Energetika fakulteti 60-20 Et va e guruh talabasi


Download 78.15 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi78.15 Kb.
#1370350
Bog'liq
Issiqlik yuritkichlari Teshaboyev Shohjahon


FARG’ONA POLITEXNIKA
INSTITUTI
ENERGETIKA FAKULTETI
60-20 Et va E guruh talabasi
TESHABOYEV SHOHJAHONNING
Issiqlik yuritkichlari fanidan tayorlagan
Taqdimot ishi

Reja: 1.Nasoslar haqida 2.Porshenli nasoslar 3.Hajmiy nasoslar

Nasos deganimizda suyuqlikka energiya beruvchi mashina deb tushunishimiz lozim, ya'ni suyuqlikni suv, benzin, moylar va boshqa suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga (chuqurlikdan tortish, yuqoriga ko`tarish) uzatish, ular yordamida boshqa jismlarni ko`chirish, tashish uchun ishlatiladi. Ya'ni suyuqliklar nasos orqali o`tganida ularning energiyasi ortadi. Bu energiya yordamida suyuqlik ustida aytilgan ishlarni bajarish mumkin bo`ladi.


Nasoslar ishlash prinsipiga qarab ikki gruppaga bo`linadi:
1. Dinamik nasoslar: ularda suyuqlik gidrodinamik kuchlar ta'sirida siljitiladi. Bu gruppaga parrakli (markazdan qochirma, diagonal, o`qiy) va uyurmali nasoslar kiradi.
2. Hajmiy nasoslar: ularda suyuqlik ish kamerasining hajmi davriy ravishda o`zgarishi hisobiga siljitiladi. Bu gruppaga porshenli, plunjerli, shesternyali, vintli nasoslar kiradi.
Porshenli nasoslarda suyuqlik haydash quvuriga ilgarilanma – qaytma harakat qiluvchi mexanzmlar orqali uzatiladi. Porshenli nasoslar vositasida har qanday qovushqoqlikdagi suyuqliklarni uzatish mumkin. Porshenli nasoslardan oz miqdordagi suyuqliklarni yuqori bosimda uzatishda va suyuqlik sarfi o’zgarmas bo’lganda, bosim keskin o’zgaradigan hollarda foydalanish qulay.
Porshen suyuqlikni faqat oldi tomoni bilan siqib chiqaradigan nasos, oddiy bir tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi. Agar nasos silindirida porshenning ikkala tomonida joylashgan ishchi kamerasi bo’lsa va porshen ulardan suyuqlini ketma-ket siqib chiqarsa, bunday nasos ikki bosqichli yoki ikki tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi.
Nasos porsheni so’rish jarayonida o’ng tomonga harakat qilganda ish kamerasining hajmi kattalashadi. Undagi bosim esa kamayadi va atmosfera bosimidan kichik bo’lib qoladi. Pastki rezervuardagi (nasos suyuqlikni so’rib oladigan basseyndagi) suyuqlikning erkin sirti atmosfera bosimi ta’sirida bo’ladi.
Ishlash prinsipiga ko’ra porshenli nasoslar oddiy, ikki bosqichli va ko’p bosqichli bo’ladi.
Valning aylanish soniga ko’ra porshenli nasoslar uch turga bo’linadi:
- sekin ishlaydigan (40-60 ayl/min);
-normal ishlaydigan (n=60-120 ayl/min);
-tez ishlaydigan (n=120-180 ayl min va undan ko’p).
Ish unumdorligining qiymatiga ko’ra porshenli nasoslar uch hil bo’ladi:
-kichik (Q<15 m3/ soat);
-o’rta (Q= 15¸60 m3/soat);
-katta (60 Porshenli nasosning sxemasi
1 – silindr; 2 – klapanli qutti; 3, 4 – so’ruvchi va bosimli klapanlar;
5 – porshen; 6,7 - so’ruvchi va bosimli quvurlar
Rotorli nasos (2.3,b - rasm) riverslidir, ya’ni valning aylanish yo’nalishi o’zgarganda nasosga ulangan quvurlardagi suyuqlikning yo’nalishi ham o’zgaradi. Silindr vali yuritkich valiga bevosita ulanishi mumkin.
Plastinali rotorli nasosning sxemasi.
1 – rotor; 2 – nasos tanasi; 3 – plastina; 4,7 - so’ruvchi va bosimli quvurlar; 5,6 – nasos bo’shliqlari
Yuqorida keltirilgan sxemali nasoslar gazsimon muhitlarni haydab chiqarish uchun qo’llanilishi mumkin.
Hajmiy nasoslarning ish jarayoni, nasosning ichki bo’shliqlardagi harakatlanuvchi qattiq jism (porshen, plastina, tishcha) lar yordamida suyuqlikni tortib olish va haydab chiqarishga asoslangan. Porshenli nasoslarda porshen ilgarilanma-qaytma harakatga ega. Porshenni harakatga keltiruvchi yuritkich porshenga bevosita yoki krivoship-shatunli mexanizm yordamida ta’sir etishi mumkin. Porshenni harakati davriy bo’lganligi tufayli, uzatish va so’rish jarayonlari notekis bo’ladi va inersion kuchlarning hosil etadi. Porshenni tezligi cheklangani uchun, uni aylanuvchan quvvatli elektryuritkichlarga ulash, qiyinroq bo’ladi. Bundan tashqari suyuqlikni notekis yetkazib berishi, porshenli nasoslar o’rniga rotorli nasoslar qo’llanilishiga sabab bo’ladi . Bunday nasoslarda silindr vali, yuritkich valiga bog’liq bo’ladi.
Download 78.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling