Energetika, neft va gaz sohasida davlat nazorati


Download 19.07 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi19.07 Kb.
#1037307
  1   2
Bog'liq
2-ma\'ruza (1)


2-MA’RUZA
ENERGETIKA, NEFT VA GAZ SOHASIDA DAVLAT NAZORATI
Reja:
3.1. Energetika sohasida davlat nazorati.
3.2. Neft va gaz sohasida davlat nazorati.


3.1. Energetika sohasida davlat nazorati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i - energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida» 2019-yil 1-fevraldagi PF-5646-son farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Elektr energetikada davlat nazorat inspeksiyasi (“Uzdavenergonazorat” inspeksiyasi) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) sifatida qayta tashkil etildi.
Qayta tashkil etish natijasida:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qarori bilan “Uzenergoinspeksiya”ning yangi nizomi tasdiqlandi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qaroriga o‘zgartirish kiritish orqali “Uzenergoinspeksiya” elektr energetika sohasida davlat nazoratini olib boruvchi organ etib belgilandi.
Yangi nizom bilan bilan “Uzenergoinspeksiya”ning asosiy vazifa va funksiyalari kengaydi. Avval “Uzdavenergonazorat” inspeksiyasida asosiy 3 ta vazifa qo‘yilgan bo‘lsa, hozirda “Uzenergoinspeksiya” oldida quyidagi 6 ta asosiy vazifa qo‘yildi:
- yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ - huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, ko‘mirdan foydalanish xavfsizligini ta’minlash sohasida oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, elektr energetika ob’ektlari va iste’molchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baxtsiz hodisalarning, shu jumladan, elektr energetika ob’ektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora - tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va davlat dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy aktlar va normativ hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
- elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish xavfsizligi tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va doimiy takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
- elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni ta’minlash doirasida ishlar amalga oshirilishiga ko‘maklashish.
Yuqoridagilardan tashqari, hozirda “Uzenergoinspeksiya” yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari bo‘yicha, aholi bundan mustasno, pulli asosda quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
- elektr energetika ob’ektlari va iste’molchilarning rahbarlari, elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, ko‘mirdan foydalanish sohasida normative - huquqiy hujjatlarni, shuningdek, texnik qoidalar va normalarni, elektr va issiqlik xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot va metodik adabiyotlarni, plakatlar va boshqa bosma mahsulotlarni nashr etish va tarqatish;
- yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini sinovdan (o‘lchovdan) o‘tkazish;
- elektr va issiqlik energiyasini oqilona va uzluksiz ishlab chiqarish va uzatish va taqsimlashni ta’minlash yuzasidan elektr energetika ob’ektlarini va elektr va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish yuzasidan iste’molchilarni energetik tekshirishdan o‘tkazish;
- iste’molchilar tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish va bajarish;
- elektr uzatish havo liniyalarini, shuningdek magistral neft va gaz quvurlarini respublikaning borish qiyin bo‘lgan hududlarida ishlatish jarayonida ularni uchuvchisiz ko‘zdan kechirishni belgilangan tartibda tashkil etish;
- elektr qurilmalari (issiqlik qurilmalari) ulanishga buyurtmanomalar tayyorlash yuzasidan elektr qurilmalarini (issiqlik qurilmalarini) elektr (issiqlik) tarmoqlariga texnologik ulash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, energiya ta’minoti (issiqlik ta’minoti) tashkilotlari tomonidan berilgan texnik shartlarni ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish, shuningdek, asoslangan rad etishlarni tayyorlash va hakamlik sudlarida ishtirok etish;
- elektr ta’minoti shartnomalarini tuzishda xizmatlar ko‘rsatish (uni rasmiylashtirishning to‘g‘riligini tekshirish, zarur shartlar va texnik tavsiflarning qonunchilikka muvofiqligini to‘liq hajmda aks ettirish), shuningdek, nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda energiya ta’minotining amaldagi shartnomalarini tahlil qilish;
- elektr ta’minotining joriy holatini tahlil qilish (yuklama yo‘nalishining tahlili, nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishining iqtisodiy samaradorligining hisob-kitobi hamda elektr energiyasi va reaktiv quvvat kompensatsiyasi tizimlari hisobini yuritish).

Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling