Energetika fakulteti
rasm GESni ishlash prinspi
Download 180.1 Kb.
|
Noan’anaviy elektr stansiyalari-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalar.
rasm GESni ishlash prinspi.GESlarni ishlash prinspi. GESlar quriladigan joylarda tabiiy sharoitiarning turlichaligi ularda oʻrnatiluvchi turbinalarning tuzilishlarini turlicha boʻlishini belgilaydi. Turbinalarning quvvatlari bir necha kilovattdan yuzlab megavattlargacha, aylanish chastotalari esa, 16 2/3 dan 1500 ayl./min. gacha oʻzgaradi. Soʻnggi 30-40 yil davomida ayrim GESlarda gorizontal qobiqli agregatlar ham qoʻllanilmoqda. Bunday agregatlarning elektr generatori atrofidan suv oqib oʻtuvchi germetik yopilgan qobiqning ichida joylashtiriladi. Gidravlik sharoitlarning yaxshiligi hisobiga bunday agregatlarning FIK 0,95-0,96 dan kattadir. Tekis hududlarda oquvchi daryolarda toʻgʻonli GESlar ikkita turga boʻlinadi: oʻzan va toʻgʻonorti GESlar. Odatda bosim 30 m gacha boʻlganda stansiyaning binosi daryoning oʻzanida qurilib, ular toʻgʻon singari bosimni oʻziga qabul qiladi. Bunday GESlar оʻzan GESlar deb yuritiladi. Bosim 25-30 m dan katta boʻlgan hollarda stansiyaning binosi toʻgʻonning ortida quriladi. Bunday GESlar toʻgʻon orti GESlar deb yuritiladi. GESlar quvvatiga bogʻliq holda bir necha turga boʻlinadi. Bular: katta quvvatli - 25 MVt va undan yuqori; oʻrtacha quvvatli - 5 MVtdan 25 MVtgacha; kichik GESlar - 1000 kVtgacha quvvatli GESlardir. GESning quvvati suv oqimining bosimi va GESning FIKga bogʻliq. Bu esa, oʻz navbatida, tabiat qonunlariga mos holda suv miqdorining doimiy oʻzgarib turishi, fasl oʻzgarishi va boshqa bir qancha sabablarga bogʻliq. Shu sababli GESlaming ish holatlarini rejalashtirish va boshqarish yillik, oylik, haflalik va sutkalik sikllarda amalga oshiriladi. Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalar. Gidroakkumulyat- siyalovchi elektr stansiyasi (GAES) - boshqa elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qabul qilib, uni suvning potensial energiyasiga va zarur vaqtda bu potensial energiyani qayta elektr energiyasiga aylantirishga moʻljallangan uskuna va jihozlar majmuyidir. Shunday qilib, GAES odatdagi nasos va gidroelektr stansiyalari rejimlarida ishlovchi inshoot hisoblanadi. GAES turli balandliklarda joylashib, bir-biri bilan quvurlar orqali bogʻlangan ikkita suv havzasidan iborat boʻlgan gidrotexnik inshootlarga ega. Yuqorida joylashgan suv havzasi sunʻiy yoki tabiiy (masalan, koʻl holida), quyi suv havzasi esa toʻgʻon yordamida toʻsilgan suv havzasi holida boʻlishi mumkin. GAES binosi quvurining quyi qismida joylashtiriladi. GAESning prinsipial sxemasi 1.9 rasmda tasvirlangan. GAESning ishlash prinspi. Energotizimning sutkalik yuklama grafigini keskin оʻzgaruvchanligi odatda, uni qoplash uchun qoʻshimcha xarajatlarni talab yetadi. Bu xarajatlar, birinchi navbatda, issiqlik elektr stansiyalarining yuklamalarini oʻzgarishi, katta yuklamalarda solishtirma yoqilgʻi sarfining nisbatan kattaligi, zaruriy zahirani saqlab turish zarurligi bilan bogʻliqdir. Bunday xarajatlarni kamaytirishning samarali yoʻllaridan biri yuklama grafigini tekislash, ya’ni grafikning oʻzgarishidagi keskinlikni bartaraf etishdir. GAES energotizimda aynan shunday vazifani bajaradi. Energotizimning yuklamasi kam boʻlgan soatlarda (odatda, sutka davomida 7-12 soat) GAES nasos stansiyasi rejimida ishlaydi. Natijada energotizimning yuklamasi GAESning quvvatiga teng boʻlgan miqdorga ortadi. Bunda GAES tarmoqdan oluvchi elektr energiyasi hisobiga suvni quyi havzasidan yuqori havzaga haydaydi. Shu tariqa bunday rejimda tarmoqdan olingan elektr energiyasi suvning potensial energiyasiga oʻzgartiriladi. Download 180.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling