Eneolit makonlari birinchi bo’lib Ikki daryo oralig’i va Misrda vujudga kelgan


Download 48.97 Kb.
bet2/2
Sana30.01.2023
Hajmi48.97 Kb.
#1140873
1   2
Bog'liq
2. Eneolit davrini Namozgoh madaniyati

Namozgohtepa — eneolit va jez davriga oid qishloq harobasi. Jan. Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida joylashgan, maydoni 70 ga. 1949—52 yillarda professor B. A. Kuftin boshchiligidagi arxeologlar guruhi qazishmalar olib borgan va butun Oʻrta Osiyo eneolit va jez davriga tegishli arxeologik davriy sistemasi ishlab chiqilgan. 1950-yillarning oʻrtalaridan boshlab yodgorlikni keng koʻlamda oʻrganish ishi bilan V. M. Massoy boshchiligidagi Sankt-Peterburg arxeologlar guruhi shugʻullanib kelgan. N.da madaniy qatlamning qalinligi joylarda 34 m gacha boradi. N. madaniy qatlamlari 6 ta xronologik bosqichlarga (Na-mozgoh 1—6) boʻlingan. Ulardan Namozgoh 1—3 eneolit davriga, Namozgoh 4—6 esa jez davriga oiddir. Namozgoh — 1 (ilk eneolit) davrida aholi xom gʻishtdan kurilgan bir xonali uylarda yashagan. Namozgoh — 2 (oʻrta eneolit) davriga kelib, uy-joy qurilishida koʻp xonali uylar paydo boʻladi, bu davr qishloklarining atrofida mudofaa devorlari qad koʻtara boshlagan. Koʻp xonali uylar orasida doyra shaklida otashgohlar qurilgan. Namozgoh — 3 davriga kelib (soʻnggi eneolit), qishloklarning hududi ancha kengayadi, uy-joy majmualari qoshida hovlilar paydo boʻlgan, hovlilarni birlashtiruvchi tor koʻchalar rasmiylashadi, koʻchalar esa qishloq markaziga joylashgan ochiq maydonga tutashadi.
Eneolit davrining mehnat qurollari, asosan, toshdan, suyakdan va qisman misdan ishlangan. Sopol ishlab chiqarishda hali kulollik charxi kashf etilmagan, sopol idishlar qoʻlda yasalgan. Mas, Namozgoh — 1 davri idishlariga qora mineral rang bilan geometrik naqsh berilgan. Namozgoh — 2 bosqichi sopol idishlarining shakli va ularning sirtiga tushirilgan naqshlar sodda va koʻp jihatdan Namozgoh — 1 sopollaridan kam farq qilsada, ammo Namozgoh — 1 davrining "monoxrom" naqshlari oʻrnida Namozgoh — 2 davrining "polixrom" naqshli sopollar yasala boshlagan. Namozgoh — 3 davriga kelib, av-valgi sodda qilib ishlangan geometrik naqshli sopollar oʻrnini murakkab, jimjimador nozik gulli sopollar egallaydi. Sopollarga "gilam gulli naqsh" deb yuritilgan bezak berilgan. Hayvon va parrandalarning suratlarini tushirish odati yanada keng tuye oladi. Bu esa urugʻdoshlik jamoasining diniy tasavvurlarini "totemlar" koʻrinishida namoyon boʻlishidan guvoxlik beradi. Eneolit davri xoʻjaligining asosini sugʻorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Namozgox, — 2 davridan boshlab sunʼiy suv omborlari qurish boshlanadi. Namozgoh — 4 davri majmualari N.da ilk jez davrining boshlanishidan guvoxlik beradi. Dehqonchilik va xonaki chorvachilik xoʻjaligi, hunarmandchilikning turli sohalari keng rivojlanadi. Namozgoh — 4 davrining soʻnggi bosqichida kulollik charxi kashf etiladi. Natijada sopol ishlab chiqarish sohasida shunday sezilarli oʻzgarishlar yuz beradiki, oqibatda Oʻrta Osiyoning janubiy rayonlari oʻz taraqqiyoti bilan koʻp jihatdan Qad. Sharq madaniyatiga yaqinlashib qoladi. Sopol ishlab chiqarishda biko-nik shakldagi idishlar., qadah va vazasimon idishlar paydo boʻladi. Idishlarning sirtiga daraxtlar, echki va qushlarning suratini solish keng tuye oladi. Idishlarga "gilam gulli naqsh" solish davom etadi. Shu bilan birga Namozgoh — 4 davrining soʻnggi bosqichida tiniq rangli gulsiz sopollar koʻpayadi. Meʼmorlikda monumental inshootlar qurish kuzatiladi. Namozgoh — 5 bosqichida jez davrining gullagan pallasi boʻlib, har sohada rivojlanishning kjsak darajasi kuzatiladi. Sopol ishlab chiqarish korxonalarining mahsuloti toʻlatoʻkis tovar harakterini oladi. Sopol idishlarning turi va xili koʻpayadi. Sopollarning mutlaqak-sariyati naqshsiz ishlab chiqariladi. Meʼmorlikda monumental inshootlar qurish keng tuye oladi. Tom maʼnodagi ilk shahar shakllanadi. Namozgox. — 5 davrida yuz bergan ijtimoiy, iqtiso-diy va madaniy oʻzgarishlar Namozgoh — 6 davrida yanada kengroq va chuqur-roq davom etadi. N.da soʻnggi davr katlamlari kam uchratildi. Buning boisi, aynan shu davrdan eʼtiboran metropo-liyalardagi shahar xayoti yangi mintaqalarga koʻchadi (Mas, Murgʻob voqasi va Qadimgi Baqtriyaga).
Download 48.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling