Mavzu: O`simliklarning o`sishi. Mavzu rejasi
Download 198.32 Kb. Pdf ko'rish
|
15-ma`ruza O`simliklarning o`sishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirish o’chun savollar
Mavzu: O`simliklarning o`sishi. Mavzu rejasi: 1. O’sish bosqichlari. 2. O’sishning davriyligi. Tinim davri. 3. O’simliklar harakati. Tayanch so’zlar: vegetativ, reproduktiv, kunlik va mavsumiy davriylik, tinim, tropizm, nastiya, nutatsiya. O’simliklarning hayotiy davrini aniqlashda o’sish va rivojlanish atamalaridan foydalaniladi, O’sish o’simliklarning tashqiko’rinishi, massasi, hajmi, yuza qismlar va hujayradagi boshqa o’zgarishlar bilan aniqlanib, miqdoriy o’zgarishlarni yigindisidan iborat. O’simliklarni hayotiy tsili ikki davrni ya'ni vegitativ va reproduktiv davrlarni o’z ichiga oladi. Birinchi davr davomida o’simlikning vegitativ massasi jadal hosil bo’ladi. Reproduktiv davr esa gullash, meva hosil qilishdan iborat. O’simliklarni o’sishi quyidagi belgilarga qarab aniqlanadi: balandligi, poya qalinligi, massasi (quruq va ho’l massa), barg sathi, hujayralarning soni, oqsil va DNK miqdori. O’simliklarning o’sishi urug`ni unib chiqishdan boshlanadi. O’simlik urug`lari 3 ta asosiy qismdan iborat; qoplovchi to’qimalar (himoya vazifasini bajaradi), gaz va suv almashinuvini boshqaradi. Embrion to’qima (ildizga, bargga, poyaga), zahira moddalar to’plovchi qism. Urug`ni unishi suvni shimilishi bilan boshlanadi. Urug` bo’rtadi va tashqi qobig`i yoriladi. Unish davrida fermentlar ta'sirida murakkab organik birikmalar oddiy birikmalargacha parchalanadi. Yuksak o’simliklarning o’sish tezligi har xil bo’ladi, Zamburug`lar bir minutda 5 mm, bambuk poyasi 1 mm, oshqovoq, poyasi- 0,1 mm, ko’pchilik o’simliklarning poyasi 0,001 mm tezlikda o’sadi. O’simliklarning o’sishiga harorat, yorug’lik , namlik va boshqa tashqi muhit omillari ta'sir ko’rsatadi. O’simliklarning o’sishi genetik omillar bilan ham bog’liq. Hujayra xromosomalarining karrali ko’payishi ya'ni poliploidiya xodisasi o’simliklarda gigantizm ya'ni xaddan tashqari poyani o’sib ketishi, mevani kattalashishiga sabab bo’ladi. Geterozis -"Gibrid kuchi" hodisasi hamo’simlikni o’sishini ko’paytiradi. Bunda hosil 20-30 % ga oshadi, lekin keyingi avlodlar ko’rinmaydi. O’simliklarning o’sishi bir necha bosqichdan iborat. Embrional davri. Cho’zilish davri. Differensiatsiyalanish davri. Embrional davrda barcha hujayralar tsitoplazma bilan to’lgan bo’ladi. Ularda hali vakuolalar bo’lmaydi. Cho’zilish davrida esa vakuolalar paydo bo’lib, hujayra qobigi o’sa boshlaydi va hujayra taranglashadi. Poyaning uchki o’suvchi qismida va ildizning o’suvchi qismida yosh hujayralar embrional davrda bo’lib, o’sish qatlami deb ataluvchi qismni hosil qiladi . Poya qismi tashqitomondan yosh bargchalar bilan himoyalangan bo’lib, o’sish nuqtasi bilan birga kurtakni hosil qiladi. O’sishni embrional davrida meristema to’qimalarida doimo yangi hujayralar hosil bo’lib turadi. Bunda hujayralardan bittasi hardoim meristema hujayrasi bo’lib qoladi, ikkinchisi esa differensiatsiyaga uchrab ma'lum to’qima hujayrasiga aylanadi. O’sishni cho’zilish davrida esa meristema hujayralari bo’linishdan to’xtaydi, hajmi kattalashadi va kuolalar hosil bo’ladi, hujayra shirasi bilan to’ladi. Hujayra embrional davrdagiga nisbatai yuz martadan ko’pro kattalashadi. O’sishni differensiatsiya davrida embrional hujayra maxsus xujayraga aylanadi. Maxsus hujayralardagi fiziologi jarayonlar gen yordamida boshqariladi. Bunda bir xil hujayralar yadrosini yo’qotib, o’lib ketadi, boshqalari esa yana embrional hujayraga aylanib, bo’linish davom etadi. O’simliklardagi o’sish jarayoni davriylik xususiyatiga ega bo’lib, ular o’sishning o’ziga xos tomonlari va tashqiomillar ta'siri bilan bogliq bo’ladi. Ikki xil davriylik ko’zatiladi. 1. Tsirkad (kunlik) davriylik. Taxminan bir kecha-kunduz davomida boradi. 2. Yillik davriylik. Yil davomida fasllarni almashinuvi yoki iqlim sharoitining o’zgarishi bilan bog’liq. O’simliklarning o’sishini barcha bosqichlarida tinim davri bo’ladi. Tinim me'yoriy fiziologik jarayon. O’simliklarning xar xil sharoitga moslashuvi bilan bog’liq. Bu davrda o’simliklar o’sishdan to’xtaydi, nafas olish juda sekin boradi. Moddalar almashuvi jadalligi juda past bo’ladi. Tinim davri ikki xil bo’ladi. Majburiy tinim. Fiziologik tinim. Majburiy tinim tashqiomillar ta'sirida bo’lib, ular o’simlikni o’sishini to’xtatadi. Fiziologik tinimda o’sishni to’xtashi ichki omillar endosperma, urug` po’stlog`idagi o’zgarishlar bilan bog’liq. Tabiiy sharoitlarda o’simliklarni o’sishdan to’xtab turishi, turning saqlanishi uchun eng muhim moslanishdir. O’simliklarni tinim davrini sun'iy ravishda o’zgarish mutmkin. Bunda turli xil fitogormonlardan foydalaniladi. O’simliklarning harakati. O’simliklarning aksariyati tashqi ta'sirni qabul qilib, tegishli harakatlar bilan javob qaytaradi. Mimoza o’simligini barglariga tegilsa, so’lib qolishi, o’simlikni barg va gullari yorug’lik tushgan tomoniga qarab ma'lum holatni olishi ilgaridan ma'lum. Turli xil tashqi qo’zg`atuvchilar ta'sirida o’simlik organlari holatini o’zgarishi o’sish harakatlari deb ataladi. Bularga tsitoplazmatik harakat, xloroplastlar harakati, yadro harakati, turgor harakati, o’sish bilan bog’liq, Harakatlar (tropizm va nastiya) kiradi. Bir tomonlama tashqiomil ta'sirida o’simlik organlarining harakatlari tropizmlar deb ataladi. Ta'sir etuvchi omilning harakteriga qarab tropizmlar bir necha xil bo’ladi. Fototropizm - birtomonlama yorug’lik ta'sirida o’simlik organlarini burilishi yoki yo’nalishini o’zgarishi. Bu jarayonda yorug’lik tushayotgan tomon bilan yorug’lik tushmayotgan tomonlarda o’sish tezligini harxil bo’lishi bilan bog’liq. Kungaboharsavatini quyoshga qarab turishi bunga misol bo’ladi. Geotropizm - ma'lumki barcha o’simliklar yerning tortish kuchi ta'sirida o’simliklar harakat yo’nalishini o’zgartiradi. Bunday jarayon geotropizm deb ataladi. Urug`larning o’sish davrida o’simliklar gravitatsion maydonda yo’nalishlarini o’zgartiradi. Bunda ildiz o?irlik kuchi bo’ylab harakat qilsa, poya unga qarshi harakat qiladi . Xemotropizm - turli xil kimyoviy moddalar ta'sirida o’sish yo’nalishini o’zgarishi xemotropizm deb ataladi. Bu xususiyatga faqat suvda erigan kimyoviy moddalar emas, balki gaz holdagi moddalarga hamtegishlidir. Yuqoridagi tropizm turlaridan tashqari yana bir qator boshqa tropizm xillari aniqlangan. Bulardan eng muhumlari gidrotropizm (namlik), termotropizm (harorat) va boshqalar. Nastiyalar. Tashqiomillarning ta'sirini o’zgarishiga javoban o’simlik organlarini qaytar harakatlari nastiyalar deb ataladi. Bunday harakatlar tropizmdan farqli ravishda birmuncha rivojlangan harakat shaklidir va ma'lum yo’nalishga ega bo’ladi. Nastiyalar ham, foto-, termo-, gidro-, xemo-, elektronastiyalarga bo’linadi. Nastik harakatlar (gullarni ochilib yopilishi, barglarni so’lishi) yoki predmetlarga yopishish (mo’ylovlar harakati) o’simlik organlarini himoya qilishni ta'minlaydi. Chirmashib o’suvchi o’simliklar. Bu o’simliklar (chirmovuq-pechakgul) novdaning tomonlari bir xilda o’smasligi natijasida, ularni o’suvchi qismi fazoda o’zini holatini doimo o’zgartirib turadi, natijada aylanma harakat nugatsiya hosil bo’ladi. Chirmashib o’suvchi o’simlikning tanasi biror narsaga duch kelsa aylanma harakat qilib, harakatsiz tayanchga yopishadi va yuqoriga ko’tariladi. Tekshirish o’chun savollar: O’sish bosqichlari necha xil bo’ladi? O’sishni davriyligi qanday tushintiriladi? Tropizm va nastiya harakatlarining farqi nimada? Aylanma harakat qanday vujudga keladi? Download 198.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling