmatik to'r va bur tutam membranalr yig'indisi - ergastoplazma uchraydi.
Siyrak endoplazmatik to'r metobolitik jarayonlari sust boradigan hujayralar uchun xosdir. Masalan, jigar yoki nerv hujayralarida siyrak joylashgan membranalardan iborat jbo'lsa, oshqozonosti bezi hujayralarida ergastoplazma joylashgan.
Membranalari yuzasida polisomalarning joylashganligi uning oqsil sintezida ishtirok etishidan dalolat beradi. Endoplazmatik to’r elementlarida hujayraning bir qism oqsillari sintezlanadi.
Donador endoplazmatik to’r hujayra ichi hazm jarayonlarida ishtirok etuvchi oqsil-fermentlar sintezida ishtirok etib, bu fermentlar fagositar yoki pinositar vakuolga tushib makromolekulalarni parchalaydi. Donador endoplazmatik to’r vazifasi membralalari yuzasida joylashgan polisomalari ishtirokida eksport oqsillarini sintezlash, ularni hujayraning boshqa tuzilmalaridan membrana bo’shliqlari ichida izolyatsiyalashajratish, bu oqsillarni hujayraning boshqa kompartmentlariga tashish va ularning kimyoviy modifikatsiyasida ( o'zgarishida) ishtirok etish.
Silliq (agranulyar) endoplazmatik to’r - retikulyar membranalar tizimidan iborat bo'lib alohida tuzilma deb qaralmaydi. U ham vakuolalar kanalchalar va naychalar hosil qiladigan membranalar to'plamidan iborat va bir-biri bilan qo'shilishi mumkin. Yuzasida ribosomalari yo’q . Kanalchalar kengligi 50-100 nm, odatda zonalar hosil qilib joylashadi. Masalan, ichak epiteliysi hujayralarida hujayraning apikal (yuqorigi) qismida, so'rish yuzasiga yaqin, jigar hujayralarida glikogen to'planadigan joyda bo'ladi. Silliq endoplazmatik to’rda ayniqsa steroidlar sintezlanadigan hujayralarda, jigar hujayralarida va mushak tolalarida glikogen tuplanadi. Jigarda silliq endoplazmitik to'r zonasi kattalashib ketishi patologik jarayon bilan bog’liq. Turli kimyoviy moddalar, kanserogenlar, zaxarli moddalar, gormonal preparatlar ta'sirida hujayralar o'zining bazofil sitoplazmasini yo’qotib ularda RNK miqdori kamayadi va silliq endoplazmitik to'r miqdori ko'payadi. Jigar hujayralari silliq endoplazmatik to’r yordamida bu moddalarning salbiy ta'siriga qarshi kurashadi.Ko'ndalang targ’il muskullarda silliq endoplazmitik to'r vakuolalari va kanallari (sarkoplazmatik retikulum) har bir miofibrillni o'rab turadi. Bu yerda silliq endoplazmitik to'r kalsiy ionlarini to'plashi natijasida mushak tolasi bo'shashadi.


Hujayra membranalarining sintezi. Endoplazmatik to'rning muhim xususiyati hujayra membranalarining hosil qilishda ishtirok etishidir. Endoplazmatik to’r elementlari hamma hujayra oqsillarini, membrana lipid qavati moddalarini sintezlaydi va membrananing lipoproteid tuzilmasini teradi. Endoplazmatik to’rda Golji apparati, sekretor vakuolalar, integral oqsillarni sintezlanadi


Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. I.A.Abdulov, H.U.Holbekova "Hujayra biologiyasi" Toshkent; "VNESHINVESTPROM"; 2019. 53-57 b



  1. I.Badalxo'jayev, T.Madumarov. "Sitologiya" Andijon; 2013. 84-88 b



  1. S.M.Mustafayev "Sitologiya" Toshkent; "Idris Abdurauf Nashriyoti" 2020. 55-56 b

Download 208.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling