Energetika fakulteti 60-20 Et va e guruh talabasi
Download 78,15 Kb.
|
Issiqlik yuritkichlari Teshaboyev Shohjahon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Porshenli nasosning sxemasi
- Plastinali rotorli nasosning sxemasi.
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI ENERGETIKA FAKULTETI 60-20 Et va E guruh talabasi TESHABOYEV SHOHJAHONNING Issiqlik yuritkichlari fanidan tayorlagan Taqdimot ishi Reja: 1.Nasoslar haqida 2.Porshenli nasoslar 3.Hajmiy nasoslarNasos deganimizda suyuqlikka energiya beruvchi mashina deb tushunishimiz lozim, ya'ni suyuqlikni suv, benzin, moylar va boshqa suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga (chuqurlikdan tortish, yuqoriga ko`tarish) uzatish, ular yordamida boshqa jismlarni ko`chirish, tashish uchun ishlatiladi. Ya'ni suyuqliklar nasos orqali o`tganida ularning energiyasi ortadi. Bu energiya yordamida suyuqlik ustida aytilgan ishlarni bajarish mumkin bo`ladi.Nasoslar ishlash prinsipiga qarab ikki gruppaga bo`linadi: 1. Dinamik nasoslar: ularda suyuqlik gidrodinamik kuchlar ta'sirida siljitiladi. Bu gruppaga parrakli (markazdan qochirma, diagonal, o`qiy) va uyurmali nasoslar kiradi. 2. Hajmiy nasoslar: ularda suyuqlik ish kamerasining hajmi davriy ravishda o`zgarishi hisobiga siljitiladi. Bu gruppaga porshenli, plunjerli, shesternyali, vintli nasoslar kiradi. Porshenli nasoslarda suyuqlik haydash quvuriga ilgarilanma – qaytma harakat qiluvchi mexanzmlar orqali uzatiladi. Porshenli nasoslar vositasida har qanday qovushqoqlikdagi suyuqliklarni uzatish mumkin. Porshenli nasoslardan oz miqdordagi suyuqliklarni yuqori bosimda uzatishda va suyuqlik sarfi o’zgarmas bo’lganda, bosim keskin o’zgaradigan hollarda foydalanish qulay. Porshen suyuqlikni faqat oldi tomoni bilan siqib chiqaradigan nasos, oddiy bir tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi. Agar nasos silindirida porshenning ikkala tomonida joylashgan ishchi kamerasi bo’lsa va porshen ulardan suyuqlini ketma-ket siqib chiqarsa, bunday nasos ikki bosqichli yoki ikki tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi. Nasos porsheni so’rish jarayonida o’ng tomonga harakat qilganda ish kamerasining hajmi kattalashadi. Undagi bosim esa kamayadi va atmosfera bosimidan kichik bo’lib qoladi. Pastki rezervuardagi (nasos suyuqlikni so’rib oladigan basseyndagi) suyuqlikning erkin sirti atmosfera bosimi ta’sirida bo’ladi. Ishlash prinsipiga ko’ra porshenli nasoslar oddiy, ikki bosqichli va ko’p bosqichli bo’ladi. Valning aylanish soniga ko’ra porshenli nasoslar uch turga bo’linadi: - sekin ishlaydigan (40-60 ayl/min); -normal ishlaydigan (n=60-120 ayl/min); -tez ishlaydigan (n=120-180 ayl min va undan ko’p). Ish unumdorligining qiymatiga ko’ra porshenli nasoslar uch hil bo’ladi: -kichik (Q<15 m3/ soat); -o’rta (Q= 15¸60 m3/soat); -katta (60 Porshenli nasosning sxemasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling