Energetika fakulteti "Elektr energetikasi" kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet1/11
Sana24.08.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1669770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1Shuhratova sojida 3 ipi hisoboti



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

ENERGETIKA FAKULTETI
"Elektr energetikasi" kafedrasi

70710601–“ELEKTR TA’MINOTI” MUTAXASSISLIGI
M11–21 ET GURUHI MAGISTRANTI SHUXRATOVA SOJIDAXON SHUHRATJON QIZINING
ILMIY PEDAGOGIK ISHI BO‘YICHA TAYYORLAGAN


HISOBOTI

Ilmiy rahbar: Farg‘ona MET "RHva A" bo'limi yetakchi muhandisi Shuhrat Karimov

FARG‘ONA – 2022 y


REJA



  1. Ta’lim tizimini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar.

Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi

  1. Maxsus fanlarni oqitish bo’yicha kafedrani yetakchi professor o’qituvchilarining o’quv mashgulotini kuzatish.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi—ta’lim sohasini tubdan islox qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tula xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko‘zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi  mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muxim va mas’uliyatli vazifadir.
Pedagog ixtisosligini tanlagan xar bir inson kimlarni o‘qitayotgan va tarbiyalayotganligi uchun o‘ziga javobgarlikni oladi. U o‘zining kasbiy tayyorgarligiga javob berish bilan birga pedagog, o‘qituvchi, tarbiyachi, muallim bo‘lish huquqiga ega bo‘lishi uchun juda ko‘plab majburiyatlarni olishi zarur. Muallimlik kasbining sharafliligi, nafaqat, uning o‘qituvchi, turli bilimlarni o‘rgatuvchi va moxir tarbiyachi bo‘lganligi uchungina emas, balki uning o‘zi tanlagan kasb-xunar yunalishidagi barcha mutaxassisliklar bo‘yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bo‘lgan fundamental fanlarni hamda o‘qitish va tarbiya berishni, psihologiya va pedagogika asoslarini a’lo darajada egallagan bo‘lishi shart. Shu bilan birga haqiqiy muallim turli darajadagi bilimga, hohish va irodaga hamda tarbiyaga ega bo‘lgan talabalarni ajoyib san’atkor kabi o‘ziga ergashtira olishi zarur. Bunday kasbiy pedagogik xususiyatga ega bo‘lgan muallim o‘ziga quyidagi majburiyatlarni olishi kerak. Birinchidan, bulajak o‘qituvchi, tarbiyachi bulajak pedagoglik faoliyati uchun o‘zining imkoniyatlarini baholashi, o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishi, kasbiy pedagogik tayyorgarlik davrida qanday kasbiy zaruriy sifatlarni shakllantirish kerakligini va qandaylarini mustakil pedagogik jarayonda shakllantirishi kerak? Ikkinchidan, bulajak pedagog intellektual faoliyatining umumiy tomonlari (tafakkur, xotira, qabul qila olishi, ko‘z oldiga keltirishi, e’tibor) ni xulk-atvor madaniyati va shu jumladan pedagogikaviy aloqasini egallagan bo‘lishi shart. Uchinchidan, pedagog uchun majburiy dastlabki shart-sharoit muvafakkiyatli faoliyat asosi bo‘lgan o‘quvchini o‘zining tengquri deb qarashi va uning xulk-atvori o‘zaro aloqasidagi qonun-qoidalarni bilishi kerak. Pedagog, o‘quvchi va tarbiyalanuvchini, uning barcha xususiyatlaridan qat’i nazar, bilishi va qabul qilshi shart. To‘rtinchidan, pedagog nafaqat talabalar o‘qish faoliyatining tashkilotchisi va o‘qish jarayonini tashkil etuvchilarning o‘zaro aloqasini ilhomlantiruvchi bo‘lib xizmat qilish bilan birga ma’lum ma’noda bilim, tarbiya berish va demak, umumiy maqsadlarga erishishda ularning tengdoshi sifatida qatnashishi zarur. Bu esa talabalar oldiga doimo o‘zlarining tashkilotchilik, kommunikativ xususiyatlarini pedagogik-psihologik bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida rivojlantirib borishlarini va ulardan pedagogikaviy amaliyotlardan samarali foydalanishga intilishlarini yo‘zaga keltiradi. Pedagoglar uchun ham Gippokrat qasamini taallukli deb qaralsa, uni quyidagicha izohlash mumkin. Talabadagi insoniylik va shaxslikni xurmat qilish, o‘zingizga qanday munosabatda bo‘lishlarini xoxlasangiz ularga ham shunday munosabatda buling;
1.Doimo o‘zingizni rivojlanish va o‘sishga, o‘qishga undang, zeroki, kimki o‘zi ukimasa, boshqalarda o‘qishga ishtiyok tug‘dira olmaydi.
2.Talabalarga bilimni shunday beringki, toki, ular o‘zlashtirishni xoxlasin va o‘zlashtirsin.
3.O‘qitishning maqsadi faqat talabaga ma’lum bilimlarni berishdan iborat bo‘lmay, ularda mustakil va o‘qituvchi yordamisiz yuqori chukqilarni egallash malakalarini yaratishdan iborat.
Respublikadagi barcha ixtisosliklardan 86 yunalish uchun kasbiy pedagog bakalavrlar va pedagog magistrlarni tayyorlash amalga oshirilmokda, bu yunalishlarda tayyorlanayotgan pedagog bakalavrlar asosan akademik-liseylar va kasb-xunar kollejlari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, shuncha mikdordagi pedagog magistrlar mos ravishdagi oliy o‘quv yurtlari uchun pedagog o‘qituvchilardan iborat bulmokda.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling