Energetik sharoitlari


 Uyumlarni ishlatish jarayonida er ostini


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

13.3. Uyumlarni ishlatish jarayonida er ostini 
 himoya qilish 
Foydali qazilmalarni chiqarish jarayonida er ostini himoya 
qilish qonun bg’iicha tasdiqlangan va quyidagilarni ta’minlashni 
taqozo etadi: er osti boyliklarini chiqarishda oqilona va foydali 
usullarni taqozo etgan holda ular bilan birga va sanoat ahamiyatiga 
molik bo’lgan qo’shimcha mahsulotlarning ham chiqarilishini 
ta’minlashni amalga oshirmog’i lozim, undan tashqari me’yordan 
ortiq nobudgarchilikka yg’l qg’ymaslik taqozo etiladi, yana bu 
jarayonda mahsuldor qismlarni ishga solib, natijada kam mahsuldor 


179 
maydonlarning qolib ketishi kabi nobudgarchilikka aslo yg’l qg’yib 
bg’lmaydi. 
Qazib chiqarish jarayonida konni razvedka qilishni davom 
ettirish va boshqa vazifalar ham g’z yg’rig’i bilan olib borilishi lozim, 
undan tashqari qazilma boylik zahiralarini va mumkin bg’lgan 
yg’qotish kg’lamini ham chamalab berish tavsiya etiladi. 
Biror konni qazib chiqarish jarayonida uning yonida joylashgan 
konni qazib chiqarish ishlarini bajarishda qiyinchilik va murakkabliklar 
kelib chiqishiga olib kelmaslik lozim, yana er bag’ridagi qg’shimcha 
foydali qazilmalarning ishdan chiqishiga yg’l qg’ymaslik darkor. 
Foydali qazilma bilan birgalikda chiqayotgan va xalq xo’jaligi 
uchun foydali bg’lishi mumkin bg’lgan qg’shimcha mahsulot yoki 
sanoat chiqindisi hisobga olinmog’i va uni ishlatish yg’llari izlanmog’i 
lozim. 
Neft va gaz zaxiralarini tg’laligicha ishlatolmaslik asosan 
ularning tuzilishini g’rganish va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash 
sharoitida yg’l qg’yilgan kamchiliklardan kelib chiqadi. Qabul qilingan 
loyihaning texnik va geologik strukturasining aynan g’xshashligini 
(adekvatligi) ta’minlash mumkin bg’lgan ma’lumotlarning taqchilligi 
qazib chiqarish sharoitlarini tanlashda yanglishishlarga olib keladi, 
natijada uyumlarni ishlatish rejimi notg’g’ri tanlanadi va shu kabi 
holatlarga olib kelishi mumkin. Neft bilan birga chiqqan suvlarni 
tanlashni tg’g’ri tashkil qilolmaslik (ayniqsa, ularni qatlamlarga 
haydash), konda kommunikatsion qurilish-larni tg’g’ri va o’rinli 
ishlatish ham kg’p jihatdan ishning natijasiga muayyan ta’sir etadi. 
Loyiha komponentlarining texnik va geologik struktu-rasining 
aynanligini qazib chiqarish rejalari va loyihalar bilan taminlanishi lozim 
bg’ladi. Amalda esa konni razvedka qilish va qazib chiqarish ishlarini 
tahlil qilish natijasida er osti boyliklarini muhofaza qilish amalga 
oshiriladi. Bunda albatta ma’lum miqdordagi axborotlarning sifati 
katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlar aniqligi va qazib chiqarish 
sharoitlarining tartibli kuzatilishi natijasida er ostidagi zahiralarni 
chiqarish va ularning holati tg’g’risida asosli fikrlash holati yuzaga 
keladi. Bular ayniqsa, qatlamning neft beruvchanlik qobiliyatini 
oshirish maqsadida qg’llanishi mumkin bg’lgan yangi uslublar 


180 
ishlatilishida katta ahamiyat kasb etadi. Bunda albatta qatlam uchun 
yod bg’lgan ba’zi kimyoviy moddalarning unga qanchalik ta’sir etish 
holatlariga alohida e’tibor berish taqozo etiladi. SHuning uchun ham 
barcha qilinishi lozim bg’lgan ishlar qazib chiqarishni oqilona ijro etish 
nuqtai-nazaridan kelib chiqishligini unutmaslik va g’shanga izchil 
qaratilmog’i lozimdir. Albatta bular orasida er ostini himoya qilish 
masalasi katta g’rin tutadi. 
Er ostini burg’ulash jarayonida har xil hodisalar (bevaqt ''ochiq 
favvora", qatlamlarning ochilmasdan qolishi va sh.k.) sodir bg’lmasligi 
uchun kon kesimi oxirgi qatlamigacha e’tibor bilan qaziladi va birinchi 
galda eng ostki qatlamlarni g’zlashtiriladi va bu ishlarni bajarish 
jarayonida hamma ehtiyot choralari kg’riladi. 
Bir qancha qatlamlarni bir qavat shaklida ishlatish jarayonida 
ularning biror joyda biridan ikkinchisiga suyuqlik oqib g’tishi mumkin 
bg’lgan joylarini aniqlanadi, agar shunday holat bg’lishi kuzatilsa qazib 
chiqarishning dastlabki davridayoq uni diqqat bilan nazorat qilish 
taqozo etiladi. 
YAxshi g’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bg’lgan konlarni qazib 
chiqarishda ularning g’sha konlarga ta’sirini diqqat bilan g’rganish, 
lozim bg’lgan hollarda bu jarayonning umumiy maqsadga zid 
bg’lmaslik hollarini ta’minlash taqozo etiladi. Bunda neftni nobud 
qilish hollari albatta cheklanishi lozim. 
Neft bilan birga gaz bg’lgan holatlarda gazni beshafqat 
ishlatish uning bosimini kamaytiradi va neft gaz tomonga siljib, quruq 
qatlamlarga shimilib ketadi hamda kg’plab neft nobud bg’lishi 
mumkin. SHuning uchun bunday konlarni qazib chiqarish jarayoni 
gidrodinamik kuzatishlar bilan birgalikda va izchil olib borilishi lozim. 
Maqsad neft va gazning nobud bg’lishligining xar qanday yg’llarini 
oldini olishdan iboratdir. 
Qatlam sharoitida ishlatish jarayoni davom etayotganda 
uglevodorodlarning fazali g’zgarishi sodir bg’lishi (bosim va 
xaroratning g’zgarishi natijasida) maqsadga muvofiq emas, Aksariyat 
bunday hollar gazkondensat konlarini ishlatish jarayonlarida yuz 
berib, qatlamda va quduq tubida gaz tarkibi-dan yuqori molekulali 
uglevodorodlarning kondensat sifatida ajralib chiqishi va quruq 


181 
qumlarga shimilib ketishi, natijada qimmatli mahsulotning mutlaqo 
yg’qolib ketishi aslo yg’l qg’yib bg’lmaydigan hodisadir. Bunday 
hollarning sodir bg’lmasligi uchun qatlam sharoitidagi muayyan 
ahvolga hisob-kitoblar qilinishi va shunga qarab lozim bg’lgan hollarda 
qatlamga quruq gazni haydab, uning bosimini ushlab turish 
imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiqdir. Ana shundagina kg’plab 
kondensatning nobud bg’lishining oldi olinadi. Bu jarayonlar maxsus 
nazorat ostida bajarilishi lozim.
Karbonat kollektorlarga joylashgan neft konlariga kislota bilan 
ishlov berishda g’ta ehtiyotkorlik lozim, agar ishlov beruvchi quduq 
suv-neft chegarasiga yaqin joyda bg’lsa, bu qilingan ish teskari natija 
berib, g’sha chegaradagi suvni quduq tubiga barvaqt kelib qolishiga 
sababchi bg’lishi va natijada ma’lum miqdorda neft nobud bg’lishi 
(qolib ketishi) mumkin. 
Kg’p yillik muzlagan joylarda joylashgan uyumlarni ishlatish 
vaqtida ham qatlamning tabiiy sharoitini keskin g’zgartirmaslik 
choralarini kg’rish taqozo etiladi, aks holda yllik qatlam tarzi buzilib, 
bizga faoliyatimiz uchun zararli natijalar kelib chiqishi mumkin. 
Buzilgan oluvchi quduqlarni ishlatish lozim bg’lgan hollarda 
uni yaxshilab kg’rish va qilinadigan ishga manfiy ta’siri bg’lmagan 
holda va davlat nazorat muassasalarining ruxsati bilan ishga tushirish 
tavsiya etiladi. Haydovchi quduqlar buzilgan bg’lsa, ularni ishlatish 
tavsiya etilmaydi. 
Quduq tubi atrofining g’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish 
maqsadida bajariladigan ishlar (kislota bilan ishlov berish, qatlamga 
gidrorazrыv usulida ta’sir g’tkazish va shu kabilar) quduqdagi 
kolonnaning butunligiga va ularning germetikligiga xech qanday ta’sir 
kg’rsatmasligining ilojini qilish lozimdir. 
Kon inshootlari va kommunikatsion qurilishlarning konni ishga 
tushirish vaqtidan orqada qolishi kg’plab neft va gazning nobud 
bg’lishiga sabab bg’lishi mumkin. 
Qatlamga suv haydash loyihalashtirilgan sharoitlarda suv 
xaydash uchun lozim bo’ladigan inshotlar va ularning yo’llari, 
haydovchi quduqlar o’z vaqtida ishga tayyorlanishi va qatlamdan 
olinadigan hamda unga haydaladigan mahsulotlar mutanosibligini 


182 
saqlash taqozo etiladi. Aks holda qatlamga suv haydash jarayonidan 
kutiladigan natija samarali bg’lmay qolishi mumkin. 
Neft yig’uvchi inshootlar ham g’z vaqtida tayyorlanmog’i lozim 
bg’lmasa, ma’lum vaqt davomida tayyor quduqlar ishlatilmay 
konservatsiya holatida turib qolishi mumkin. Bunday holatga yg’l 
qg’yib bg’lmaydi. 
Loyihada kg’rsatilgan faoliyatlarning g’z vaqtida amalga 
oshirilishi er osti boyliklarini muhofaza qilishning muhim 
omillaridandir. 
Kon sharoitida ishlatilishi lozim bg’lgan barcha inshootlarning 
mavjudligi va ularning ishga tayyor holati hozirgi zamonning eng 
muhim talabidir. Aksariyat hollarda bunday inshootlarga ba’zan 
ikkinchi darajali degan fikr bilan qaralishi natijasida kg’plab zarur 
mahsulotlar nobud bg’ladi. Bunga yorqin misol sifatida milliardlab m
3
neft konlaridan chiqadigan yg’ldosh gazni havoga chiqarib yoqilishini 
keltirish mumkin. Neftni qazib chiqarish va uni kerakli joylarga 
tarqatish masalasi loyihada kg’rsatilgan bg’yicha olib boriladi, lekin 
neft bilan chiqadigan yg’ldosh gazning ishga tushirilishi e’tibordan 
chetda qoladi. Agarda jarayon loyiha bg’lganda ham unga e’tibor 
berilmay tabiat inom qilgan xomashyoga nisbatan vahshiylik qilinadi. 
Bunda muhitga zarardan tashqari iqtisodiyotga ham oz muncha zarar 
keltiriladi. Ikkinchi misol tariqasida gaz kondensat konlarida nobud 
bg’lishi mumkin bg’lgan qimmatli mahsulot kondensatni keltirish 
mumkin. Hech kimga sir emas, yaqingacha bunday konlar bizda oddiy 
gaz konlari qatorida ishlatilgan, natijada har bir quduq oldida 
"kondensat hovuz" lari hosil bg’lar edi. Keyingi 10-15 yil ichida bunga 
e’tibor 
qilinib, 
kondensatni 
gaz 
tarkibidan 
chiqarib olish 
texnologiyasiga ahamiyat berishga boshlashdi. 
Bizda yaqin-yaqinlargacha gaz tarkibida mavjud bg’lgan 
oltingugurt vodorodi xavoda yoqilar edi. Keyingi vaqtlarda undan 
organik oltingugurt olish texnologiyasi ishlab chiqildi va sanoat 
miqyosida qg’llanilmokda. Bunga yorqin misol sifatida Muborakdagi 
gaz kompleksini faoliyatini keltirish mumkin. G’rta Osiyo regionidagi 
tarkibida oltingugurt vodorodi mavjud gazlar hisobiga ishlayotgan bu 
kompleks yiliga necha minglab tonna sanoat va qishloq xg’jaligi uchun 


183 
zarur xomashyo bg’lgan sof oltingugurtni olgandan tashqari 
milliardlab m
3
gazni zararli "chiqindidan" tozalab sanoat korxonalari 
va xonadonlar oshxonasiga etkazib berishga hissa qg’shmoqdalar. 
Ma’lumki, hozirgi kunda olinayotgan neftning kg’p qismiga 
qatlam bosimini tashqaridan haydalgan suv bilan ushlab turish tarzini 
vujudga keltirish hisobiga erishilmoqda. Buning natijasida neft bilan 
juda kg’p miqdorda suv olinishi sodir bg’layotir. 
Kon sharoitlarida bu suvlar aksariyat qayta ishlab, yana qatlam 
bosimini kg’tarish uchun unga haydash ishlari yg’lga qg’yiladi, lekin 
bunda sharoitga qarab hamma suvni ishlatish imkoni bg’lmaydigan 
hollar ham mavjud. Unday suvlarni (ya’ni qatlamdan neft bilan birga 
chiqqan) nima qilish kerak? Axir ularning tarkibida oz bg’lsa ham neft, 
gaz, kondensat, erigan tuzlar, har xil zaharli sirt aktiv moddalar 
mavjud. SHuning uchun ularni oqar suvlarga qg’shib yuborish tabiatga 
katta zarar keltiradi (afsuski bunday hollar uchrab turadi) va 
daryolardagi baliqlar hamda boshqa jonzotlarning kg’plab qirilishiga 
sabab bg’ladi. Unday suvlarni ekinlarni sug’orish ishlariga ishlatib 
bg’lmaydi, ichish esa mutlaqo mumkin emas. SHuning uchun bunday 
suvlarni neftli qatlamga haydash ayni muddao, lekin undan ortganini 
er ostidagi suvli qatlamlarga haydalgan maqsadga muvofiqdir, lekin 
bu ish ham qulay imkoniyatlar mavjud bg’lganda amalga oshirilishi 
mumkin, aks holda tabiatning muvozanati buzilib kg’ngilsiz holatlarga 
sababchi bg’lishi mumkin. 
SHuning uchun ham chiqindi suvlarni ma’lum darajada 
zararsizlantirish choralarini kg’rish, bu ishlarni loyihalash-tirish va 
ularni amalga oshirish uchun ma’lum mablag’ ajratish hamda 
bularning hammasini neftning tannarxi hisobiga g’tkazish maqsadga 
muvofiqdir. SHunday qilingandagina biz tabiatni har qanday 
chiqindilar xisobiga bulg’anishining bir qismini bartaraf etgan 
bg’lamiz. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling