Energetika fakulteti


-rasm.Dunyodagi eng katta toʻlqinlar elektrstansiyasi


Download 180.1 Kb.
bet19/36
Sana30.10.2023
Hajmi180.1 Kb.
#1734939
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
Noan’anaviy elektr stansiyalari-hozir.org

4.10-rasm.Dunyodagi eng katta toʻlqinlar elektrstansiyasi.



Dunyodagi eng katta quyosh elektrstansiyasi. Quyosh energiyasini oʻzlashtirish tizimi Solar Energy Generating Systems (SEGS),bugungi kunda dunyoda quyosh energiyasini oʻzlashtiruvchi eng katta tizim hisoblanadi. AQSHning Kaliforniya shtatidagi Moxava sahrosida joylashgan.
Tizim 9 dona quyosh elektrstansiyalaridan iborat boʻlib, ulardan: 6 dona-sining quvvati 180 MVt(har biri 30 MVt)ni; 2 donasining quvvati 160 MVt- (har biri 80 MVt)ni hamda 1 dona 14 MVt ni; hammasi boʻlib 354 MVt ni tashkil
qiladi. Ushbu elektrstansiyalar uchun 6,5 km2 joylashgan 936 384 dona parobolik konsentator(quyosh energiyasini yigʻuvchi)lar oʻrnatilgan.

4.11-rasm.Dunyodagi eng katta quyosh elektrstansiyasi.



Dunyodagi eng katta fotoelektrik elektrstansiyasi. Olmedilya quyosh elektrstansiyasi Ispaniyada 2008 yili ishga tushirilgan. Qurilish 15 oy davom etib, 530 mln. dollar mablagʻ sarflandi. Uning quvvati 60 MVt ni tashkil qiladi. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish uchun 16200 dona fotoelektrik panellardan foydalaniladi.

4.12-rasm.Dunyodagi eng katta fotoelektrik elektrstansiyasi.



Dunyodagi eng katta geotermal elektrstansiya.The Geysers – eng katta geotermal energiya toʻplangan joy, AQSHning Kaliforniya shtatidan
116 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda joylashgan 18 dona geotermal elektrstansiyalar 2000 MVt quvvat ishlab chiqaradi.
Geotermal elektrstansiyalar joylashgan hudud 78 km2 ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarilayotgan elektrenergiya Kaliforniya shtatining janubida joylashgan iste’molchilarning 60% ehtiyojini qoplaydi.

4.13-rasm. Dunyodagi eng katta geotermal elektrstansiyaning koʻrinishi



Dunyodagi eng katta biomassa yoquvchi elektrstansiya . «Alholmens Kraft Ab»nomli Finlandiya kompaniyasi 550 MVt issiqlik energiyasi hamda 240 MVt elektrenergiya ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng katta biomassa yoquvchi stansiyani ishga tushirdi. Stansiya asosan yogʻoch qoldiqlari va torf yoqilgʻilaridan foydalanadi.
Stansiya 1 soatda 1000 m3 bioyoqilgʻini yoqib energiya oladi. Yoqilgʻi yoqiladigan qozonning pastgi (asosi) diametri 8,5 m va 40 m balandlikdagi yuqori diametri 24 m ni tashkil qiladi. Stansiyani bioyoqilgʻi bilan ta’minlash uchun 1 kunda 120 dona yuk tashish mashinalaridan foydalaniladi. Stansiya yoqilgʻi sifatida toshkoʻmirdan ham foydalanishi mumkin.

Download 180.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling