Xavfli ishlab chiqarish omillari (XIO) - bu shunday ishlab chiqarish omillari hisoblanadiki, bunda ma’lum bir sharoitlarda ushbu omillar ta’sirida ishchilarga jarohat yetkazilishi yoki ularning sogʻligining keskin tarzda buzilishiga olib kelishi mumkin.
Jarohat - bu odam organizmi toʻqimalarining buzilishi va uning tashqi ta’sirlar natijasida funksiyasining izdan chiqishi hisoblanadi. Jarohat ishlab chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida yuz berib, bunda xavfli ishlab chiqarish omillarining ishchilarning oʻz mehnat burchini bajarishi yoki ish rahbarining topshirigʻini bajarishi davomida amalga oshishi mumkin.
Zararli ishlab chiqarish omillari (ZIO) - ma’lum bir sharoitlarda ishchilarning mexnat qobiliyati susayishi yoki sogʻligi yomonlashishiga olib keluvchi ishlab chiqarish omillari hisoblanadi. Zararli ishlab chiqarish ishlari ta’sirida yuzaga keluvchi kasalliklar - kasbiy kasalliklar deb ataladi.
Xavfli ishlab chiqarish omillariga masalan, quyidagilarni kiritish mumkin:
ma’lum bir aniq kuchlanishga ega boʻlgan elektr toki;
qoyasimon chiqib turuvchi jismlar;
ishchilarning balandlikdan qulab tushishlari yoki biror predmet va uning qismlarining tushib ketishi;
atmosfera bosimidan yuqori boʻlgan bosim ostida ishlovchi qurilmalar;
Zararli ishlab chiqarish omillariga esa quyidagilarni kiritish mumkin:
noqulay meteorologik (ob-havo) sharoitlari;
havo muhitining changlar va gazlarga egaligi;
shovqin, infra va ultratovushlar, tebranishlar;
elektromagnit maydon, lazer va ionlashtiruvchi nurlanishlar va boshqalarning mavjudligi kabilar.
Barcha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari GOST 12.0.003-74 muvofiq tarzda fizik kimyoviy, biologik va ruhiy- fiziologik turlarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |