Energeikada Raqamli Texnologiyalar
Ilmiy-texnikaviy va sanoat – ishlab chiqarish potensiali
Download 22.02 Kb.
|
Energeikada Raqamli Texnologiyalar
2. Ilmiy-texnikaviy va sanoat – ishlab chiqarish potensiali.
Ilmiy-texnikaviy potensial deganda fan va fan sohalariga xizmat qiladigan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar yigindisi, umumiy, tabiiy, texnikaviy fanlarda to‘plangan bilimlar hamda mamlakat ega bo‘lgan va ilmiy- texnikaviy yutuqlarni amaliyotiga joriy qilish va foydalanish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish tajribasi tushuniladi. Ilmiy-texnikaviy potensialda faoliyat sohasini belgilaydigan axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va yetkazish bilan bog‗liq, xalq xo‘jaligining faoliyat ko‘rsatishiga zarur bo‘lgan axborot potensiali muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy-texnikaviy potensialning asosiy qismi jamiyat ega bo‘lgan ilmiy – texnikaviy bilimlar yig‗indisi sanaladi, chunki ularga asoslangan holda xalq xo‘jaligi strukturasida muhim, sifatli siljishlarga, iqtisodiyotning rivojlanish sur‘atlarini tezlashtirishga erishish mumkin. Ilmiy-texnikaviy potensialni xarakterlantiruvchi kuchlar sifatida quydagilarni sanab o‘tish mumkin: ilmiy qidiruv, ilmiy- texnikaviy va ishlab chiqarish qarorlari. Bular bilimni yaratadilar va chuqurlashtiradilar, ishlab chiqarish tajribasini sistema holiga keltiradilar va rivojlantiradilar, yangi turdagi mehnat vositalari, mehnat predmetlari va iste‘mol predmetlari ko‘rinishida ishlab chiqarish sohasiga zamonaviy ilmiy-texnikaviy inqilob yutuqlarini moddiylashtiradilar hamda mavjud bilim va tajribalarni qo‘llaydilar. Sanoat ishlab chiqarish potensiali moddiy ishlab chiqarish sohalari, qurilish sanoati, transport va aloqa, mehnat resurslari, ishlab chiqarish quvvatining yig‗indisini ifodalaydi. Sanoat ishlab chiqarish potensialining asosiga asosiy fondlar va mehnat resurslari kiradi. Sanoat ishlab chiqarish potensialini oziq-ovqat majmui va ijtimoiy infratuzilma potensiallari bilan yaxlit aloqada bo‘lishini ko‘rsatish zarur. Sanoat ishlab chiqarish potensiali zamonviy bosqichida rivojlanishining asosiy omillaridan biri sanoat ishlab chiqarishining mehnat resurslari bilan ta‘minlanganligi hisoblanadi. Sanoat ishlab chiqarish potensialining quvvatini belgilovchi asosiy mezon – bu, korxonalar soni hisoblanadi. Download 22.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling