Energetik sharoitlari


 Neft-gaz uyumlarining tabiiy rejimi


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

5.3.3. Neft-gaz uyumlarining tabiiy rejimi 
Uyumning tabiiy rejimi deb neft va gazning quduqlar tubiga 
oqib kelishini ta’minlovchi tabiiy kuchlar yig’indisiga aytiladi. 
Neft qatlamlarining tabiiy rejimi xususidagi tushunchalarning 
nazariy asoslarini er osti gidrodinami-kasi va kon geologiyasiga 
tayangan holda olimlar yaratgandirlar. 
Qatlamda neftni harakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardir: g’z 
massasi bilan ta’sir etuvchi chegara suvlarining bosimi, tog’ jinslari va 
suvning elastiklik xossalari tufayli ta’sir etuvchi chegara suvlari kuchi, 
gaz qalpoqdagi gazning bosimi, neftda erigan holatdan ajralib 
chiqayotgan gazning kuchi, neftning og’irlik kuchi. Keltirilgan 
omillarning qaysi biri ko’proq g’z ta’siriga ega bg’lganligiga qarab 
rejimlar suv bosimi, elastik suv bosimi, gaz bosimi, erigan gaz, 
gravitatsiya rejimlariga bg’linadilar. 
Gaz va gazkondensat konlaridagi asosiy kuch bosim ostida 
yotgan gazning hamda chegara suvlarining siquv kuchidir, shunga 
qarab ulardagi rejimni gaz rejimi yoki elastik suv bosimi rejimi deb 
ataladi. 
Qatlamning tabiiy rejimi asosan geologik omillar bilan 
belgilanadi, bular: uyum mavjud bg’lgan suv bosim sistemasining 
xususiyati va unda ta’minot hududiga nisbatan uyumning qanday 
joylashganligi, uyumning geologo-fizik xossalari, undagi termobarik 


24 
sharoitlar, uglevodorodlarning fazali holati, kollektorlarning yotish 
sharoitlari, uyumning suv bosimi sistemasi bilan g’zaro bog’liqligi va 
sh.k. Qatlam rejimi uyumning ishlatish, undan neft-gaz olinishining 
jadalligi, hamda bu olinayotgan mahsulotning uyum hajmiga nisbati 
va taqsimlanishi ta’sir kg’rsatadi.
Uyumni qazib chiqarish jarayonida qatlam bosimining kamayii 
darajasi suv-neft, neft-gaz, gaz-suv chegaralarining harakatlanishi va 
shuning natijasida uyum hajmining hamda neft-gaz zahiralarining 
g’zgarishi tabiiy rejimga chambarchas bog’liqdir. Bularni qatlamga 
qazilishi lozim bg’lgan quduq soni va ularni joylashtirishda, ulardan 
olinadigan mahsulot mikdorini belgilashda, qatlam rg’parasini otish 
oraliqlarini belgilashda va qazib chiqarishni nazorat qilishda xamda 
tartibga solishda qilinishi lozim bg’lgan ishlarni bajarishda inobatga 
olish joizdir. Tabiiy rejim qazib chiqarish samaradorligini belgilaydi, 
yillik qazib chiqarish miqdorini hamda qatlamdan olinadigan hamma 
neftning miqdorini belgilash sharoitlarini kg’rsatadi. Tabiiy rejim 
sharoitining imkoniyatlariga qarab biz uyumga sun’iy suv haydash 
usullarini qg’llashimiz lozimmi yoki yg’qmi, degan savolga javob 
topamiz. 
Quduqlarni ishlatish usullari va ularning muddatlari, kondagi 
texnologik qurilmalar hamda uni obodonlashtirish ishlari ham ma’lum 
darajada tabiiy rejimga bog’liq bg’ladi. 
Uyumning rejimi ishlatish jarayonida har xil egri chiziqlar bilan 
ifodalangan qatlamning bosimi, undan olinayotgan mahsulotlar 
miqdori (neft, gaz, suv), ishlab turgan quduqlar va hamma quduqlar 
soni hamda shu kabilar bilan ifodalanadi. 
Bunday kg’rsatkichlar uyumning qazib chiqarish chizmasi 
orqali kg’rsatiladi. 
Neft uyumlari yuqorida aytganimizdek suv siquvi elastik suv 
siquvi, gaz siquvchi, erigan gaz, gravitatsion rejimlarda ishlatilishi 
mumkin. Quyida biz ularning g’ziga xos xususiyatlarini alohida-alohida 
tushunishga harakat qilamiz. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling