Energatika va sa


Download 287.38 Kb.
bet24/26
Sana08.01.2022
Hajmi287.38 Kb.
#242616
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
exernet

Tayanch soZ va jio/a/ari: Masofadan o’qitish uslubi, o’quv uslubiy materiallar, o’qituvchi, o’quvchi, kommunikatsiya, elektron darslik, audio va video darsli, internet sahifa, elektron kutubxona, testlar, mulьtimediya.

Ko’pchilik internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elektron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Internetdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya’ni Internet turli soxalarga tadbiq qilindi. Internet texnologiyalar: masofadan o’qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina,

telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va boshqalar .

Quyida bu texnologiyalarning qisqacha, lekin asosiy tavsiflarini keltiramiz.

Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o’zgarmoqda.

Deyarli xar daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o’zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea xodisalar sodir bo’lmoqda. Xar bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kechmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informatsiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Xayotni anglash, uni o’rganish informatsiyalarni yig’ish va o’zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o’zlashtirilgan informatsiyalarning ko’p yoki ozligi bilan belgilanadi.

SHuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish ta’limotni takomillashtirishda yangi informatsiya texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni ham zimmamizga shu ma’suliyatni yuklaydi.

Vaholanki ta’lim tizimida sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ta’lim tizimida masofadan o’qitish uslubi shakllari qo’llanilmoqda. Masofadan o’qitish uslubi bu sirtqi o’qishning yangi shaklidir. Masofadan o’qitish bu mustaqil o’qishdir. Mustaqil o’qish insonning mustaqil fikrlash, xolatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Masofadan o’qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o’kuvchi o’ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan xolda o’qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko’pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o’zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.

Masofadan o’qitishning yana bir afzallik tomoni unda o’qish muddatini o’kuvchi o’zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o’qishni boshlaydi, materiallarni o’qituvchi nazoratida o’zlashtiradi. O’zlashtirish topshiriqlami, testlami bajarishiga qarab aniqlanadi. O’quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o’zlashtirsa, shunchalik tez o’qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o’zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o’qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.

AQSH masofadan o’qitish texnologiyasi bilan Virginia Commonwealth University MCV da Dr. Dolores Clement rahbarligida o’rgandik [Z], Bu usuldan bir necha yillar davomida foydalanilmoqda. Unda magistraturani tugatgan vrachlar o’qiydi. Vrachlar dunyoning turli nuqtalaridan turib o’qish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ba’zi bakalavriyat talabalari birnecha mutaxxassislikni egallash maqsadida bu usuldan foydalanishadi.

Masofadan o’qitishda odatda ishlayotganlar, onalar, o’qiyotganlar biror mutaxxassislikni egallash yoki malakasi IH oshirish maqsadida o’qiydi. Bu uslub nogironlar uchun juda qulaydir. Masofadan o’qitishda hattoki mahbuslar ham o’qish imkoniga ega. Bu haqida bir necha bor Avstraliyada eshitdik.

Masofadan o’qitish ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodan qulaydir.

Masofadan o’qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o’qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o’qitishda moliyaviy harajatlar asosan o’quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu harajatlar ning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy harajatlar kamayadi. SHuning uchun talabalar sonini oshishi bilan o’qish narxi ham pasayadi. Masofadan o’qitishda asosiy e’tiborni o’kuv uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. CHunki o’quv uslubiy materiallarning sifati masofadan o’qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O’quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo’Isa, shunchalik u o’quvchiga foydali bo’ladi. Ya’ni material uslubiy jihatdan puxta bo’lmog’i zarur.




Download 287.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling